Mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi


Yordamchi ma`lumot tugmasi



Yüklə 340,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix20.11.2022
ölçüsü340,41 Kb.
#69943
1   2   3   4   5   6   7
Excel

Yordamchi ma`lumot tugmasi: Lentaning o`ng yuqori burchagida joylashgan 
so`roq belgisi ko`rinishidagi tugma bo`lib, uni tanlanganda Excel yordamchi 
ma`lumotlar oynasi hosil bo`ladi hamda unda kerakli mavzuni t anlab kerakli 
ma`lumotlarni o`qish mumkin. 
Standart menyular: Ko`plab pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugmalarni 
tanlanganda xuddi shunday menyular bilan ishlash kerak bo`ladi va ba`zi 
buyruqlarga mos tugmalar ham mavjud. Agar buyruqning oxirida uch tugma (…) 
ko`rinishidagi qo`shimcha bo`lsa, bu buyruqni t anlash muloqot oynasining 
ochilishiga olib keladi va u yerda kerakli qiymatlarni kiritish yoki tanlash kerak 
bo`ladi. 
Hisoblagich: Ikkita – yuqoriga va pastga qaratilgan ko`rsatkichli boshqaruv 
elementi bo`lib, uning qiymati sifatida sonlar qaraladi hamda tugmalarni 
tanlanganda qiymat mos tarzda o`sadi yoki kamayadi. Xuddi shunday bu 
qiymatlarni klaviatura orqali “qo`lda” kiritish ham mumkin va bu kiritilayotgan 
qiymatlarning to`g`riligini Excel avtomatik tarzda tekshirib boradi. 


Kontekst lenta bandlari: Bunday lenta bandlari biror yangi ob`yekt qo`yilgandan 
yoki tanlangandan so`ng hosil bo`ladi hamda ularning guruhlari nomlari Excel 
sarlavha satrida hosil bo`ladi. Bu kontekst lenta bandida shu tanlangan ob`yekt 
bilan bog`liq bo`lgan barcha xususiyat va parametrlar joylashgan bo`lib, u boshqa 
ob`yekt tanlanishi bilan yo`qoladi. Kontekst lenta bandini hosil qilish uchun shu 
ob`yekt ustida qo`sh chertish ham yetarli. Lekin barcha ob`yektlarda ham kontekst 
lenta bandi mavjud bo`lmasligini esda saqlang. 
Maslahat 
Standart bandlar: Lentadagi barcha 
bandlar shu qismga kirib
, ular bir turdagi 
buyruqlarni o`z ichiga oladi. Masalan Вставка bandida elektron kitobga o`rnatish 
mumkin bo`lgan ob`yektlar tugmalari joylashgan. Главная bandigina turli xil 
to`plamdagi ko`p ishlatiladigan tugmalar bilan jihozlangan va shuning uchun ham 
shunday nomlangan. 
Agar sizning sichqoncha qurilmangizda g`ildirakcha mavjud bo`lsa, lenta bandlari 
bo`ylab harakatlanishda undan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun 
sichqoncha ko`rsatkichini lenta ustiga olib o`tib, g`ildirakchani aylantirish kifoya. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Google.com qidiruv tizimi 
2.
Arxiv.uz sayti 
3.
Referat.uz sayti 
4.
Kompyuterli modellashtirish fanidan ma’ruza matni 
5.
O’quv uslubiy qo’llanma 

Yüklə 340,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin