5
Ekologlarning kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini yanada qondirishga qaratilgan
holda antropogen biostenozlarni qayta ko’rib chiqish va ularni mahsuldorligini va barqarorligini
oshirilishga qaratilishi zarur.
“Inson va biosfera ” deb nomlanuvchi xalqaro dasturda keyingi yillarda ekologiya sohasida
hamda inson tomonidan atrof-muhitni o’rganishning aniq ilmiy o’ynalishlari belgilab berilgan:
----- Hayot jarayoni qonuniyatlarini o’rganish.
----- Insonni tabiiy tizimlarga va biosferaga ta’sirini bir butun holda o’rganish.
----- Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.
----- Inson faoliyati natijasida tabiatdagi o’zgarishlarni oldindan bilish.
-----Biosferada kuzatilgan jarayonlarni boshqarish va insonning yashash muhitini saqlash.
---- Populyastiyalar sonini boshqarish.
---- Zararkunanda turlarga qarshi kurash uchun kimyoviy moddalarni qo’llashni minimum
darajada foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
---- Sanoat majmualarini ko’rishda ekologik ekspertiza o’tkazish.
---- Buzilgan va izdan chiqqan tizimlarni qayta tiklash.{K/X oborotidan chiqqan erlarni
rekul’tivastiyalash, yaylovlarni tiklash, suv xavzalari mahsuldorligini oshirish.}
---- Ovchilikni xo’jalik sohasiga o’tkazish.
----- Biosferaning ayrim uchastkalarini etolon sifatida saqlash.
Tayanch iboralar: Ekologiya nima? Ekologiyada foydalaniladigan uslublar;taqqoslash;
tajriba; modellashtirish; kontsentual’ model’; matematik model’; ekologiyaning qisqacha tarixi;
O’rta Osiyo va O’zbekistonda ekologiyaning rivojlanishi; ekologiyaning vazifalari;
Nazorat va mulohaza uchun savollari: 1.Ekologiya fani nimani o’rganadi?
2.Ekologiyada qaysi uslublardan foydalaniladi.
3.Modellashtirish nima?
4.Ekologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi.
5.O’rta Osiyo va O’zbekistonda ekologiyaning taraqqiy etishi.
6.Ekologiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?