14
chora-tadbirlaridan ustivori – bu ekologik ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki atmosfera
havosining ifloslanishi natijasida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni to'liq anglay olgan inson to'g'ri va
atroflicha xulosa chiqara oladi.
Havo ifloslanishini oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda
tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi, ayniqsa chiqindisiz
texnologiyaga o'tish, shuningdek transport harakatini tartibga solish metro, elektr transportini
rivojlantirish, yoqilg'i sifatini yaxshilash, ekologik toza transport vositalarini yaratish havoning
ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda sanoat korxonalari,
shahar, dam olish zonalari atroflarini ko'kalamzorlashtirib atmosfera havosidagi muvozanatga
erishish mumkin.
Suv va uning tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati.
Astronomlar o'zga sayyoralarda hayot bor yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsalar, avvalambor o'sha
sayyorada suv bor yoki yo'qligini aniqlashga kirishadilar. Chunki, hayot bo'lishi uchun eng avvalo
suv mavjud bo'lishi kerak. YErda hayot dastlab suvda paydo bo'lib, undan quruqlik – havo va
tuproqqa o'tganligini fan allaqachon isbotlagan. Suv o'zining erituvchanlik hususiyati bilan
tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotini ta'minlab turadi. Rus geologiya fanining otasi
akademik A.P.Karpinskiy "Suv eng qimmatbaho boylik bo'lib, usiz yashash mumkin emas", deb
yozgan edi.
Kishilar suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki ko'l bo'yida uylar, shaharlar qurib
yashaganlar, ko'chmanchi xalqlar doimo suv bor joyni izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo
suv bo'lgan joylarga intiladilar. Suvda cho'milib turish kishi salomatligini saqlashda va chiniqishda
eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek, "Bizning planetamizda kishilarning
salomat qolishlari uchun texnikaning mo''jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv etarli
bo'lishi kerak". Suv barcha tirik mavjudotlarning yashashi uchun tabiat tomonidan in'om etilgan
oliy ne'matdir. Biz kundalik hayotimizni suvsiz tasavvur eta olmaymiz. Suv inson salomatligini
saqlashda katta ahamiyatga egadir. Bilamizki, odam tanasining 75-80% i suvdan iborat. Agarda,
tanasidagi suvni 6-8% ini yo'qotsa, harorati ko'tariladi, yurak urushi , nafas olishi tezlashadi, boshi
aylanadi va og'riy boshlaydi. Suv yanada ko'proq yo'qotilsa, odam halok bo'lishi ham mumkin.
Shundan ko'rinib turibdiki, suv-hayot tiriklik manbaidir. Uni tejash, asrab avaylash har bir
fuqaroning muqaddas burchiga aylanmog'i kerak.
Ma'lumki, suv sayyoramizning 70% ni tashkil etib, u okeanlar, dengiz, daryo, ko'l va er osti
suvlaridan tashkil topgan. Sayyoramizdagi mavjud suv zahirasining o'rtacha 1 foizini ichimlik suvi,
qolgan qismini dengiz va okeanlarning sho'r suvlari tashkil etadi, qaysiki, ular ichishga, o'simlik va
hayvonlarni sug'orishga yaramaydi. Ammo, okean va dengiz suvlari ham iqlimni hosil qilishda,
suvni aylanma harakatida, ulardagi barcha o'simlik va hayvonlarning yashashi uchun hamda suv
transporti vositalarini yurishi uchun katta ahamiyatga ega.
Atmosfera havosining isishi tufayli Arktika va tog'lardagi muzliklarning 40 foizdan ortig'i erib
ketdi, Afrikadagi Klimandjaro tog'i muzliklari erib tugagan, Antraktidadagi muzliklardan aysberglar
hosil bo'lib, okean suvlariga erib ketmokda. Deyarli har yili YEvropaning ko'p mamlakatlarida,
Rossiyaning ko'p viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo'lmoqda. Atmosfera havosining isishi davom
etaversa XXI asrda Dunyo okeani sathi 1-5 metrga ko'tariladi, quruqlikning salmoqli qismini suv
bosishiga olib keladi.
O'zbekistonlik mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra, atmosfera havosining isishi davom
etaversa 2000-2030 yillarda Respublikadagi suv resurslari 15-25% kamayadi; atmosfera havosi
isiganda suvni parlanishi kuchayib, ekinlar rivojlanish davrida ko'p marta sug'orishni talab qiladi.
Ekinlarga suv etishmasligidan hosildorlik kamayadi.
Dostları ilə paylaş: