Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari. Mundarija kirish I bob. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari


Etnopsixologiya - ilmning fanlararo o‘rganish sohasi sifatida



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə7/8
tarix20.09.2023
ölçüsü210,5 Kb.
#145681
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari

2.2. Etnopsixologiya - ilmning fanlararo o‘rganish sohasi sifatida.


Madaniy antropologlar madaniyat va shaxsiyat oʻrtasidagi bogʻliqlikni izlaydilar, qiyosiy madaniy psixologiyada esa shaxsiyatni oʻrganish koʻpincha alohida, ajratilgan shaxsiy tuzilmalar va madaniy oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni tahlil qilishga qisqartiriladi. Qiyosiy madaniy psixologiyada shaxsning universal va madaniy oʻziga xos xususiyatlari oʻrganiladi va shaxsni oʻrganishga tipologik yondashuvning bir qismi sifatida shaxsiyat testlari qoʻllaniladi. Ammo shaxsiyatni oʻlchash uchun foydalaniladigan xususiyatlarning yagona toʻplami universal boʻlishi va har qanday madaniyatdagi odamlarning xatti-harakatlarini tushuntirishga xizmat qilishi hali nomaʼlum. Inson psixikasini umuminsoniy tushunishga erishish uchun individual madaniyatlar va etnik jamoalarning yashirin shaxsiy nazariyalaridagi individual va madaniy farqlar orasida empirik tekshiruvdan oʻtishi mumkin boʻlgan va gʻoyaga kiritilishi mumkin boʻlgan qismlarni aniqlash kerak. dunyoning barcha qismlarida yashovchi odamlarning mohiyati.
Etnik stereotip — ijtimoiy stereotipning bir turi — individual gʻoyalarning yuqori darajadagi izchilligi bilan tavsiflangan ijtimoiy ob’ektlarning soddalashtirilgan, sxematik tasviri. Bu bir xalqning boshqa xalqqa milliy munosabati
„Kontakt gipotezalari“ga koʻra, guruhlar oʻrtasidagi aloqa sharoitlari qanchalik qulay boʻlsa, ular oʻzaro taʼsir qanchalik uzoq va chuqurroq boʻlsa, stereotiplar mazmunidagi real xususiyatlarning nisbati shunchalik yuqori boʻladi. Hozirgi vaqtda „ijtimoiy kontekst“ tomonidan stereotiplash mexanizmining shartliligi isbotlangan.
Koʻpgina empirik tadqiqotlarda sifatlar stereotiplar sifatida tan olinadi, ularning mavjudligi bilan sub’ektlarning kamida 75-80 foizi tavsiflangan guruhga qoʻshiladi.
V. S. Ageevga koʻra etnik stereotiplarni oʻrganish usullari:

  • uning bir nechta navlarida bepul tavsiflash usuli;

  • toʻgʻridan-toʻgʻri soʻroq qilish usuli;

  • proyektiv usullar;

  • psixosemantik usullar

«Etnografiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, bevosita kuzatish yo'li bilan o'rganadigan, mazkur xususiyatlarning tarixiy o'zgarishi va rivoji, xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), joylashuvi (etnik geografik) va madaniy-tarixiy o'zaro munosabatlari muammolarini tadqiq qiluvchi tarixiy fan»dir. M.G.Levin, S.A. Tokarev, Yu.V. Bromley va G.E. Markov kabi mashhur etnolog olimlarning ikkinchi turdagi etnografiya (etnologiya) ta'riflari bir oz qisqa va ixcham bo'lsa-da, ammo mazmunan S.P. Tolstov ta'rifini takrorlaydi.
Har bir fanning o'ziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi. Etnologiya fani shakllana boshlagan davrdan hozirgacha mufassal saqlanib kelayotgan mavzu etnik madaniyatlarning o'zaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bog'liq bo'lgan. Ammo etnologiya predmeti doimo kengayib, o'zgarib davr talabiga javob beradigan masalalarni o'rganishga qaratilgan. Oqibatda hozirgacha etnologiya fani tevaragida, har xil mulohazalar saqlanib, umumiy, barchaga ma'qul ta'rif topilgani yo'q. Shiihday bo'lsa-da ham mavjud yo'nalishlar va konsepsiyalar ko'pligiga qaramay mazkur fan sohasi hozirgi kunda eng dolzarb va muhim muammolarni tadqiq qiluvchi fan hisoblanadi.
Ushbu fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda shuni alohida qayd qilish zarurki, XX asr davomida etnologiya fani doirasida nihoyatda boy empirik va nazariy materiallar to'planib, har xil tarixiy xulosalar va mulohazalarni yuzaga keltirgan. Agar XIX asrning birinchi yarmida etnologik tadqiqotlar asosan, akademik xarakterga ega bo'lib, o'tmishdagi madaniyatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plashdan iborat ekanligini qayd qilsak, XX asrning ikkinchi yarmida etnologik bilimlar to'plash tubdan o'zgarib ko'proq pragmatik ahamiyatga ega bo'la boshladi. Hozirgi kunda etnologiya fanining yutuqlari ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy, iqtiso-" diy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ommaviy muloqotlar, xalqaro savdo va diplomatik munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol o'ynamoqda. Demak, barcha mavjud mulohaza va o'y-fikrlarni, konsepsiya va yo'nalishlarni umumiylashtirib quyidagi ta'rifni berish maqsadga muvofiq: «Etnologiya - har xil elat va xalqlarning kelib chiqishi, etnik tuzilishi va shakllanishi, o'ziga xos moddiy va ma'naviy xususiyatlari, turmush tarzi, etnik tabiati, xa-rakteri va his-tuyg'ularini o'rganadigan fan sohasidir».
Etnologiya fanining umumilmiy ahamiyatini kamsitmay, uni umumtarix fani tarkibida mustaqil metodologik (dunyoqarash) xususiyatiga ega ekanligini alohida qayd qilish lozim. Etnologiya ayrim xalq va elatlarni o'rganishda etnik tarixning barcha tomonlari ijtimoiy jarayon bilan bog'liq bo'lganligi tufayli keng ma'noda madaniyat sohasida milliy-madaniy xususiyatlarni tarixiy arxeologik, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar o'tkazishda eng zarur materiallarni yetkazib berishi mumkin. Bunday holat fanning boshqa soha vakillari etnologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanib uni qo'shimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kuzatiladi. So'nggi yillarda paydo bo'lgan etnosotsiologiya, etno-psixologiya, etnogeografiya kabi egizak fan tarmoqlarining paydo bo'lishi bejiz emas.
Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida jiddiy tus ola-yotgan millatlararo etnik jarayonlarning qonuniyatlarini ochib be-rish, maishiy-madaniy integratsiya va assimilyatsiya tarixini obyektiv yoritish, milliy chegaralanish va an'anaviy joylashuv muammolari-ni haqqoniy hal qilishdek etnologiya fani yutuqlari nihoyatda dol-zarb ekanligi isbotlanmoqda.
Demak, etnologiya zamonaviy fan sohasi sifatida umumilmiy va sotsial ahamiyatga ega ekanligini qayd qilib, uni 1) insoniyat tarixiva ayrim xalqlarning etnik muammolarini metodologik jihatdan mustaqil hal qilishga qobil dunyoqarash; 2) inson va jamiyatni o'rganuvchi boshqa ijtimoiy fanlarga qo'shimcha materiallar beruvchi ilmiy soha; 3) davlatlar va hukumat arboblari siyosiy jihatdan dolzarb milliy muammolarni to'g'ri hal qilishda, kqchilik, millatchilik va shovinizm kabi illatlarga qarshi kurashda muhim asos bo'lib xizmat qiladigan fan hisoblanadi.
Ma'lumki, tarixiylik va tarixiy-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodolbgik negizini tashkfl qiladi. Tarixiy yondashish har bir predmetni, shu jumladan, ayrim fanni ham to'g'ri tushunishning birdan-bir haqqoniy usuli sanaladi. Shu bois etnologiya fanining mohiyati va jamiyatda tutgan o'rnini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur.
Yuqorida aytib o’tilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani o’rganishda faqat asosiylari xolos. Chunki millatning ko’p qirralari psixologik holatini o’rganishda yana ko’plab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadqiqotning maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayyorgarlik darajasiga bog’liqdir. Nima bo’lganda ham oxirgi yillarda O’zbekistonda o’tkazilayotgan qator ilmiy-tadqiqot ishlarida eng avvalo, aynan milliy-madaniy muhitimizga mos keladigan metodikalarni ishlatish, xorijliklar ishlab chiqqan metodikalarni avval milliy muhitimizga moslashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda o’sha test yoki metodik uslub bir necha ming respondentlarda qo’llanib ko’riladi, olingan natijalar yana bir boshqa uslub yordamida olingan ma’lumotlar bilan ekspertlar yordamida validliligi nuqtai nazaridan o’rganiladi, natidalar solishtiriladi va shunday so’nggina katta auditoriyalarda qo’llash, natijalarni sharhlashga ruxsat beriladi. Bu ijtimoiy-psixologik metodikalarni qo’llashda etika normalariga rioya qilish, demakdir.
Etnopsixologik xususiyatlar o’zining kelib chiqishi jihatidan xalqling butun o’tmishi, hayot tarzi va tarixi bilan bog’lanib ketgan bo’lib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalroq vujudga kela boshlagan bo’ladi. Ma’lumki, etnik birlik millat taraqqiyotining eng yuqori bosqichida vujudga keladi. Etnopsixologik xususiyatlarning ayrim belgilari kishilar birligining hamma tarixiy davrlariga, ya’ni xalq, qabila, elatlarga ham xosdir. Etnopsixologik xususiyaglar ayrim tadqiqotchilar ko’rsatganidek faqat bir omil - tabiiy muhit ta’siri bilangina vujudga kelib qolmay, uning vujudga kelishida yana uchta muhim omillar ta’sir ko’rsatadi. Birinchi omil bu - siyosiy-iqtisodiy va jamiyat hayotida bo’layotgan ijtimoiy jarayonlar tizimi bo’lsa, ikkinchisiga, shu etnik birlik yashab to’rgan tabiiy-geografik muhitning xususiyatlari kiradi. Uchinchi omilga esa xalq hayotida bo’lib o’tgan muhim tarixiy hodisa va voqyealar kiradi. Lekin shuni ta’kidlash mumkinki, etnopsixologik xususiyatlar tizimida odamlar ruhiyatining mazmunini, avvalo birinchi omil – mamlakatdagi siyosiyiqtisodiy, ijtimoiy-mafkuraviy o’zgarishlar belgilab beradi. Tabiiy-geografik omil esa asosan etnopsixologik qiyofaning tashqi ifodalarini belgilaydi. Shuning uchun ham bu omil kuzatayotgan inson nazariga birinchi omilga qaraganda yaqqol namoyon bo’ladi. Xalq hayotida bo’lib o’tgan muhim tarixiy voqyealar so’zsiz uning psixologik qiyofasida o’chmas iz qoldiradi. Tabiatdagi ayni bir voqyeliklarning doimiy ta’siri natijasida kishilar bu voqyelikdagi xususiyatlarni boshqa sharoitda yashayotgan etnik guruh vakillariga qaraganda chuqurroq idrok qilishga o’rganib qoladilar. Chunki tashqi muhit bizning sezgi a’zolarimizga behisob axborotlar, ya’ni xilma-xil taassurotlar yuborib turadi. Natijada evolyusion taraqqiyot davomida, tanamizda shu tashqi muhit bilan adekvat, ya’ni, unga mutanosib munosabatni ta’min ettiruvchi neyrofiziologik mexanizm shakllanadi. U kishilarning sezgi va idroklarida namoyon bo’ladi. Shuning uchun u yoki bu xalqqa xos stereotip hatti-harakatlarni, idrok xususiyatlarini tashqi muhitga moslashuvining oliy ko’rinishi, deb hisoblash kerak. Tashqi muhitning doimiy ta’sirida vujudga kelgan ruhiy xususiyatlar bu taassurotlarning butun sistemasi (tizimi)ni emas, balki uning uchun muhim bo’lgan va o’tmish tajribasida sinalgan, mustahkamlanib qolgan tomonlarnigina aks ettiradi. Olimlarning e’tirof etishicha, tashki olam tasiri inson miyasida o’rnashib qolgan his-kechinmalar, fikrlar, xohish, irodani namoyon bo’lishi, xullas, ideal orzu-tilak tarzida aks etadi va xuddu shu ko’rinishda, ideal kuchlar bo’lib qoladi. S.I.Korolevning yozishicha10 , “Millat ruhiyatida shakllangan etnopsixologik xususiyatlar ma’lum darajada ayni shu millat vakillarini muhofaza qiluvchi mexanizm rolini ham o’ynaydi. U xuddi g’alvirdek yot narsalarni ajratib, uni yo qabul qiladi yoki shu xalqda mavjud bo’lgan normalar asosida qayta ishlab beradi, yoxud uni inkor etadi”. Atrofdagi voqyelikni, hodisalarni o’ziga xos ravishda idrok qilish, tasavvur va fikr qilish va ularni ta’b va tuyg’ular, urf-odat va an’analar, xarakter tarzida namoyon bo’lishi etnopsixologiyaning qaytarilmas, betakror xususiyatlari hisoblanadi.

Xulosa

Milliy masalalar va etnopsixologiya buyicha yirik mutaxassis M.Junusovning xaqli ravishda ta’kidlashicha, millatning muhim bel-gilaridan bo’lgan psixik qiyofani inkor etish nazariy jihatdan asossiz bo’lib, amaliyotda katta xatolarga olib kelishi mumkin. Bahs tahlili shuni ko’rsatadiki, bu masalada qator terminologik chalkashliklar ham mavjud ekan. Masalai, ayrim bahs qatnashuvchilari "milliy psixologik qiyofa", "etnik psixologiya", "milliy xarakter" kabi tushunchalarni aynan bir narsa, deb hisoblaydilar. Shuning uchun bu tushunchalarping bir-biridan farq qiluvchi tomonlarini ko’rsatmasdan turib, ularning mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida fikr yuritish mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekistonda o’tkazilgan psixologik tadqiqotlarning bir qismi aynan oila sharoitida, oilada saqlanib kelinayotgan udumlar, qadriyatlar, odatlar doirasida o’tkazilgan bo’lib, birinchi ijtimoiypsixologik hamda etnopsixologik tadqiqot yurtimizda XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarning boshida I.Yoqubov9 tomonidan o’tkazilgan. U oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik omillarni o’rgandi. Tadqiqot natijasida shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o’zaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o’zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.


Chet ellarda va mamlakatimizda amalga oshirilga ilmiy ishlarni tahlil qilar ekanmiz, etnopsixologik tatqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo’llanilganining guvohi bo’lamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o’rganuvchi turlicha testlardan tortib, proyektiv metodlar, eksprementlarning turlicha ko’rinishlari, so’roq metodlari - anketa, intervyu, sosiometriya, shkala metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham “madaniy muhit va shaxs”, guruhlararo munosabatlar hamda qiyosiy tadqiqotlarda qo’llanilmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan shug’ullanuvchi olimlar ham o’tkazmoqdalar. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, etopsixologik metodlarning tanqisligi kun sayin sezilmoqda. Millatlararo munosabatlar tobora yaxshilanib borayotgan, OAV orqali dunyoning qaysi chetidan bo’lmasin u yoki bu xalqqa oid ma’lumotlarga ega bo’lish juda oson bo’lib qolgan bir sharoitda turli millat va xalqlarning psixologiyasini o’rganish, millatlararo qiyosiy tajribalar o’tkazish fan manfaatlariga to’g’ri keladi. Shu bois ham olimlar ijtimoiy psixologiyaning qaysi muammosi bo’lmasin, uni u yoki bu ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy muhit nuqtai nazaridan o’rganishni afzal ko’radilar. Bu etnopsixologik tadqiqotlarda reprezentativ, ishonchli metodlar masalasini dolzarb etadi. Etnopsixologiya muommosi bilan shug’ullanishni maqsad qilib qo’ygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o’zgartirishga, yoki bo’lmasa, o’zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo’lmoqda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qo’llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchi ma’lumotlar to’plashga imkon bergan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning respublikamiz sharoitida umuman yech narsani o’lchamasligi, aniqlamasligi mumkin. Etnopsixologik tadqiqotlar o’tkazishni maqsad qilib qo’ygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilligi va ularning o’zaro bir – birlariga ta’sir ko’rsatishini inobatga olmog’i zarur. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta hisobga olinish kerak. Misol uchun, O’zbekiston sharoitida tadqiqot o’tkazilmoqchi bo’linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim: 1) shu hudud sharoitida yashovchi turli millatlarga xos bo’lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullari; 2) faqat o’zbek millatiga xos bo’lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; 3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni o’lchaydigan yoki eksperemental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash; 4) tadqiqotchilar guruhini tekshiralayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot obyekti hisoblangan guruhda o’sha guruh tilida tadqiqot o’tkazish kerak, toki tekshiriluvchilarga qo’yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo’lsin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo’q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan tanlab, saralab olinadi. Keyingi bosqichda esa tanlangan metodlar tekshiruv o’tkaziladigan mahallliy shartsharoitlarga moslashtiriladi, kerak bo’lsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak bo’ladi. Masalan, Qoraqalpog’istonda tadqiqot o’tkazishda albatta har bir metodika kamida uch tilda bo’lishi inobatga olinishi lozim: o’zbek, qoraqalpoq hamda zarurat bo’lsa, rus tillarida. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, so’roqlar, shkalalar savlollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarni talab qiladi. Aks holda, metodika o’z qimmatini yo’qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o’lchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal testlarni turli sharoitlarda qo’llab, olingan ma’lumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o’zgarganligi ko’plab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo’llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab ko’rish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovdan o’tkazish yo’li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir.
O’tkazilgan ko’plab tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, faqat murakkab bilish jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan ruhiy jarayonlargina emas, balki nisbatan oliy jarayonlar va funksiyalar ham hayotiy tajribalar va ijtimoiy-tarixiy jarayonlar asosida vujudga kelar edi. Miya o’zo’zidan, tashqaridan kelayotgan axborotlarsiz fikrlay olmaydi. Rus psixologi P.P.Blonskiy ta’kidlagaidek, "Bo’m-bo’sh boshda fikr bo’lmaydi". Ijtimoiy-tarixiy, iqtisodiy shart-sharoitlar bosh miya faoliyatini belgilaydi. U esa o’z navbatida ruhiy jarayonlar va ongning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Turli davrlarda, zamonlarda yaratilgan mehnat mahsulotlarida o’sha davr va zamon odamlarining bilimlari va imkoniyatlari o’z aksiii topgan bo’ladi. Zero, mehnat jarayonida subyekt obyektga ko’chadi, insonning kuch va qobiliyatlari u yaratayotgan narsalarda gavdalanadi. Shuning uchun ham psixologlar turli tarixiy davrlarda yashagan kishilarning ruhiy xususiyatlarini, davr ruhini, ular yaratib qoldirgan faoliyat mahsulotlarini o’rganish orqali bilib olishi mumkin. Har bir xalqning tarixi va taqdiri o’ziga xos kechadi. Aynan xalq tarixini va uning psixologik xususiyatlarini bir-biriga solishtirsak biz etnopsixologik xususiyatlar xalq tarixini chuqur aks ettirishini ko’ramiz. Yuqorida zikr qilganimizdek, etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida tabiiy muhit ham ma’lum ta’sir ko’rsatadi. Geografik va iqtisodiy sharoitlarniig o’xshash o’xshamasligi, etnik jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan ikki qo’shni va qadrdon xalqlar - o’zbeklar bilan qozoklarning psixologik qiyofasida ma’lum tafovutlarni vujudga keltirib chiqardi. Ma’lumki, o’zbeklarning asosiy qismi dexqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullaish imkoniyati mavjud bo’lgan vohalarda joylashganlar. Yerga xususiy mulkning vujudga kelishi, yerdan intensiv ravishda foydalanish, dexqonchilik mahsulotlarini ko’plab etishtirishga olib keldi.



Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin