Mavzu: Ekotizimlarning mahsuldorligi


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash



Yüklə 70,94 Kb.
səhifə17/21
tarix02.01.2022
ölçüsü70,94 Kb.
#35648
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Mavzu Ekotizimlarning mahsuldorligi-fayllar.org

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

Tabiiy va sun’iy ekosistemaga qiyosiy tavsif bering.



Archazor o`rmon


Umumiy jihatlari


Paxta dalasi










V. Baholash: O‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun baholanadi.

VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
O`TIBRO’: _______________
Sana _____________________ Biologiya 11A; 11B.

Mavzu: Biogeotsenozlarning barqarorligi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsad: Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad : Ilmni amaliyotga tatbiq etish, o’quvchilarning kitobxonlik malakasini oshirish, biologiya fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Shakllantirilgan kompetensiya: biologik ob’ektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kom-si.

Dars turi: Yangi tushunchalar berish.

Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar, darslik, videodarslik.

Dars metodi: Interfaol metodi.

Darsning borishi:

I

Tashkiliy qism

2 daqiqa


IV

Mustahkamlash

5 daqiqa


II

O’tilgan mavzuni so’rash

12 daqiqa


V

Baholash

3daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni


20 daqiqa


VI

Uyga vazifa berish

3daqiqa



I. Tashkiliy qism. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.

II.O’tilgan mavzuni so’rash:

1. Nima uchun agroekosistemalar insonning bevosita ta’sirisiz beqaror hisoblanadi va tez yo‘qolib ketadi? Ularning barqarorligini oshirish yo‘llarini taklif eting.

2. Nima uchun agroekosistemalarda hasharotlarning soni haddan ziyod ortib ketadi, tabiiy ekosistemalarda esa ularning soni barqaror?

III.Yangi dars bayoni:

Tabiiy ekosistemalar ma’lum qonuniyatlar asosida tarkib topadi, rivojlanadi. Ekosistema ning barqarorligi eng avvalo produtsent, konsument, redutsentlar tomonidan amal ga oshiriladigan moddalar va energiya almashinuvi jarayoni va quyosh energiyasi hisobiga ta’minlanadi. Yuqorida qayd etilgan ikki omil ekosistemaning tashqi muhitning doimiy o‘zgarishlariga nisbatan barqarorligini yuzaga keltiradi. O‘zgargan ekologik omillar ta’sirida o‘zining tuzilishi va normal funksional holatini saqlay olish xususiyati ekosistemalarning barqarorligi deb ataladi. Turlarning xilma-xilligi va organizmlarning o‘zi yashaydigan muhitdagi o‘zgarishlarga ma’lum darajada moslanishlari ekosistemalar barqarorligini hamda tashqi muhit omillariga nisbatan turg‘unligini ta’minlaydi.

Ma’lum vaqt oralig‘ida biogeotsenozlarda o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Muhitdagi abiotik va biotik omillar ta’siri natijasida, ekosistema tarkibiga kiruvchi populatsiyalar soni kamayib boradi. Vujudga kelgan yangi sharoitlar ularning hayot kechirishi uchun noqulay hisoblanadi. Natijada tabiiy tanlanish tufayli bu populatsiyalar qisqarib, ular o‘rniga shu muhit sharoitiga moslashgan populatsiyalar paydo bo‘ladi. Bu esa bir biogeotsenozning turlar tarkibi bilan farq qiluvchi boshqa bir biogeotsenoz bilan almashinuviga olib keladi. Biogeotsenozlarning ma’lum vaqt davomida boshqa bir biogeotsenozlar bilan almashinish jarayoni biogeotsenozlar almashinuvi yoki suksessiya deb ataladi.

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

1. Vulqon otilishidan so‘ng sovigan maydonda sodir bo‘ladigan birlamchi suksessiya jarayonini sxemada aks ettiring.

2. Antropogen suksessiyalarga misollar keltiring.

3. Qo‘shimcha o‘quv materiallaridan foydalanib, o‘z yashash joyingizda mavjud klimaksli biogeotsenozlarni aniqlang, ularning xarakterli jihatlarini o‘rganing.

V. Baholash: O‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun baholanadi.

VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

O`TIBRO’: _______________

Sana: ____________ Biologiya 10A; 10B


Yüklə 70,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin