Mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi



Yüklə 340,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix20.11.2022
ölçüsü340,41 Kb.
#69943
1   2   3   4   5   6   7
Excel

Excel dasturi asoslari 
Excel 2007 
da yangilik
 
Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi va bu elektron 
kitobda kompyuter xotirasi imkon beradigan darajada ko`p sahifa (list)larni 
joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar (oddiy listlar – ularda jadvallarni 
joylashtirish mumkin) hamda diagramma listlari (ularda diagrammalar 
joylashtiriladi)ga bo`linadi. 
Oldingi Excel dasturlarida ishchi maydoni 65536 ta satr va 256 ta ustundan iborat 
edi. Excel 2007 dasturida esa satrlar soni 1048576 ta bo`lib, ustunlar soni esa 
16384 tadan iborat (A-XFD gacha). Demak Excel 2007 dasturida jami 
17179869184 ta katakcha mavjud ekan. Katakcha – bu ustun va satr kesishgan 
joydagi birlik bo`lib, har bir katakcha o`zining individual manzili (nomi)ga egadir. 
Bu nom shu katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning satr tartib raqamining 


yonma-yon yozilishidan iboratdir. Elektron sahifaning birinchi (yuqori chap 
burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo`lib, uning oxirgi katakchasi (pastki 
o`ng burchakda)ning manzili mos ravishda XFD1048576 ekanligi tushunarli. 
Formulalar. 
Exceldagi katakchalar o`zida matn, sonlar, formulalrni saqlashi yoki ularning 
barchasidan xoli bo`lishi mumkin. Formulalar yordamida Excel boshqa 
katakchalarda joylashgan ma`lumotlar asosida hisob-kitob ishlarini bajarish 
bo`yicha ko`rsatmalarni oladi. Masalan A ustunida joylashgan dastlabki 10 ta sonni 
qo`shish formulasini tuzish mumkin (=СУММA1:A10). 
Formulalarni tuzishda +(qo`shuv), -(ayiruv), *(ko`paytiruv) va /(bo`luv) standart 
arifmetik amallari ishlatiladi. Bundan tashqari maxsus funksiyalarni ishlatish ham 
mumkin. Bular kerakli natijaga osonlik bilan erishish imkonini beradi. Masalan 
Excel funksiyalari yordamida sonning 
kvadrat ildizini hisoblash
, turli sonlarning 
faktoriallarini topish va hatto joriy vaqtni hisoblab topish ham mumkin. Excel 
funksiyalari bilan ishlash keyingi boblarda ko`rib chiqiladi. 

Yüklə 340,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin