Mavzu Ekologiya fani va uning bo’limlari, uslublari va vazifala-fayllar.org
Tuproqning mineral qismi. Tuproqning mineral qismi turli minerallarning juda mayda zarrachalaridan iborat. Hosil bo’lishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi tuproq minerallarni farqlanadi. Birlamchi minerallarga kvars, dala shatlari, slyudalar, shox aldamasi va piroksinlar kiradi. Ular tog’ jinslarning yemirilishi va nurashi natijasida tuproq hosil qiluvchi ona jins tarkibiga o’tadi
Bu minerallar tuproqlarda asosan qum (0,05-1,0 mm), chang (0,001-0,5mm), qisman il (0,001 mm) dan kichik va kolloid (0,25 mkm dan kichik) zarrachalar holida uchraydi. Kimyoviy jarayonlar (gidratlanish, gidroliz, oksidlanish) va turli tuman organizmlarning hayot faoliyati natijasida birlamchi minerallardan bir yarim oksidlar (R2O3) va kremnezem gidratlar, turli tuzlar, kaolinit, montmorillionit, gidroslyuda kabi ikkilamchi minerallar hosil bo’ladi.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra bu minerallar kremniy kislorodli birikmalar (slikatlar)ga va alyuminiy-kremniy-kislorodli (alyuminiy silikatlar) ga bo’linadi tuproqlarda kvars (SiO2) keng tarqalgan. Deyarli barcha tuproqlarga kvarsning miqdori 60% dan ko’proq, qumli tuproqlarda esa 90% gacha yetadi. U barqaror va mustahkam birikma bo’lib, inertligi sababli tuproqdagi kimyoviy jarayonlarda ishtirok etmaydi.
Alyuminiy –kremniy-kislorodli birikmalar birlamchi va ikkilamchi minerallar shaklida uchrashi mumkin. Birlamchi alyuminiy slikatlardan dala shpatlari, ortoklaz, anortit, al’bit keng tarqalgan. Slyudalar biotit va flagopit ko’proq uchraydi. Shox aldamlari va piroksinlar uncha keng tarqalmagan. Dala shpatalat va slyudalarning asta-sekin parchalanishidan o’simliklar uchun zarur bo’lgan K, Ca, Mg, Fe va boshqa oziq elementlar yuzaga keladi.
Ikkilamchi minerallar o’zaro o’xshash xuxusiyatlariga ko’ra montmorillonit, kaolinit vagidroslyudasimon guruhlarga bo’linadi. Montmorillonit guruhlarga montmorillonit, beydellit va boshqa minerallar kirib, yuqori darajada dispersligi, bo’kishi, qovushqoqligi va ishlamasligi bilan ajralib turadi. Kaolinit guruhi minerallariga kaolinit va galluzitlar kiradi. Bu guruh minerallariga disperslanish, bo’kish va ilashimlilikning kamligi kabi xususiyatlar xosdir.
Gidroslyudalar dala shpatlari va slyudalarda hosil bo’lib, deyarli barcha tuproq tiplarida uchraydi va ulardan gidromuskovit va gidrobiotitlar keng tarqalgan.
Ikkilamchi alyuminiy-slikatli minerallar kristall panjarasining tuzilishi, disperslik darajasi va shu kabi boshqa belgilar bilan o’zaro farqlansada, ayrim umumiy belgilarga ham egadir. Tuproqlarda ular kattaligi bir necha mikrometrdan mikrometrning yuzdan bir ulushicha bo’lgan zarrachalar holida uchraydi. Dispersligi yuqori bo’lgan bu minerallar katta yuza va kuchli singdirish qobiliyatiga ega.
Tuproqlarda Ca, Mg, K hamda Na larning karbonat, sul’fat, nitrat, xlorid va fosfatlari ham uchraydi. Bu tuzlarning aksariyati (ayniqsa K va Na tuzlari) suvda oson eriydi, shu bois ularning tuproqdagi miqdori juda kam. Qiyin eriydigan tuzlar (Ca va Mg karbonatlari hamda kalsiy sulfat)ning miqdori tuproq qattiq fazasining asosiy qismini tashkil qiladi.
Tuproq mineral qismining turli mexanikaviy fraksiyalari nafaqat zarrachalarning katta-kichikligi, balki mineralogik va kimyoviy tarkibi bilan ham farqlanadi. Ma’lumki, gumus va uning tarkibidagi azotning asosiy qismi tuproqning yuqori disperslikka ega bo’lgan yuza qatlamlarida to’planadi. Shu bois tuproqning ilsimon va kolloid fraksiyalari o’simliklar oziqlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari ayni fraksiyalar ancha faol bo’lib, tuproqdagi adsorbsiya jarayonlarini va shunga bog’liq ravishda singdirish qobiliyatini ham belgilaydi.
Tuproqning mexanikaviy tarkibi va xossalari o’rtasida uzviy mubosabat mavjud. Temir, kalsiy, magniy, kaliy kabi elementlarning miqdori tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan bog’liq. Og’ir mexanikaviy tarkibli tuproqlar qumli va qumli tuproqlarga nisbatan oziq moddalarga ancha boydir.