Enigma shifrlash mashinasi 1920-yildan boshlab dastlab ish bilarmonlik yozishmalarining sirini saqlash uchun tijorat maqsadlarida ishlatilgan ekan; Ikkinchi Jahon urushi payti esa bu qurilma nemislar qo’mondonligi tomonidan ishlatilgan ekan.”Enigma” bu yunoncha ya’ni jumboq degan ma’noni anglatgan.Enigmaning vazifasi maxfiy matnlarni shifrlash va parolni ochish uchun ishlatiladigan qurilma ekanligi o’rganildi va malumotlarni shifrlash jarayoni, usullari ham ko’rib chiqildi.Bu qurilma aynan urush vaqtlarida aynan qo’l kelgan.Ya’ni qo’mondonlar bir-biriga qanday reja tuzganlarini yetkazish uchun qulay qurilma bo’lgan.Enigma tufayli Yevropadagi davlatlarga xavf yanada oshib borgan chunki qurilma tufayli Nemislar dushmanlarga tezkor xujum qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar .Enigma qurilmasida shifrlangan matni buzib bo’lmaydi deb hisoblashgan.Biroq polshalik 3ta matematik bu fikrni inkor etgan.Ular shifrlangan matni buzish 1939-yilgacha kurash olib borgan va enigma tomonidan shifrlangan matnlarni o’qishni uddalashgan edi.