5. Rivojlanishni chegaralovchi davriy ekologik omillar. Tabiatdagi hamma ekologik omillar birlikda, murakkab hamjihatlikda bir vaqtda tirik organizmlarga ta’sir qiladi. Shuday ekologik omillar yig’indisi konstellyatsi deyiladi. Organizmning ma’lum bir omilga nisbatan optimal chidash chegarasi boshqa omillar ta’siriga ham bog’liqdir. Masalan, optimal haroratli muhitda namlikning kamligi, organizmda ozuqa moddalarning yetishmasligi ortib boradi. Ozuqa moddalarining yetarli bo’lishi bilan esa, organizamning bir necha ekologik omillarining o’zgarishiga chidamliligi ortadi.
6. Birlamchi davriy ekologik omillar. Ekologik omillarni guruhlashda shu omillar ta’sirini sezadigan organizmlar holatlariga nisbatan olish bilan birga ularning moslashish darajasini bilish kerak. Chunki, ekologiyaning asosida organizmlarning muhitga moslashish qonunlari yani organism bilan uning muhiti ortasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganish yotadi.
Organizmning moslashishi doim to’g’ri o’zgarib turadigan muhit omillari orqali aniqlanadi. Ya’ni omillarning kun, oy, fasllar yoki yil davomida o’zgarishlari birlamchi davriy o’zgarishlari bo’lib, ular yerning o’z o’qi atrofida aylanishi, uning quyosh atrofidagi harakati, yoki oy fazalarining o’zgarishi, natijasidir.
7. Ikkilamchi davriy ekologik omillar. Tabiiy muhitda davriy omillarning o’zgarishi natijasida ikkilamchi davriy omillarning o’zgarishi kelib chiqadi. Ikkilamchi davriy omillar birlamchi davriy omillar bilan qanchalik yaqin va aloqador bo’lsa, ikkilamchi davriy omillarning muntazamligi shunchalik aniq ko’rinadi. Jumladan, havoning namligi ikkilamchi omil bo’lib, harorat bilan doim o’zaro bog’langan.
8.Nodavriy ekologik omillar. Organizmning yashab turgan normal muhitida bo’lmaydigan, birdan kelib chiqadigan keyinchalik yuqolib ketadigan omillariga nodavriy omillar deyiladi. Shuning uchun ham bunday omillarga organizmlar moslashib ham ulgurmaydi. Nodavriy omillarga: shamol, chamoq, yong’in kabilarni, insonlarning tabiat bilan faoliyati, yirtqichlar, parazitlar, zararli hashoratlar zamburug’larni ham keltirish mumkin.