Mavzu Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifala-fayllar.org
Maruza: Suv havo va tuproq muhitlari va ularning ifloslanishi.
Reja:
1. Suv muhitidagi organizmlarning ekologik guruhlari va ularning tarqalish qonunlari 2. Tuproqning organik qismi.
Uzoq evolyutsion rivojlanish jarayonida tirik organizmlar ma’lum sharoitlarda yashashga moslashadi. Organizmning birinchi hayotiy muhiti suv sharoiti bo’ladi.
Suv- tabiatning qimmatbaho resursi bo’lib, biosferaning mavjudligini ta’minlovchi moddalar almashinishi jarayonlarida o’ta muhim rol o’ynaydi. Suv insoniyatning madaniy hayotining shakllanishi va taraqqiy etishida sayyoramizdagi boshqa tabiiy resurslarga nisbatan sezilarli rol o’ynaydi. Suvning sanoat va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati beqiyosdir. Uning maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur vosita ekanligi hech kimga sir emas. Suv inson organizmi, barcha o’simlik va hayvonlar tarkibini tashkil qiladi. Ko’plab tirik mavjudotlar uchun yashash muhiti vazifasini bajaradi.
Suv – shubhasiz fotosintez jarayonining vositachisidir. U yuqori dielektrik o’tkazuvchanlikka egaligi tufayli deyarli barcha moddalarni o’ziga biriktira oladi va ushlab qoladi. U a’lo darajali issiqlik tashuvchi va sovitgich hamdir. Suv o’zining yuqori sirt tarangligiga ega bo’lgan sifati bilan tuproq kapillyarlari bo’ylab, yuqoriga ko’tarilishiga qodir.
Suv tabiatda aylanma harakat qilib, yer yuzasini shakllantirishda ishtirok etadi. Suv yuqori issiqlik sig’imiga va past issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatiga egaligi bilan fasl va ob-havoga katta ta’sir ko’rsatadi. Quyoshdan keladigan issiqlikni o’zida yutib, yillik va sutkalik harorat o’zgarishlarni tartibga solib turadi.
Suv – arzon elektr energiya manbaidir. Dengizlar, daryolar va boshqa bir qator suv havzalari suv yo’llari vazifasini bajaradi, aholini baliq va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Sanoat korxonalarida juda ko’p suv sarf etiladi, masalan, 1 tonna po’lat ishlab chiqarish uchun – 4000, sintetik benzin olish uchun – 50-90, sirka kislota ishlab chiqarish uchun –100, sodalar olish uchun –300 tabiiy shoyi ishlab chiqarish uchun –400, nitrosellyulozalar ishlab chiqarish uchun –750 qog’oz ishlab chiqarish uchun –1000 m3 suv sarflanadi.
Atrof-muhitning gidrologik va gidrogeologik tarkibining shakllanishida bizning sayyoramiz uchun xos bo’lgan suvning umumbashariy aylanma harakati katta ahamiyatga ega. Bu haqda biosfera mavzuida ma’lumot berilgan.Dunyo okeanlaridan bir sutka davomida parlangan (875 km3) chuchuk suvning asosiy qismi (775 km3). Dunyo okeanlari ustiga qolgan qismi esa, quruqlikka borib yog’adi. Quruqlikka yog’adigan yog’in –sochin hajmi yiliga 47 ming km3 ni tashkil qiladi. Xuddi ana shu 47ming km3 suv quruqlikning yillik suv resursi deb ataladi.
Quruqlik sathining tog’liklar, sahro va cho’llar, o’rmonlar va yaylovlar va boshqalar bilan qoplanishi, tog’ jinslarining suv o’tkazuvchanligi yog’in suvlarining daryoga oqadigan ulushini kamaytirib boradi. Geografik joylashuviga qarab, yer usti suvlarining bug’lanishini ham har xil bo’ladi. Masalan, Estoniyada mavjud chuchuk suvning 3% I bug’lanishga sarflansa, Turkmanistonda 25%I sarflanadi. Yer kurrasida suvning beto’xtov aylanma harakati natijasida daryo okeanlari suvi 3000 yilda, ko’l suvlari 7 yilda, daryo suvlari 12-31 kunda bir marta aylanib turadi. Yer osti suvlarining chuqurligi oshgan sari ularning tezligi, tashqi muhit bilan aloqasi kamayib, almashinib turishi uchun bir necha minglab yillar kerak bo’ladi.