17
O'simliklar havoni xushbo'y hid, fitonsid deb ataluvchi uchuvchan moddalar bilan boyitib, kasallik
tarqatuvchi bakteriyalarni qirib tashlaydi. Ular xilma-xil shovqinlarni so'ndiradi va changlarni yutib
qoladi. Havoda kislorod miqdorining doimo etarli darajada mavjud bo'lib turishini ta'minlab,
kishilar hayoti uchun eng yaxshi mikroiqlimni vujudga keltiradi. Olimlarning aniqlashicha, 1 gektar
20 yoshli qarag'ayzor har yili 9,35 tonna SO2 ni yutib, 7,25 O2 chiqaradi. 1 ga maydonga o'rtacha
60 yoshli qarag'ayzor yiliga 10 tonna O2 ajratib chiqarsa, 40 yoshli emanzor 14 tonnaga yaqin O2
ni ajratib chiqaradi. Quyoshli issiq kunlarda 1gektar o'rmonzor 220-230 kg SO2 ni yutib, 180-220
kg O2 ajratadi. O'rmonlar tabiiy muhitni tozalovchi, atmosfera va gidrosfera muvozanatini
saqlovchi vosita. Hisoblashlarga qaraganda 1gektar oq qayin o'rmoni 1 kunda 47 ming litr suvni
bug'ga aylantiradi. Bu suvni tozalash, havoni namlantirish va yog'in yog'ishiga imkon yaratilishi
demakdir. O'rmonlar o'ziga xos suv omborlaridir.
Shuningdek hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda modda va
energiya almashinuvida ular muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib
turadi. Hayvonlar biosferaning eng asosiy qismi bo'lib, o'simliklar bilan birgalikda geografik
qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyasida katta rol o'ynaydi. Hayvonlar organik moddalardan
quyosh energiyasi ta'sirida o'simliklar vujudga keltirgan tayyor organik mahsulotlarni iste'mol
qiladi. Bir-birlari va o'simliklardan oziqlangan hayvonlar biologik hamda sayyoramiz modda
almashinuvida aktiv qatnashadi.
Dengizda bir va ko'p hujayrali hayvonlarning qattiq chig'anoqlaridan chiqindi jinslar (bo'r,
ohaktosh) vujudga keladi. Marjon poliplarning faoliyati natijasida okeanning sayyoz, iliq suvli katta
hududlarida asosan tropik kengliklarida marjon orollari paydo bo'lgan. Hayvonlarning (yumaloq
chuvalchanglar, tuproq chuvalchanglari, chumolilar, qo'ng'izlar, sut emuizuvchilarning ayrim
turlari) nurash prosessida va ayniqsa tuproq hosil bo'lishda ahamiyati katta. Ayrim hayvonlar
(ko'pchilik hasharotlar, ayrim qushlar va ko'rshapalak) o'simliklarni changlatadi, ba'zi hayvonlar,
qushlar o'simlik urug'larini tarqatadi. Hayvonlar hayoti o'simliklar hayoti bilan chambarchas
bog'langan bo'lib, hayvonlar sonining o'zgarishi bilan o'simliklar bilan o'simliklar soni ham
o'zgaradi. O'simliklar hayotida bo'ladigan o'zgarishlar esa hayvonlarning yashashga, rivojlanishga
va tarqalishiga ta'sir etadi.
Dostları ilə paylaş: