3
3.Modellashtirish.
Tabiat
bu yaxlit sistemadir, shuning uchun ham uni o’rganishda sistemali uslubdan
foydalaniladi. Sistemali uslubning metodologik
asosi shundan iboratki, tabiatning barcha
komponentlari fazo va vaqtda bir-birlari bilan o’zaro aloqada va rivojlanishda deb qaraladi.
Tabiatni o’rganishdan asosiy maqsad uning haqiqiy aks ettiruvchi modellar
tizimini yaratishdan
iboratdir.
Model’ olamidagi muayan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo’lib , ushbu hodisani
nisbatan oldindan aytib berish imkonini beradi. Odatda model’ so’z
bilan yoki grafik tarzda
ifodalanadi.
Modellashtirish jarayonni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi,
shuningdek
hodisani ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot uchun yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam
beradi.
Model’ haqiqatni to’g’ri aks ettirsa tajriba uchun imkoniyatlar ochib,
sistemaga yangi
omillarni kiritish va ularni ta’sirini aniqlash mumkin bo’ladi.
Modellar ikki guruhga ajratiladi:
1.Konsteptual’ model’ – ma’lum bir ekotizmni ilmiy tasvirlovchi sxemalar majmui yoki
tizimi, jadval, grafiklar va boshqalardan tashkil topadi.
M: energetik model’ blok – sxemalardan tashkil topgan bo’lib,
unda bloklar, har bir
blokdagi energiya zahirasi hamda energiyaning harakat yo’nalish kabilar ifodalanadi.
2.Matematik model’ – bir necha defferenstial tenglamalar yoki tehgsizliklar yig’indisidan
iborat bo’lib, u yoki bu omilning ta’sir kuchi o’zgarishini modelning o’zgarishiga qarab oldindan
aytib berish mumkin.
Biz populyastiyalardagi murakkab hodisalarni matematik
modellar yordamida
o’rganmoqchimiz. Bunda populyatsiyani miqdor dinamikasi uning jinsiy yoki yosh tuzilmasi, tashqi
muhit ta’siri, evolyutsiyaning har xil omillari ta’sirida o’tadigan genetik shakl va odamzod faoliyati
natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Jonsiz tabiatda dinamik model’ juda ko’p uchraydi va ularni
modellashtirish oson, tirik organizmlar uchun dinkamik modellar yaratish nihoyatda qiyin. Shuning
uchun dinamik modellar yaratishdan oldin statik modellar yaratish bilan shug’ullanilgan. O’simlik
barglarini joylashish tartibini yoki mallyuskalar chig’anoqlari tuzilishini spiral’ chiziqlar qonuniyati
yordamida tushuntirishga harakat qilish statik modellashtirishga misol bo’ladi.
Dastlabki
dinamik modelni, ya’ni shaxsni o’sishini tasvirlovchi modelni Bel’giyalik olim
Adol’f Ketls
tuzgan edi.
Matematik modellash biologik va ekologik hodisalarni aniq sharxlash va kelajak tadqiqotlar
rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: