Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari. Mundarija kirish I bob. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə1/8
tarix20.09.2023
ölçüsü210,5 Kb.
#145681
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari


_


Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari.


MUNDARIJA


Kirish
I BOB. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari .
1.1. Etnopsixologiya fanining predmeti .
1.2. Etnopsixologiya fanining vazifalari.
II Bob. Etnopsixologiyaning shakllangan boʻlimlarining oʻziga xos xususiyatlari.

2.1. Etnopsixologik tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari




2.2. Etnopsixologiya - ilmning fanlararo o‘rganish sohasi sifatida.




Xulosa ..
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi xamma zamonlarda va hamma davlatlarda xam ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
Millat va milliy taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan ko’plab masalalar, ularni tarkib toptiruvchi va rivojlantiruvchi omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol o’ynab kelgan va bundan keyin ham uzoq davrgacha o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan to’rt mingga yaqin millat, elat va turli xalqlar mavjud ekan, tabiiy, ular har birining o’z tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor. Ularni o’rganish millatlararo munosabatlarni yaxshi yo’lga qo’yish, o’zaro aloqalarni tashkil qilishda, turli iqtisodiy, madaniy aloqalarni har bir tomon uchun manfaatli tarzda o’rnatishda katta yordam beradi. Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar tizimida milliy masalalar va unda psixologik omillarning tutgan o’rniga yetarlicha e’tibor berilmay kelindi. Ayrim xollarda ushbu masalalarni o’rganish esa asossiz ravishda inkor yetildi. Ayrim tadqiqotchilar milliy xususiyatlar, etnopsixologiya masalalarini o’rganishga shubha bilan qarab, uni “millatchilik”, “shovinizm” ham deyishdan toymadilar. Bunda ular etnopsixologiya masalalarini o’rganish bir xalqni maqtab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchiliq millatchilikning kelib chiqishiga sabab bo’ldi, deb xavotirlanishdi. Bu xadiksirashda ma’lum asos ham bor edi. Chunki yaqin o’tmish buni isbotlashi mumkin. Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar o’z millatlarini xaddan tashqari ko’klarga ko’tarib yuborish, boshqa qo’shni xalqlardan ustun qo’yish hollari kuzatilganki, bu tabiy turli noroziliklarning tug’ilishiga sabab bo’lgan. Shuning bilan birgalikda xalqlarning voqyelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar o’rtasidagi munosabatlardagi o’ziga xosligini hisobga olmaslik, etnik o’ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga olmaslik mumkin emasligini tan olmas edilar. Shu bois ham etnopsixologiya fan sifatida rivojlanmadi, xattoki, sobiq sho’rolar davrida bu fan psixolog kadrlar tayyorlovchi fakultetlarning o’quv rejasiga ham kiritilmadi. Ijtimoiy psixologiyaning o’rganishi mumkin bo’lgan mavzusi sifatida qisqa ma’ruzalar tarzida psixologiya fakultetlarida nomiga o’qitildi xolos. Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmog’iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o’rganadi. "Etnopsixologiya" atamasi “etnologiya” va “psixologiya” tushunchalarining qo’shilishidan tarkib topgan bo’lib, grekcha "etnos" - xalq, qabila, "psixologiya"- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi. Bu fan malum millat va etnik birlik vakillarining o’ziga xos ruhiy qiyofasi, xulq-atvorini, zamonaviy tilga ataladigan bo’lsa "mentalitetini" o’rganadi. Har bir xalqka xos bo’lgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy tuyg’ular va did (ta’b), etnik ong va milliy o’zini o’zi anglashning vujudga kelishi, namoyon bilishi, o’zgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyaning o’rganish predmeti hisoblanadi. O’z navbatida shuni ta’kidlash o’rinliki, o’z navbatida etnopsixologiya ijtimoiy psixologiyaning tadbiqiy yo’nalishi hisoblanadi. Etnopsixologiyaga yaqin bo’lgan fan tarmog’idan biri – bu etnografiya bo’lib, ayrim alohida olingan madaniyatlarning xususiyatlarini bir-biriga qiyoslab, solishtirib o’rganadi. Shu ma’noda etnopsixologiya turli etnoslarga mansub kishilar guruhidagi murakkab munosabatlarni o’rganuvchi va ularni tartibga solishga ixtisoslashgan fan tarmog’idir. Shu kabi va boshqa ommaviy psixologik jarayonlarning shaxs ijtimoiy xulq-atvoriga ta’sirini o’rganuvchi ijtimoiy psixologiya va uning xususiy tarmog’i bo’lgan etnopsixologiya ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarni bilishda va ularni boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega.

Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin