Suv muhitidagi organizmlarning ekologik guruhlari va ularning tarqalish qonunlari. Suv muhitida organizmlarning bir nechta ekologik gurihlari vakillar: plankton, nekton, bentos, perifiton va heston uchraydi.
Tuproqda o’zaro chambarchas bog’langan qattiq, suyuq va gazsimon fazalar farqlanadi.
Tuproq havosi. Tuproq mikroorganizmlari tomonidan kislorodning o’zlashtirilishi, organik moddalarning parchalanishi va ildiz tizimining nafas olishi natijasida karbonat angidrid (CO2) hosil bo’ladi. Shu sababdan atmosfera havosida karbonat angidrid miqdori 0,03% bo’lgani holda, tuproq havosida bir foiz atrofida, ba’zan 2-3% ga yetadi.
Tuproqdagi karbonat angidrid miqdori atmosfera va tuproqdagi havo almashinuvi (aeratsiya) jadalligiga monand o’zgaradi. Hosil bo’ladigan karbonat angidridning bir qismi esa tuproqdagi namlik ta’sirida erib, karbonat kislotaga aylanadi. Atmosferaga uchib chiqadigan CO2 o’simliklar tomonidan o’zlashtirilib, hosil miqdorini oshirishga xizmat qilsa, karbonat kislota tuproq eritmasining nordonligini oshiradi:
CO2+H2O=H2CO3 → H+ + HCO3 Tuproqda karbonat angidrid miqdorining ko’payishi ijobiy, ham salbiy oqibatlatga olib kelishi mumkin. Yaxshi tomoni shundaki, hosil bo;ladigan karnonat kislota tuproqdagi mineral birikmalar (fosfatlar, kalsiy karbonat va b.)ning eruvchanligini oshoradi va ularni o’simliklar oson o’zlashtiradigan shaklga o’tkazadi. Ikkinchi tomondan, tuproqda namlik ko’p, aeratsiya sust bo’lsa, karbonat angidrid miqdorining ortishi va kislorodning yetishmasligi oqibatida o’simlik va mikroorganizmlarning me’yorida rivojlanishi buziladi. Kislorod tanqisligida ildizning o’sishi va nafas olishi susayadi, o’simlik tomonidan oziq moddalarning o’zlashtirilishi sekinlashadi. Tuproqda anaerob-qaytarilish jarayoni kuchayadi.
Tuproq eritmasi – tuproqning eng harakatchan va faol qismi bo’lib, unda o’simliklarning oziqlanishi uchun bevosita xizmat qiladigan turli-tuman jarayonlar sodir bo’ladi. Tuproq eritmasida HCO-, OH-, Cl-, NO-, H2Po- kabi anionlar, H+, Na+, K+, NH+4, Ca2+, Mg2+, Al3+, Fe3+ kabi kationlar va suvda eruvchan organik moddalar mavjud.
Unda kislorod karbonat angidrid, ammiak kabi gazlar ham erigan bo’ladi. Tuproq eritmasi konsentratsiyasining ortishi asosan minerallarning nurashi va parchalanishi, mikroorganizmlashishi, mahalliy va mineral o’g’itlarni qo’llash asosida sodir bo’ladi
O’simliklarning oziqlanishi uchun tuproq eritmasida K+, Ca2+, NH+4, NO2+, SO2+4, H2PO-4 kabi ionlarning bo’lishi va doimiy ravishda to’ldirib turilishi muhimdir. Tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori % ning yuzdan bir ulushidan bir necha % gacha o’zgaradi. Odatda tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori 0,05% atrofida bo’lib, konsentratsiyaning 2% dan oshib ketishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi o’g’it qo’llash, tuproq manligining kamayishi, organik moddalarning minerallashishi natijasida oshadigan bo’lsa, o’simliklarning oziqlanishi, oson eriydigan moddalarning tuproqni quyi qatlamlariga yuvilishi yoki erimaydigan shaklga o’tirishi natijasida kamayadi. Tuproqning qattiq fazasi. Tuproqning qattiq fazasi o’simliklar uchun asosiy zahira moddalarni tutadi. Tuproq qattiq fazasining 90-99% ini mineral moddalar, faqat bir necha % ini organik moddalar tashkil qiladi. A.P. Vinogradov ma]lumotiga ko’ra tuproq qattiq fazasining deyarli yarmini kislorod, uchdan bir iqsmini kremniy, 10% dan ko’prog’ini alyuminiy va temir tashkil qiladi. Mazkur elementlar tuproqning mineral qismida, turli mineral birikmalar tarkibida uchraydi. Uglerod, vodorod, fosfor, oltingugurt tuproqning ham mineral va organik qismi tarkibida uchrasa, azot faqat organik moddalar tarkibiga kiradi.