Мавзу: Экология фани ҳақида умумий тушунча


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 479,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix02.08.2023
ölçüsü479,04 Kb.
#138429
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
2 Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati

Nazorat va mulohaza uchun savollar. 
 
1. O'simliklar tabiatda qanday ahamiyatga ega? 
2. Fotosintez jarayonini tushuntirib bering. 
3. Insonning o'simlik olamiga ijobiy va salbiy ta'sirini 
tushuntiring. 
4. Hayvonot dunyosining tabiat va inson hayotida tutgan o'rni. 
5. O'simlik va hayvonot olamining kamayib ketish sabablari. 
6. Biologik xilma-xillikning jamiyatni barqaror rivojlanishidagi 
ahamiyati. 
7. Qizil kitob va qo'riqxonalar haqida tushuncha bering. 
Mavzu: O'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish. 
 
Reja 
 
1. O'simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o'rni. 
2. O'simlik va hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati. 
3. Hozirgi davrda o'simlik va hayvonlarning kamayib ketish sabablari. 
4. O'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari. 
5. “Qizil kitob” va qo'riqxonalar haqida. 
Tayanch tushunchalar:
fotosintez, oziq zanjirlari, noyob va yo'qolib 
borayotgan turlar, bioxilma-xillik, Qizil kitob, qo'riqxonalar, 
buyurtmaxonalar, milliy bog'lar. 
O'simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o'rni. 
O'simlik va hayvonlar YErning – hayot qobig'i, biosferaning asosiy komponentlaridan 
bo'lib, tabiiy resurslar orasida alohida o'rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda o'simlik va 
hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi 
o'ziga xos tabiiy muvozanat ko'p jihatdan o'simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini 
saqlashi bilan bog'liqdir. 
O'simliklar dunyosi YErdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yiliga 380 mlrd.tonna 
organik modda hosil qiladi, buning 330 mlrd.tonnasi dengiz va okean o'simliklariga, 40 
mlrd.tonnasi o'rmonlarga, 8-10 mlrd. tonnasi o'tloqlarga to'g'ri keladi. O'simliklar er yuzidagi 
hayotning asosi hisoblanadi. O'simliklar fotosintez jarayoni natijasida havodan karbonat angidrid 
gazini yutib, kislorod chiqaradi.


21 
O'simliklar havoni xushbo'y hid, fitonsid deb ataluvchi uchuvchan moddalar bilan boyitib, kasallik 
tarqatuvchi bakteriyalarni qirib tashlaydi. Ular xilma-xil shovqinlarni so'ndiradi va changlarni yutib 
qoladi. Havoda kislorod miqdorining doimo etarli darajada mavjud bo'lib turishini ta'minlab, 
kishilar hayoti uchun eng yaxshi mikroiqlimni vujudga keltiradi. Olimlarning aniqlashicha, 1 gektar 
20 yoshli qarag'ayzor har yili 9,35 tonna SO2 ni yutib, 7,25 O2 chiqaradi. 1 ga maydonga o'rtacha 
60 yoshli qarag'ayzor yiliga 10 tonna O2 ajratib chiqarsa, 40 yoshli emanzor 14 tonnaga yaqin O2 
ni ajratib chiqaradi. Quyoshli issiq kunlarda 1gektar o'rmonzor 220-230 kg SO2 ni yutib, 180-220 
kg O2 ajratadi. O'rmonlar tabiiy muhitni tozalovchi, atmosfera va gidrosfera muvozanatini 
saqlovchi vosita. Hisoblashlarga qaraganda 1gektar oq qayin o'rmoni 1 kunda 47 ming litr suvni 
bug'ga aylantiradi. Bu suvni tozalash, havoni namlantirish va yog'in yog'ishiga imkon yaratilishi 
demakdir. O'rmonlar o'ziga xos suv omborlaridir. 
Shuningdek hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda modda va 
energiya almashinuvida ular muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib 
turadi. Hayvonlar biosferaning eng asosiy qismi bo'lib, o'simliklar bilan birgalikda geografik 
qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyasida katta rol o'ynaydi. Hayvonlar organik moddalardan 
quyosh energiyasi ta'sirida o'simliklar vujudga keltirgan tayyor organik mahsulotlarni iste'mol 
qiladi. Bir-birlari va o'simliklardan oziqlangan hayvonlar biologik hamda sayyoramiz modda 
almashinuvida aktiv qatnashadi. 
Dengizda bir va ko'p hujayrali hayvonlarning qattiq chig'anoqlaridan chiqindi jinslar (bo'r, 
ohaktosh) vujudga keladi. Marjon poliplarning faoliyati natijasida okeanning sayyoz, iliq suvli katta 
hududlarida asosan tropik kengliklarida marjon orollari paydo bo'lgan. Hayvonlarning (yumaloq 
chuvalchanglar, tuproq chuvalchanglari, chumolilar, qo'ng'izlar, sut emuizuvchilarning ayrim 
turlari) nurash prosessida va ayniqsa tuproq hosil bo'lishda ahamiyati katta. Ayrim hayvonlar 
(ko'pchilik hasharotlar, ayrim qushlar va ko'rshapalak) o'simliklarni changlatadi, ba'zi hayvonlar
qushlar o'simlik urug'larini tarqatadi. Hayvonlar hayoti o'simliklar hayoti bilan chambarchas 
bog'langan bo'lib, hayvonlar sonining o'zgarishi bilan o'simliklar bilan o'simliklar soni ham 
o'zgaradi. O'simliklar hayotida bo'ladigan o'zgarishlar esa hayvonlarning yashashga, rivojlanishga 
va tarqalishiga ta'sir etadi. 

Yüklə 479,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin