Mavzu : Muhit va Ekologik omillarning organizmlarga ta’sir qilish qonunlari
Reja:
Ekologik omillar tushunchasi
Muhit tushunchasi
Ekologik omillar klassifikatsiyasi
Shu kunda dunyoning hamma regionlarida ekologik tanglik yuzaga kelgan tabiiy holat buzilgan, ya’ni Sibirda Baykal ko’lining ifloslanishi, AQShning Nevada, Qozog’stonning Semipalatinsk dashtlarida, Sharqiy Xitoyning Lubnur ko’lida atrofida atom va vadarod bombalarining sinovidan keyingi radiatsiyaning tasiri O’rta Osiyoda Orol fojiasi, Kasbiy dengizi sathining pasayishi yoki ko’tarilishi, Ukraina va Belarusiya yerlarida Chernobel AESining portlashidan qolgan radiatsiyalarning salbiy natijalari, Shvetsariyaning ko’llarida kislotali yomg’ir yog’shidan tiriklikni nobud bo’lishi, Fors ko’rfazida dengiz suviga neftni oqizib yuborilishi, raketa va bombalar portlashidan tabiiy holatning buzilishi kabi salbiy harakatlar tabiat holatini yomonlashtirib yubormoqda
Ekologik omillar tushunchasi. Har bir organizim o’zi yashab turgan muhitda bir vaqitning o’zida har xil iqlim tuproq va biotik omillar ta’siriga uchraydi. Tirik organizimlarning individual rivojlanish jarayonining bir fazasi davrida to’g’ridan –to’g’ri ta’sir qiladigan muhit elementlari ekologik omillar deyiladi. Bunday ta’rifdan ayrim muhit omillari istisnodir, ya’ni, dengiz sathiga nisbatan bo’lgan balandlik, dengiz, ko’llarning chuqurligi. Balandlikning organizimga ta’siri, harorat quyosh radiatsiyasi, atmosferani bosimi orqali bo’lsa, suv chuqurligining organizimga ta’siri bosim va yorug’likning kamayishi orqali yuzaga keladi.
Ekologik omillar tirik organizimga turlicha ta’sir o’tkazadi, ya’ni:
1. Ayrim turlarni ma’lum hududlardan siqib chiqaradi va ularni geografik jihatdan tarqalishini o’zgarishiga olib keladi.
2. Har xil turlarning rivojlanishiga to’g’ridan- to’g’ri ta’sir qilib, ularning ko’payishi va o’lishini o’zgartiradi, bir joydan ikkinchi joyda migratsiya qilib populyatsiya va biotsinozlar qalinligiga ta’sir qiladi.
3. Organizimlarda moslashish xislatlarini keltirib chiqaradi, ularda ichki va tashqi o’zgarishlarni sochilib, gruppa bo’lib tarqalishi, qishgi va yozgi tinchlik davri, fotoperiod reaksiya va boshqalar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |