Mavzu: energiya almashinuvi. Atf darsning texnologik xaritasi



Yüklə 185,5 Kb.
səhifə3/7
tarix02.06.2023
ölçüsü185,5 Kb.
#123676
1   2   3   4   5   6   7
Energiya almashinuvi. ATF

Darsning bosqichlari




Darsning bosqichlari

Vaqt
(daqiqa)

O`qituvchi faoliyati

O`quvchi faoliyati

1.

Tashkiliy qism

3

1.Sinf o`quvchilarini darsga tayyorlash
2. Salomlashish
3.Davomatni aniqlash

1. Darsga tayyorlanadi
2. Salomlashadi

2.

O`tilgan mavzuni so`rash, va xulosalash

12

O`qituvchi o`tilgan mavzuni 3 ta nazorat topshirig` yordamida so`raladi.
1-Nazorat topshirig`: “Oddiy test”
2-Nazorat topshirig`i: “Baliq skeleti”
3-Nazorat topshirig`i: `”B/ BX/B -jadvali”



O`quvchilar
O`tilgan mavzuni so`rash texnologiyalari bilan tanishadilar va bajaradilar
1,2, va 3-nazorat topshiriqlariga javob beradilar.

3.




Yangi mavzu bayoni

10


Reja:
1. Energiya almashinuvining ahamiyati.
2. Energiya almashinuvining bosqichlari.
3. ATF. Uning parchalanishi.

Yangi mavzu va uning rejasini daftariga yozib oladilar. O`qituvchi hamkorligida yangi mavzuni o`zlashtiradilar.



4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

O`qituvchi o`quvchilarni yangi mavzu bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarini quyidagi texnologiyalar asosida mustahkamlaydi.
4-nazorat topshirig`i: “Klasster”
5-nazorat topshirig ”Insert jadvali”

O`quvchilar o`qituvchi tomondan berilgan topshiriqlarni bajaradilar, darsda faol ishtirok etadilar.

5.

Darsni yakunlash

5

1.O`quvchilarni dars jarayonida erishgan yutuqlarini izohli e’lon qiladi va kundaliklariga qo`yadi.
2.Uyga vazifani tushuntiradi va uni kundaliklariga yozib olishini ta’minlaydi.



O`quvchilar erishgan yutuqlarini eshitadilar, topshiriqlarini kundaliklariga yozib oladilar, ballarini qo`yib oladilar.


2-BOSQICH. O`TILGAN MAVZU (“PLASTIK ALMASHINUV. OQSILLAR BIOSINTEZI. GENETIK KOD”) NI SO`RASH VA XULOSALASH.
1-Nazorat topshirig`i: “Oddiy test”
1. Energiya almashinuvining qaysi bosqichida fermentlar ishtirok etadi?
A. birinchi. B. ikkinchi. C. uchinchi. D. to`g`ri javob B, C.
2. Bir molekula glyukozaning parchalanishi tufayli ATF da to`planadigan energiya miqdori (kJ) ni belgilang.
A. 2800; B. 5600; C. 1120; D. 4200.
3. Energiya almashinuvining birinchi bosqichida yog`larning parchalanishidan hosil bo`ladigan moddani belgilang.
A. glyukoza. B. glitserin. C. yog` kislotalari. D. to`g`ri javob B, C.
4. Oqsillarga xos biror hususiyatning o`zgarishi ………….ning o`zgarishga olib keladi.
A. hujayra; B. hujayraviy hususiyatlar;
C. moddalar almashinuvi; D. barcha javoblar to`g`ri.
5. Fotosintezning uchinchi bosqichi - ……….. .
A. suvning parchalanishi; B. ATF sintezi.
C. uglevod sintezi. D. Fotoliz.
6. Kimyoviy energiya organik moddalarning ……….. bog`larida to`planadi.
A. vodorod; B. disulfid; C. fosfat; D. kovalent.
7. O`simliklar bargida hosil bo`ladigan asosiy organik moddani belgilang.
A. glyukoza. B. sellyuloza. C. kraxmal. D. glikogen.
8. Hosil bo`lgan oqsil zanjiridagi ketma-ketlikni ……...aniqlaydi.
A. r-RNK; B. t-RNK; C. DNK; D. Genotip.
9. Oqsil to`g`risidagi axborotning DNK molekulasidan i-RNK lar orqali ko`chirib olinib, ribosomalargacha yetkazilishi - ……….. .
A. oqsil biosintezi. B. transkripsiya. C. translyatsiya. D. to`g`ri javob A, B.



Yüklə 185,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin