Mavzu: elektron o‘quv-metodik ko‘rgazmali materiallar, elektron darsliklar, elektron o‘quv-metodik majmualar tayanch tushunchalar


EO‘MMni ishlab chiqishga qo‘yiladigan didaktik talablar



Yüklə 131,2 Kb.
səhifə8/14
tarix25.12.2023
ölçüsü131,2 Kb.
#195634
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Mavzu elektron o‘quv-metodik ko‘rgazmali materiallar, elektron

EO‘MMni ishlab chiqishga qo‘yiladigan didaktik talablar. EO‘MM an'anaviy o‘quv nashrlariga qo‘yilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. EO‘MMga qo‘yiladigan didaktik talablar quyida keltirilgan:

  1. Talimda ilmiylikni, fan, texnika va texnologiyalarni so‘nggi yutuqlarni hisobga olinishi EO‘MM mazmunining etarlicha chuqurligini, ishonchliligini ta'minlaydi. O‘quv materialini EO‘MM yordamida o‘zlashtirish jarayoni o‘qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi kerak. Masalan tajriba, eksperiment, solishtirish, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, o‘xshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish uslubi, shu bilan birga matematik modellashtirish, shuningdek tizimli tahlil uslubi.

  2. O‘qitishning erishuvchanlik talablari - EO‘MMda amalga oshiriladi va ta'lim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos o‘quv materialini o‘rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlash zaruriyatini bildiradi.

O‘quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, unda talaba bu materialni egallashga ojizlik qiladi.

  1. O'qitishning muammoligini ta'minlash talablari - ta'lim olish faoliyatining tavsifi shartlashtirilgan. Agar talaba muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi o‘sadi. Ushbu didaktik talabning EO‘MM yordamida bajarilish darajasi, an'anaviy darsliklar va qo‘llanmalardan ko‘ra, sezilarli ravishda yuqori bo‘ladi.

  2. O'qitishmng ko‘rgazmuliligini ta'minlash talablari - ta'lim oluvchilar tomonidan o‘rganilayotgan ob'yektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruriyatini bildiradi.




  1. O'qitishni onglitigini, ta'lim oluvchining mustaqilligi va faolligim ta'minlash talablari - o‘quv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o‘quv axborotini jalb qilish bo‘yicha ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun EO‘MM bilan ta'minlashni ko‘zda tutadi. Bunda ta'lim oluvchi uchun o‘quv faoliyati yo‘naltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar bo‘yicha EO‘MM tizimli faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilishi kerak.


  2. Yüklə 131,2 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin