Kurs ishining maqsadi: Turli yosh va kategoriyadagi ta’lim oluvchilar bilan amaliy psixologning faoliyatining o`ziga xos jihatlarini tahlil qilish .
Kurs ishining vazifalari: -tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash, shu ish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish.
- Maktab psixologining turli yosh va kategoriyadagi ta’lim oluvchilar bilan olib boradigan faoliyatini tashkil qilish bo`yicha adabiyotlarni tahlil qilish.
-tadqiqot metodlarini belgilash.
- Maktab psixologining asosiy vazifalarini tashkil qilish bo`yisha pedagogik-psixologik ko`rsatmalar ishlab chiqish.
- Maktab psixologining individual ish uslubini tashkil qilish bo`yicha tavsiyalar berish.
Kurs ishining obekti:Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari.
Kurs ishining predmeti: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari.
Kurs ishining metodologik asosi: Tadqiqotning metodologik asosini I.Karimovning sog`lom avlodni tarbiyalash xususidagi asarlari g`oyalari, prezidentimiz SH.M. Mirziyoevning barkamol avlodni tarbiyalashga oid fikr - mulohazalari tashkil qildi. Shuningdek, muammoga oid xorij va o`zbek psixologlarining nazariy metodologik malumotlari va g`oyalari, I.V.Dubrovina, X.Y. Liymets, YU.L.Sierd , E.G.Goziev, M.G.Davletshin, G.B.SHoumarov, SH.R. Baratov, B.RDodirov, R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Soginovlarning talim soxasida psixologik xizmatni tashkil qilish boyicha fikr va nazariyasi tadqiqotimizning metodologik negizidir.
Kurs ishining ilmiy amaliy ahamiyati: unda amaliyotchi psixologning individual ish uslubiga bag’ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlil qilinganligi, amaliyotchi psixologning individual ish uslubiga obyektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ochib berilganligi, jarayonni boshqarish usullari, mohiyati ochib berilganligidadir. Shuningdek, tahlil qilingan va toplangan materiallardan yosh va pedagogik psixologiyasi, oila psixologiyasi, psixologik xizmat fanlaridan maruza matnlari tayorlashda, ta`lim jarayonida psixologik xizmatni tashkil etishda foydalanish mumkin. Ishda keltirilgan xulosalarning pedagog va o’qtuvchilar, psixologlar uchun talabalarga ta`lim jarayonida psixologik xizmatni tashkil qilishda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishidir.