Mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi


Uskunalar paneli bilan tanishish



Yüklə 340,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix20.11.2022
ölçüsü340,41 Kb.
#69943
1   2   3   4   5   6   7
Excel

Uskunalar paneli bilan tanishish. 
Excel 2007 da yangilik 
Excel 2007 dasturida oldingi versiyalardagi standart menyular satri hamda 
uskunalar panelini o`rnini bosadigan yangi qism kiritilgan bo`lib, u bir vaqtning 
o`zida bir qancha asboblar bilan ishlash imkonini berishi hamda keraksiz bo`lib 
qolayotgan menyular satri tomonidan egallangan joyning samarali ishlatilishiga 
olib keldi. Ushbu qism lenta deb ataladi hamda u bir nechta bandlardan iborat 
bo`lib, ulardagi buyruq va funksiyalar o`zaro bajaradigan vazifa hamda amallariga 
mos ravishda guruhlarga bo`lingan. 
Lenta bilan ishlash. 
Lentadagi buyruqlar bilan ishlash turli xil usullar yordamida amalga oshiriladi. Bu 
usullar quyida keltiriladi: 
Tugma: Eng keng tarqalgan boshqaruv elementi bo`lib, tugmalarning ko`pchiligi 
matnli izohlar bilan ta`minlangan hamda tugmaning bajaradigan vazifasini bilish 
uchun uni sichqoncha yordamida ko`rsatish kifoya. Eng ko`p ishlatiladigan 
tugmalar boshqa tugmlarga qaraganda kattaroq shaklda tasvirlanadi. Bu holat 
sizning ish jarayoningizda tugmalardan foydalanishingiz jarayonida sizga 
moslashib boradi. Ko`pgina tugmalarni tanlanganda to`g`ridan-to`g`ri vazifa 


bajariladi. Ba`zi tugmalar esa pastga qaratilgan ko`rsatkichlar bilan jihozlangan 
bo`lib, ularni tanlanganda ro`yxat yoki kolleksiya hosil bo`ladi hamda 
foydalanuvchi kerakli buyruqni tanlash imkoniga ega bo`ladi. 
Bayroqcha: Kvadrat shaklidagi asbob bo`lib, uni tanlanganda u ulangan-
ulanmagan holatlarini almashtiradi. 
Buyruqlar guruhi: Lentaning har bir bandida o`zaro bog`liq buyruqlar mavjud 
bo`lib, ular guruhlarga birlashtiriladi. Masalan, Главная panelining Шрифт 
buyruqlar to`plamida matn shriftini boshqarish tugmalari joylashgan. 
Ochiladigan ro`yxat: Pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugma tanlanganda hosil 
bo`ladigan ro`yxat bo`lib, undagi kerakli buyruq ham xuddi shunday tanlash orqali 
amalga oshiriladi. 
Kolleksiya: Excel 2007 da yaratilgan yangi element bo`lib, unda tanlanadigan 
imkoniyatlarning grafik ko`rinishlari hosil bo`ladi. Kolleksiyalardan foydalanish 
ko`p ishlatiladigan amallarga tezroq yetib boorish imkonini beradi hamda 
kolleksiyalarning uch xil turi mavjud: (Ochiladigan kolleksiya, Ochiladigan to`r va 
kolleksiya lentasi). 

Yüklə 340,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin