Mavzu: E. Grig ijodi kirish. I. Bob. Edvard grig hayoti va ijodi



Yüklə 481,06 Kb.
səhifə8/10
tarix13.04.2023
ölçüsü481,06 Kb.
#97101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
E.Grig ijodi

11


Kuyda ko‘proq xalq cholg'ulari ohanglarini dnglash mumkin. Chunonchi, ikkinchi skripka sonatasiga muqaddima xalqdan chiqqan skripkachilaming badihasiga o‘xshaydi, unda basdagi davomli organ punkti, kvintali bas mavjud:

12


Grigning fortepiano musiqasida bir-birini to'ldiruvchi ikki oqim kuzatiladi. Ulardan

bin shaxsiy, subyektiv hissiyotlami bayon etish bilan bog‘liq. Boshqasi xalq qo‘shiqchiligi va raqslari bilan bog‘liqligidir.


Grig fortepiano ijodining ko‘p qismini “Lirik pyesalar” Tashkil qiladi, ular Shubert va Mendelsondan boshlangan kamer fortepiano musiqasi an'analarini davom ettiradi. “Lirik pyesalar”ni ko‘proq kompozitoming

13

“musiqa kundaligi” deb atashadiki, unda u o‘zi ko'rgan va eshitganlaridan olgan taassurotlarini yozib qo'ygan.
“Lirik pyesalar” janrlar xilma-xilligiga ko‘ra farqlanib turadi.

— Bu yerda biz elegiya, noktyum, allalar, vals, qo‘shiq va ariettalami ko'rishimiz mumkin. Dasturiylik tamoyili to'plamda katta badiiyat bag‘ishlab turadi. Har bir pyesa uning poedk obrazlarini ochib berishga yordam beruvchi sarlavhalar bilan ochiladi. “Lirik pyesalaming” bosh mavzusi vatandir. U tantanali “Aziz qo‘shiq”da (op. 12), bosiq va ulug‘vor “Vatanda” (op.43) pyesasida. “Vatanga” lirik janrli sahna asari da (op. 62), go‘zal musiqiy peyzajlarda (“Bahorda” op. 43, “Noktyum” op. 54), xalqona — fantastik pyesalar ("Gnomlaming yurishi”, “Kobold”) da jaranglaydi. Turkumning obrazlar doirasiga bevosita tabiatdan ko‘chirmalar (“Qushcha”, “Kapalak”), “Qorovul qo‘shig‘i”ning aks sadolari, “Gade” musiqiy portreti, “Ariyetta”, “Vals - badiha", “Xotira” lirik kechinmalaming sahifalari kiradi. Ko'plab pyesalarda manzaraviylikka, keng va ziddiyatli kompozitsiyalarga intilish seziladi (“Gnomlar yurishi”, ”Gangar”, “Noktyum”). Ayrim pyesalarda kamer uslubining nozikligi kuzatiladi (“Elflar raqsi”), boshqalari yorqin ranglari bilan ajralib turadi, ayrimlari esa konsertona tantanavorligi bilan e’tibomi tortadi (“Trolxauzendagi to‘y kuni”).
“Lirik pyesalar”ning birinchi daftarida (op. 12) turkumning badiiy tamoyillari namoyon bo‘Idi: mazmunning xilma-xilligi va musiqaning lirik mezoni, vatan mavzusiga e’tibor, musiqaning xalq manbalari bilan aloqadorligi.
Turkum soddadillik va ruhiy osoyishtalikni aks ettiruvchi lirik “Ariyetta” bilan boshlanadi.
O‘zgaruvchan aksentlar va taktning kuchli hissasidagi triollar tufayli o'ziga xos norvegcha xislatli Vals o'zining yorqin xususiyati bilan ajralib turadi.

14
“Norvegcha raqs” bir butun raqs sahnasini talqin etadiki, unda raqsga tushayotganlarning turli guruhlari tasvirlanadi. Basdagi cho‘ziq kvinta ko‘rinishidagi o‘ziga xos cho!g‘ulashtirish pyesaga alohida xususiyat baxsh etadi.

Naqshinkorlik va nazokatli kuyi bilan ajralib turuvchi “Albom varag4!” nozik lirik



tuyg‘ular soddaligim albom she’rining nafisligi bilan birlashtiradi.



“Lirik pycsalar”ning ikkinchi daftaridagi “Alla” kichkina

dramatik sahna sifatida sadolanadi, unda oddiy va mantiqiy kuyni rivojlantirish yo‘li bilan turii-tuman his-tuyg‘ular gammasi ifodalangan.


“Lirik pyesalar”ning uchinchi daftarida “Kapalak”, “Qushcha”, “Bahorda” kabi tabiatning yorqin shoirona obrazlari mavjud.

“Qushcha” pyesasining kuyi qisqa trellar va sakrama ritmdan tuzilgan.


Yüklə 481,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin