Energiya almashinuvi dissimilatsiya jarayonida tirik organizmlarda moddalarning parchalanish jarayoni bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Bu jarayonda kislorod yordamida murakkab organik birikmalar oksidlanishi tufayli ko`p miqdorda energiya ajralib chiqadi.
Ozuqa moddalarda to`plangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi atomlarni bog`lovchi har xil kovalent bog`larda mujassamlashgan bo`ladi va uning parchalanishi quyidagi reaksiya orqali boradi:
C6H12O6+602 = CO2 + 6H2O + 2800 Kj
Ozuqa moddalardan ajralgan quvvatning bir qismi issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat kislota (ATF)ning energiyaga boy bog`larida to`planadi va ATF ning parchalanishi natijasida hujayrada kechadigan barcha jarayonlar energiya bilan ta`minlanadi.
O`quvchi Energiya almashinuvi, ularning inson hayotidagi o`rni to`g`risida yangi ma`lumotlar bazasiga ega bo`ladi.
V.
Kelgusidagi rejalar
O`qituvchi O`tgan darsni tashkil qiladi va o`zini baholaydi.
Kelgusida shu mavzuni o`tish uchun yangi g`oya va istaklarini belgilab oladi.
Shu mavzuga oid internet sahifalaridagi yangi malumotlarni to`playdi.
O`quvchi Odam organizmidagi energiya almashinuviga diqqatini qaratadi, e`tiborli bo`ladi, energiya almashinuvining inson hayotida qanchalik muhim ekanligi haqidagi malumotlari bilan o`rtoqlari, do`stlari bilan malumot almashinadi.