Mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi


Aktiv katakcha va diapazonlar



Yüklə 340,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix20.11.2022
ölçüsü340,41 Kb.
#69943
1   2   3   4   5   6   7
Excel

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • CTRL
Aktiv katakcha va diapazonlar. 
Excelda katakchalardan biri aktiv katakcha deb ataladi va uning chegaralari 
boshqalarinikidan ko`ra qalinroq bo`ladi. Boshqa dasturlar bilan muvofiqlikni 
ta`minlash maqsadida biz bu holatni Excel kursori deb ataymiz va aktiv katakchada 
kursor mavjud deb hisoblaymiz. Kursor turgan katakchaning ichidagi ma`lumot 
Formulalar satrida ko`rinib turadi. Kerakli katakchani yoki bir necha katakchani 
aktivlashtirish uchun shu kerakli katakcha ustida sichqoncha chap tugmasini bosish 
yoki bir necha katakchani ko`rsatish uchun ulardan birinchisi ustida sichqoncha 
chap tugmasini bosib turgan holda kerakli katakchagacha chap tugmani qo`yib 
yubormasdan sichqoncha ko`rsatkichini olib borib, so`ng qo`yib yuboriladi. Bunda 
belgilangan katakchalar ustida keyinchalik kerakli amallarni bir vaqtning o`zida 
bajarish mumkin bo`ladi. Belgilangan katakchalar diapazon deb ataladi va ular 
ko`pincha yonma-yon joylashgan katakchalardan iborat bo`ladi. Lekin ba`zida bir-
biridan uzoqda joylashgan katakchalarni ham birgalikda belgilash mumkin. Buning 
uchun belgilash amalini bajarish jarayonida CTRL tugmasidan foydalanish 


mumkib. 
Excel dasturi oynasi bilan ishlash. 
Excel dasturi oynasini boshqarish barcha boshqa Windows dasturlari oynalarini 
boshqarish kabi bo`lib, u kichiklashtirilgan holda bo`lganda uning chegaralarini 
surish uchun kerakli chegara ustiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirilib, u ikki 
tomonlama ko`rsatkich ko`rinishiga o`tgach, chap tugmani bosib turgan holda 
chegarani keraklicha surish mumkin. Dastur oynasining o`zini surish uchun shu 
dastur sarlavha satri ustiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirib, chap tugmani bosib 
turgan holda dastur oynasini siljitish mumkin. Dastur oynasini yopish uchun 
yuqori o`ng burchakdagi X harfi ko`rinishidagi tugma bosiladi (Alt+F4 
kombinatsiyasi ham shu vazifani bajaradi). Bundan tashqari Excel dasturida 
chiqish uchun dastur yuqori chap tomonida joylashgan Office bosh menyusini 
tanlab(
), uning eng pastki qismidagi Выход из Excel buyrug`i tanlanadi. 
Exceldan tezkor chiqish uchun shu tugmada sichqoncha chap tugmasini ikki marta 
tez bosish ham yetarlidir. 

Yüklə 340,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin