Mavzu: Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifalari Reja: Ekologiyaning asosiy bo’limlari: autoekologiya, demekologiya, eydekologiya, sinekologiya haqida tushuncha



Yüklə 112,01 Kb.
səhifə23/32
tarix20.10.2023
ölçüsü112,01 Kb.
#157807
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Mavzu Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifala-fayllar.org

Biogen elementlarining aylanishi. Ekosistemalarda tirik organizmlar va neorganik tabiat o’rtasida biogen elementlarning aylanib turishi doimiy hamda bir-biriga tengdir. Ekosistemada CO2 va O2 aylanishi fotosintez, nafas olish jarayonlarini ta’minlasa, azot, fosfor, oltingugurt ekosistemada murakkab yo’lni o’taydi.
O’simliklar yaratadigan birlamchi mahsulot hosil bo’lishidagi asosiy komponentlar uglerod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt va suvning aylanib turishidir. Lekin hayvonlar faoliyati uchun natriy, kaliy, kalsiy kabi elementlar zarur bo’lib, ularni hayvonlar ichadigan suv orqali oladi. Tirik organizmlar biomassadagi uglerod, azot, fosfor kabilar o’lik qoldiqlar bilan chirinda fondiga mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, minerallashib, neorganik moddalar hisobiga o’tadi.


Turli kationning ekosistemada aylanishi. Ekosistemada uchraydigan turli elementlar – kalsiy, kaliy, natriy, magniy organic moddalar bilan kimyoviy bog’langan emas. Ular organizmlar hujayrasining ichki va tashqi suyuqlarida ko’p miqdorda uchraydigan kationlar, ekosistemada assimilyatsiya va energiya ajratish bilan bog’langan bo’lmasa ham, hujayrani funksiya qilishda muhim rol o’ynaydi. Turli ekosistemalarning kationlarga boyligi har xildir. Ularning miqdori o’zgarishi atmosferadan tushadigan yog’inlar miqdoriga bog’liq. Kationlarning o’simliklar tomonidan yutilishi va aylanib tabiatga qaytish darajasi, ularning yiliga daryo suvlari orqali yuvilishiga teng yoki bir necha bor, hattoki ayrim hollarda 10 barobar ortiqdir. Kationlarning ekosistemalarda o’rtacha ozuqa zanjirlari orqali o’tish, aylanish vaqti 1 yildan 10 yilgacha. Agar bu holni inobatga olsak, o’simliklar tuproqdagi erkin ionlarni Yer ustida suv bilan yuvilishdan oldin yuzaga kelib turadi.


Maruza : Biosfera tushunchasi.



  1. Biosfera ta’limoti.



  2. Biosfera Yerninig nozik qobig’i.

Biosfera (yunoncha “bios”- hayot, spharia – shar) tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig’idir. Uning tarkibi, tuzilishi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmuasi bilan belgilanadi. Biosfera o’zida tirik notirik komponentlarni hamda bir butunlikni tashkil etadi. U litosferaning yuqori qismini, butun gidrosferani, tropasfera va stratasferaning quyi qismini o’zida qamrab olgan. Biosfera to’g’risidagi ta’limotni akademik V.I.Vernadskiy yanada rivojlantirgan. Ekologiya uchun biosfera ta’limotining ahamiyati juda kattadir. Chunki biosfera tirik va notirik tabiatning oliy darajadagi o’zaro ta’siri va ekotizimlar majmuidan iboratdir.


Umuman, biosfera tushunchasi ikki xil ma’noda ta’riflangan. Birida biosfera yerdagi barcha tirik organizmlarning majmuasi tarzida tushunilgan. V.I Vernadskiy esa tirik va notirik organizmlarning o’zaro ta’sirini o’rganib, biosfera tushunchasini yangi ma’noda anglaydi. U biosferani tirik va notirik tabiatning birinchi sohasi tarzida tusuunadi.
Olimning biosfera tushunchasini bunday talqin qilishi Yerda hayotning paydo bo’lishi muommosiga bo’lgan qarashlarini ifodalaydi.
U bir necha variantlardan iborat:


  1. Hayot yer paydo bo’lgunga qadar yuzaga kelgan va uni butunlay qamrab olgan.

  2. Hayot yer paydo bo’lgandan keyin yuzaga kelgan.

  3. Hayot yerning shakllanish jarayonida yuzaga kelgan.

V.I. Vernadskiy uchunchi variantni ma’qullagan va bizning sayyoramizda qachonlardir hayot izlari yoki tiriklik namunasi bo’lmagani haqida ishonchli ilmiy dalil yo’qligini e’tirof etgan.
Boshqacha aytganda, uning nazarida biosfera Yerda hamisha bo’lgan. Shunday qilib, olim biosfera deganda YERning nozik qobig’ini tushungan. Undagi barcha jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ta’sirida kechadi. Biosfera uzoq tarixiy davrlardan boshlab doimo rivojlanishdadir. U Ona sayyoramizdagi hayot qobig’ini, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa va munosabatlaridan iborat murakkab ekologik tizimlar majmuini tashkil etadi.
Atmosferada hayotning eng yuqori chegarasi 16-20 km balandlikdagi yupqa ozon qatlami bilan belgilanadi. Okeanlarning ham deyarli barcha qismida hayot mavjuddir. YERning qattiq qismida hayot 3 km va hatto undan ham chuqurroqqa kirib borgan. (neft konlaridagi bakteriyalar).
Yer sirtida kimyoviy elementlarning tarqalishini o’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, tirik moddalarda mujassamlashgan birorta element yo’q. Akademik V. I. Vernadskiy ta’riflagan biogeokimyoviy tamoyillar quyidagicha:
1.Biosfera kimyoviy elementlarning biogen migratsiyasi mavjud bo’lib, u o’zini maksimal darajada namoyon etishga intiladi. Afsuski bugungi kunda bu tamoyil inson faoliyati doirasi kengayishi tufayli buzilgan.
2.Turlarning evolyutsiyasi atomlarning biogen migratsiyasini taboro kuchaytiradi.
3.Tirik modda o’zini o’rab turgan atrof–muhit bilan uzluksiz ravishda kimyoviy almashinuvda bo’ladi.
Bu tamoyillar buzilgan holda biosfera faoliyatini ta’minlab turgan kosmik ta’sirlar uni yemiruvchi omilga aylanishi mumkin. Tabiatdagi har qanday organizmlar notirik tabiat bilan uzviy bog’liq sharoitdagina mavjud bo’la oladi, hayot o’zining butun namoyon bo’lish jarayonida sayyoramizda katta o’zgarishlar keltirib chiqargan evolyutsiya jarayonida takomillashib borgan tirik organizmlar butun sayyora bo’ylab kengroq tarqalgan hamda energiya va moddaning qayta taqsimlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 112,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin