Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari. Mundarija kirish I bob. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə3/8
tarix20.09.2023
ölçüsü210,5 Kb.
#145681
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari

Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Ish kirish, 2 bob, 4 bo’lim, xulosa, foydlanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat. Jami sahifadan tashkil topgan.
I BOB. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari
1.1. Etnopsixologiya fanining predmeti .
Millat va milliy taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab masalalar, ularni tarkib toptiruvchi va rivojlantiruvchi omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol o‘ynab kelgan va bundan keyin ham uzoq davrgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan to‘rt mingga yaqin millat, elat va turli xalqlar mavjud ekan, tabiiy, ular har birining o‘z tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor. Ularni o‘rganish millatlararo munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqalarni tashkil qilishda, turli iqtisodiy , madaniy aloqalarni har bir tomon uchun manfaatli tarzda o‘rnatishda katta yordam beradi. Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar tizimida milliy masalalar va unda psixologik omillarning tutgan o‘rniga etarlicha e’tibor berilmay kelindi. Ayrim xollarda ushbu masalalarni o‘rganish esa asossiz ravishda inkor etildi.
Ayrim tadqiqotchilar milliy xususiyatlar, etnopsixologiya masalalarini o‘rganishga shubha bilan qarab, uni “millatchilik”, “shovinizm” ham deyishdan toymadilar. Bunda ular etnopsixologiya masalalarini o‘rganish bir xalqni maqtab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchiliq millatchilikning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi, deb xavotirlanishdi. Bu xadiksirashda ma’lum asos ham bor edi. CHunki yaqin o‘tmish buni isbotlashi mumkin. Tadkikotchilar tomonidan etnopsixologiya masalalarini urganishda ma’lum muvaffakiyatlarga erishilgan bulsa xam, lekin uning kup muammolari xali uzining echilishini tula topgan emas.
Shulardan biri - milliylik va baynalminallik xususiyatlarining uzaro munosabatidir.
Millat sinflar va turli ijtimoiy guruxlarni urganishda faylasuflar, sotsiolog va tarixchilar, asosan ularning moddiy va ma’naviy madaniyati, tartibi, ijtimoiy munosabatlarga e’tiborini karatgan bulsalar, psixologlar esa, shaxs psixologiyasini urganish bilan cheklanib kolishgan.
Chunki etnopsixologiya xususiyatlari emperik tadkik etish kiyin. Barcha murakkabliklarni kamrab oluvchi metodlar yaratilmagan. Bir mamlakat xalkini urganish uchun yaratilgan metodlar boshka mamlakat xalkini urganishga tugri kelmaydi, aks xolda karama - karshi munosabatlarni paydo kilishi mumkin. Bu soxadagi muammo yana shundaki, bir etnos ichidagi turli sinflar, sotsial guruxlarda milliy xususiyatlarning namoyon bulishi ma’lum darajada bir - biridan farklanadi. SHuning bilan birgalikda tadkikotchi etnik psixologiyadagi uziga xoslik, boshka etnik guruxlardan fark kiluvchi maxsuslik va umumiylik tomonlarini ochib bera olishi kerak. Va nixoyat etnopsixologiya xususiyatlar kotib kolgan, uxgarmaydigan narsa emas. Ular ma’lum bir ijtimoiy uzgarishlar natijasida, ayrim bir xususiyatlarni uzgartirishi, yangi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi xislatlarni xosil kilishi mumkin.
Etnopsixologiya muammolarini tadkik etuvchi jaxon olimlarining juda kupchiligi, bu muammolarni urganish kiyin ekanligini, bu soxada uchraydigan murakkabliklarni ta’kidlashadi. Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar o‘z millatlarini xaddan tashqari ko‘klarga ko‘tarib yuborish, boshqa qo‘shni xalqlardan ustun qo‘yish hollari kuzatilganki, bu tabiiy turli noroziliklarning tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. SHuning bilan birgalikda xalqlarning voqelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘ziga xosligini hisobga olmaslik, etnik o‘ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga olmaslik mumkin emasligini tan olmas edilar. Shu bois ham etnopsixologiya fan sifatida rivojlanmadi, xattoki, sobiq sho‘rolar davrida bu fan psixolog kadrlar tayyorlovchi fakultetlarning o‘quv rejasiga ham kiritilmadi.


"Etnik psixologiya" atamasi (nemischa: Völkerpsychologie) 19-asrning 2-yarmida taklif qilingan. Etnik psixologiya kontseptsiyasini asoslab berishga va uning vazifalarini shakllantirishga harakat qilgan nemis faylasuflari va tilshunoslari G. Steinthal va M. Lazarus. I. Gerbart psixologiyasiga asoslanib, „xalq ruhi“ tushunchasini gerbartlik pozitsiyalaridan talqin qilib (individual ongga oʻxshatib) 1859-yilda oʻzlari asos solgan fond sahifalarida isbotlashga harakat qildilar. "Xalqlar psixologiyasi va tilshunoslik nemischa: Zeitschrift fur Völkerpsychologie und Sprachwissenschaft jurnaliZeitschrift fur Völkerpsychologie und Sprachwissenschaft), bu tildinhuquqsanʼatfan, hayot, urf -odatlar va boshqalar. P. jamoaviy aql, iroda, his-tuygʻular, xaraktertemperament va boshqalarning tashuvchisi sifatida odamlar psixologiyasida yakuniy tushuntirishni olish. P. Bu tushunchaga koʻra, ijtimoiy hayotning barcha hodisalari oʻziga xos „milliy ruhning emanatsiyasi“dir. Xalqlar psixologiyasining alohida fan sifatidagi vazifasi xalq ruhining mohiyatini psixologik jihatdan tushunish, xalqlarning maʼnaviy faoliyati qanday qonuniyatlarga koʻra davom etishini aniqlashdan iborat.
G. Steyntal va M. Lazarus qarashlarining intellektualligini tanqid qilib, etnik psixologiyaning mohiyati va vazifalarini bir xil darajada idealistik volyuntaristik tushunishni ilgari surdi. Vundt xalq psixologiyasi bevosita xalqni tashkil etuvchi shaxslarning psixologik xususiyatlariga bogʻliq boʻlishi mumkin emas deb hisoblagan. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, odamlar psixologiyasi ishlaydigan qonunlar shaxs psixologiyasi qonunlariga toʻgʻri kelmaydi. Vundt xalq psixologiyasini ob’ektiv tavsiflash uchun asosiy birliklar sifatida til, afsona va urf -odatlardan foydalanishni taklif qildi. Shunday qilib, Vundtning fikricha, asosiy tadqiqot vazifasi — psixologiya nuqtai nazaridan — xalq tili, afsona va urf-odatlarida kuzatilgan qoliplarni tushuntirish edi.
Etnik psixologiya masalalari 1920-yillarda soʻzlagan G. Shpet tomonidan ishlab chiqilgan. XX asr keskin tanqidi bilan V. Vundt va genetik yondashuv (Steinthal, Lazarus va boshqalar.) va etnik psixologiya haqidagi tushunchasini E. fenomenologiyasi nuqtai nazaridan asoslashga harakat qiladi. Husserl . Xalqlar psixologiyasi maktabi V. psixologiyasini tushunishning rivojlanishi uchun boshlangʻich nuqta boʻlib xizmat qildi. Dilteya va E. Spranger, shuningdek, fransuz sotsiologik maktabi.
Etnik psixologiya muammolarini oʻrganishda psixologlar bilan bir qatorda tilshunoslar, tarixchilar, arxeologlar, sotsiologlar, etnologlar, antropologlar va boshqalar qatnashdilar. Turli qabilalar va xalqlar psixologiyasiga oid ulkan faktik materiallar toʻplangan. Ayniqsa, ibtidoiy xalqlar psixologiyasini oʻrganishga katta eʼtibor berildi (fransuz olimi L. Levy-Bruhl, nemis olimi R. Turnwald va boshqalar.). Etnopsixologiya bilan bogʻliq fan sohalaridan biri bu turli madaniyatlar va etnik guruhlar kontekstida ruhiy kasalliklarni oʻrganadigan transmadaniy psixiatriya.
Yigirmanchi asrdan boshlab etnopsixologiya etnologik (psixologik antropologiya) va qiyosiy madaniy (madaniyatlararo) psixologiyaga boʻlingan. Etnopsixologiyaning ushbu sohalari turli xil kontseptual sxemalar bilan ishlaydi va turli mavzularni oʻrganadi.

Tadqiqotchilar tomonidan etnopsixologiya masalalarini organishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishilgan bolsa ham, lekin uning kop muammolari xali ozining yechimini tola topgan emas. Shulardan biri - milliylik va baynalminallik xususiyatlarining ozaro munosabatidir. Millat, sinflar va turli ijtimoiy guruhlarni organishda faylasuflar, sotsialog va tarixchilar, asosan, ularning moddiy va ma’naviy madaniyati, tarkibi, ijtimoiy munosabatlariga etiborni qaratgan bolsalar, psixologlar esa, shaxs psixologiyasini organish bilan cheklanib qolishgan. Ayrim psixologlar esa (S.L.Rubinshteyn) umuman ijtimoiy va etnopsixologiya fanlarining mavjud bolishligini shubha ostida olgan.


Etnopsixologik muammolarni tadqiq etuvchi jaxon olimlarining juda kopchiligi, bu muammolarni organish qiyin ekanligini, bu sohada uchraydigan murakkabliklarni takidlashadi. Chunki etnopsixologik xususiyatlari empirik tadqiq etish qiyin. Barcha murakkabliklarni kamrab oluvchi metodlar yaratilmagan. Boz ustiga bir mamlakatda, boshqa bir madaniyatni organish uchun yaratilgan metodlar, ikkinchi bir xalqlarni organishda natija bermasligini, Hatto, qarama-qarshi korsatkich berishi mumkin. Busohadagi muammo yana shundaki, bir etnos ichidagi turli sinflar, sotsial guruhlarda milliy xususiyatlarning namoyon bolishi ma’lum darajada bir biridan farqlandi. Shuning bilan birgalikda, tadqiqotchi etnik psixologiyadagi oziga xoslik, boshqa etnik guruhlardan farq qiluvchi maxsuslik va umumiylik tomonlarni ochib bera olishi kerak. Va nixoyat, etnopsixologik xususiyatlar qotib qolgan, ozgarmaydigan narsa emas. Ular ma’lum bir ijtimoiy ozgarishlar natijasida, ayrim bir xususiyatlarini ozgartirishi, yangi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi hislatlarni xosil qilishi mumkin.
Konkret odam ruhiyatining etnik xususiyatlarini organishga qadim vaqtlardan buyon katta diqqat-e’tibor berib kelishgan. Bu qiziqish, ayniqsa, keyingi yillarda xududiy, turli milliy, etnik nizolar va tuknashuvlarning kuchayib ketayotganligi bois yanada ortdi.
Boshqa xalqlarga, etnik guruhlarga xos bolgan ruhiy xususiyatlarni, qoshni qabilalarning yashash tarzini organishga bolgan qiziqish qadim vaqtlardayok bir qancha amaliy ehtiyojlar, avvalo iqtisodiy, savdo-sotiq va harbiy maqsadlar natijasida vujudga kelgan.
Antik dunyo sayyox va savdogarlari uzoq yurtlarga qilgan safarlardan qaytgach, xorijiy xalqlarning yashash sharoitlari, urf-odatlari,kishilar ortasidagi munosabatlar, ularning kiyinishi, qanday Ovqatlar tanovvul qilishi, bu mamlakatdagi ijtimoiy- siysiy tozum, xayvonot olami va boshqa narsalar haqida oz vatandoshlariga ajoyib va garoyib narsalardek sozlab berishgan.
Qadimgi dunyo mutafakkirlari Aristotel, Gerodot, Gippokrat, Demokrit, Pifagor va boshqalar barcha ijtimoiy va psixologik hodisalarni tushuntirib berish uchun yagona bo’lgan umumiy tamoyillarni, nazariyalarni qidirib topishga, xususan, xalqlarning turli psixologik xususiyatlariga ega bo’lishining sabablarini tushuntirib berishga harakat qiladilar. Etnopsixologik xususiyatlarning vujudga kelishini ular asosan, tabiy-geografik muhitning ta’siri bilan boglab tushuntirdilar. Masalan, qadimgi dunyoning buyoq mutafakkiri Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375) ozining “Havo, suv va quruqlik”, degan asarida xalqlarning turli ruhiy va jismoniy xususiyatlarni bevosita iqlim sharoiti bilan boglagan xolda tushuntirib berdi.
Xalqlarning xarakter va temperament xususiyatlarining vujudga kelishini ular iste’mol qilayotgan ozik-Ovqatlar bilan boglab tushuntirishga ham urinishlari bolgan. Mashhur matematik va faylasuf Pifagor (eramizdan avvalgi 570-500) ning tushuntirishiga qaraganda, xayvon gushti va yogini kop iste’mol qilinishi, xalqlarda qattiqqo`llik va dagallikni vujudga keltiradi. Aksincha, usimlik mevalari va sabzavotlarni mutassil iste’mol qilinishi esa tana faoliyatini suslashtirib, odamlar tabiatini muloyimlashtiradi.
Hozirgi murakkab ziddiyatlarga to'la bizning zamonamiz har xil dramatik hodisalarga boy bo'lib barcha elat va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va ma'naviyatiga ulkan ta'sir o'tkazmoq-da. Ayniqsa, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ayrim etnoslar hayotiga, ularning o'zaro munosabatlari va aloqalariga ham jiddiy o'zgarishlar kiritmoqda.
Jahon aholisi XXI asrga kelib olti milliardga ko'paydi. So'nggi bir asr davomida yer kurrasidagi xalqlar son jihatdan ko'payibgina qolmay, ularning etnik tuzilishi, turmush tarzi va ma'naviy dunyosi ham tubdan o'zgarishga yuz tutdi. Ona tabiat naqadar rang-barang va xilma-xil bo'lsa, yer yuzida yashovchi aholining etnik qiyofasi ham shu qadar rang-barang, turli-tumandir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashagan. Ba'zi manbalarda esa yer yuzida yashovchi katta-kichik etnoslarning soni uch-to'rt mingga yaqin, deb ko'rsatiladi. Shularning 260 tasi bir milliondan ortiq kishiga ega xalqlardan ibo-rat bo'lib, jahon aholisining 96 foizini, dunyoda eng kam sonli aholiga ega bir yarim mingga yaqin elatlar esa bir foizini tashkil qiladi. Tili jihatidan bir-biridan ajralib turadigan etnik birliklarning soni uch mingdan ortiq.

XX asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri bo'ldi. Bu muammolar o'z-o'zidan XXI asrga ham ko'chib o'tdi. Shunday ekan bunday vaziyatda yoshlarning ongi va bilimini, jamiyatni boshqarishga aloqasi bor barcha shaxslarning tasawurla-rini etnologik ma'lumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.


Alalxusus, ushbu darslikda etnologiya fani tushunchasi, uning mohiyati va qisqacha tarixi, asosiy maktablari va yo'nalishlari, et-nogenez va antrogenez, o'ziga xos uslub va atamalar kabi nazariy masalalar ko'rib chiqilgan. Shu bilan birga mazkur fanning hozirgi kundagi eng muhim etnoslararo munosabatlar, umuminsoniy va
umumetnik jarayonlar, etnik guruhlar va irqlaraing o'zaro aloqalari, etnik ong stereotipi va etnik psixologiya kabi ustuvor masalalarga ham alohida e'tibor berilgan.

Etnolog olimlarning juda ko'p ilmiy tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, insoniyat tarixining ibtidoiy davrlardan hozirgi kunlargacha bosib o'tilgan barcha pog'onalarida kishilar o'zligini anglashga, an'anaviy turmush tarzi, urf-odat va ma'naviyatini tushunib olishga, ayniqsa, qo'shni elatlarning etnik xususiyatlari va hayotini bilishga doimo ehtiyoj sezib kelganlar. Bunday ehtiyoj tufayli ming yillar davomida to'plangan turli elatlar to'g'risidagi boy ma'lumotlar davlatlararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yishga, tinchlik sari yo'nalishga yordam berib kelmoqda. Hatto qadim zamonlarda ayrim mualliflar juda ko'p empirik xarakterdagi ma'lumotlarni muayyan tizimga solishga, xalqlarni xo'jalik va madaniy jihatdan klassifikatsiyalashga intilganlar. Ammo bunday o'y-fikrlar ilmiy asoslanmagan, mavhum xarakterda bo'lgan.


Jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan notekis rivojlanishi natijasida ayrim xalq va elatlarning hanuzgacha qoloq ibtidoiy tuzumda, ba'zilari esa o'rta asrlar davri madaniyati darajasida qolganligi ma'lum. Bunday elat va etnik guruhlar Avstraliya, Afrika, Markaziy Amerika va Osiyoning ba'zi yerlarida hozirgacha saqlanib qolgan. Ular juda kam bo'lsalar-da, ammo ibtidoiy urug'-qabilachilik tuzum qonun-qoidalari, urf-odat va marosimlari, patriarxal turmush tarzi an'analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar.

Asli ko'pchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davrlaridan tili yaqin bo'lgan bir necha urug'-qabilalarning birikishi, o'zaro urushlar va ko'chishlar (migratsiya) tufayli aralashib ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng kuchli va rivojlangan ko'p sonli elatlar doirasida muayyan ma'muriy, hududiy va til umumiyligi zaminida paydo bo'lishgan. Ular ko'pincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan.


1.2. Etnopsixologiya fanining vazifalari.


Antik dunyoning buyoq aql egasi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y) , xaddan ortiqcha issik yoki sovuq iqlim sharoitida yashaydigan xalqlar qattiqqol, shafkatsiz bolishadi, deb ishongan.
Buyuq bobomiz A.R.Beruniy “Osori boqiya” (Abadiy qadriyatlar) asarida turli xalqlar: qadimgi greklar, eroniylar, sugdlar, xorazmliklar, xristianlar va dinlar, yaxudiylar, musulmonlarning ruhiy xususiyatlari va ularning eralarini boshlanish sabablarini korsatib bergan. U bu xalqlarning ma’lum davrlar ish vaqtlarga togri keladigan mashhur bayramlari, xotira kunlari, hamda bir xalqni ikkinchisidan farqlantiradigan urf-odatlari, turli xalqlar qollayotgan yil hisoblash usullari, oy va yillarning farqi kabi masalalarni bayon qilib bergan.
Turli xalqlarga xos xususiyatlarni organish uchun Beruniy oziga xos ilmiy metod yaratadi.Buning uchun, deb korsatadi u, qadimgi xalqlar rivoyatlarini hamda utmish avlodlar togrisidagi ma’lumotlarni bilishi lozim. Shuning uchun “Muqaddas kitob” larga amal qiluvchi xalqlar, muayyan aqidalarga rioya etuvchi dinlar, mazxablarga etiqod kuyganlar izidan borishga togri kelishligini korsatadi. Bunda ularning turli qarashlari asos qilib olinadi va isbot qilish maqsadida keltirilgan soz, fikrlarni va faktlarni bir-biri bilan solishtirib korish lozim. Shu yol bilan olingan ma’lumotlarni, ularga qoshilib ketgan afsonalardan tozalash kerak boladi, deydi.
Beruniy ozining mashhur “Xindiston” asarida xindlarning dini va tafakkurqilish xususiyatlari, diniy va dunyoviy hayoti bilan bogliq bolgan urf-odatlari, ularning xudolarga ishonishlari, materiya va shakl, jonning kuchib yurishi, dozax va jannat haqidagi tasavvurlari bayon qilingan.
Xalqlarning psixologik xususiyatlarni iqlim va boshqa tabiiy omillar bilan boglab tushuntirish keyingi davrlarda yashab ijod qilgan XVII-XIX asr mutafakkirlari-Monteskye, J.J,Russo, Didro, Gumboldt, shuningdek, Hozirgi davrdagi ayrim tadqiqotchilar faoliyatida ham uchraydi. Sotsialogiyadagi “geografik determinizm” oqimining asoschilaridan biri-fransuz ma’rifatparvari Sh.Monteskye (1689-1755 y) ham xalqlar ortasidagi ruhiy tafovutlarni asosan, kishilar tanasiga doimiy ta’sir etadigan turli-tuman tabiiy-iqlim natijasi, deb tushuntiradi. Uning fikricha, iqlim va zamin xalqlarning axloq normalarigagina ta’sir etib qolmasdan, shuning bilan birga davlat siyosatiga, madaniy taraqqiyot darajasiga “psixologik qiyofa” siga ham kuchli ta’sir korsatar ekan. Iqlimning rolini xaddan tashqari oshirib yuborish natijasida Monteskye sovuq iqlimda yashaydigan xalqlar chidamli, bakuvvat, issik iqlimda yashaydigan xalqlar esa jismoniy jihatdan zaif va oniz bolishida, degan xulosaga keladi. Iqlim sharoiti ta’sirida inson tanasida boladigan fiziologik jarayonlarni ijtimoiy-siyosiy hodisalar va axloq normalari vujudga kelishi uchun moddiy asos qilib olinishi, biologik va sotsial konuniyatlarni bir-biri bilan chalkashtirib yuborish hisoblanadi. Bu esa oxir oqibatda ijtimoiy-tarixiy hodisalarni tushurib berishda notogri xulosalar qilishga olib keladi. Iqlimiy omillarning rolini oshirib yuborish etnik xususiyatlarni ozgarmaydigan va doimiy bolgan hodisa, degan xulosa qilishga olib keladi. Vaxolanki, korramiz iqlimida keyingi yuzyilda deyarli keskin ozgarishlar sodir bolmagan bolsa ham, insonlar hayotida katta ijtimoiy-tarixiy ozgarishlar bolib utdi, bu ozgarishlar oz navbatida xalqlarning psixologik qiyofasida ham katta ozgarishlar bolishiga olib keldi.
Shuning bilan birgalikda etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida tabiy-geografik muhitning rolini ham butunlay inkor etib bolmaydi. Geografik joylashish urni va iqlim sharoiti xalqning yashashi uchun zarur bolgan shart-sharoit sifatida uning iqtisodiy rivojlanishida, psixologiyasining shakllanishida ma’lum rol uynaydi. U yoki bu mamlakatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishi, xojflik yuritish xususiyatlari va hayot tarzi kop jihatdan tabiy-iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Lekin ijtimoiy tizim va tarixiy ozgarishlar mamlakatning geografik joylashishiga, tabiy sharoitlariga bog`liq xolda vujudga kelmaydi.
XX asrda Yevropada yangi bir g’oya-”xalq ruhi” keng tarqala boshlandi. Bu g’oyaga kora har bir xalq, etnik guruh avvaldan instintiv ravishda berilgan oz “ruhi” ga ega ekan. Har bir irq, xalq ma’lum anatomik tuzilishiga ega bolgani kabi oz ruhiga ham ega bolib, u xalq takdiri va kelajagini belgilab turadi. Bu ruh xalqning siyosiy tozumini, etiqod va ishonchni, diniy qarashlarini boshqarib turadi. “Xalq ruhi” nazariyasining tola bayoni, ayniqsa, Gegel falsafasida oz aksini topdi. Gegel har bir xalqning utmishi va kelajagini mana shu “Mutloq ruh” bilan boglab tushuntiradi. Turli xalqlarning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, Hatto irqiy tafovutlarining asosini ham shu “ruh” tashkil etadi, deb korsatadi. Shunga kora u ayrim Osiyo xalqlari togrisida bolmagur fikrlar bayon etgan xolda, nemis millatini eng oliy irq va tarixiy utmishga ega bolgan millat, deb davo qilib chiqadi. Xitoy xalqi togrisida “ular hamma ma’naviy narsalar - erkin aqlok-odob, yksak toygu, diniy etiqod va haqiqiy san’at hislatlaridan maxrum”, deb yozadi (Gegel. Soch., t. 8. M., 1935, s.131).
Nemis faylasufi M.Losarus va tilshunosi G.Shteyntallar 1859 yilda “Xalq psixologiyasi va lingvistikasi jurnali” ni chop eta boshladilar va birinchi marta “Xalq psixologiyasi”, degan terminni muomalaga kiritib, xaqli ravishda etnopsixologiya fanining asoschilari bolib qolishdi.
Etnopsixologiya masalalarini tadqiq etishda nemis psixologi V.Vundtning katta xizmatlari bor. 1900 yilda uning “Xalqlar psixologiyasi”, degan 10 tomlik asari bosilib chiqdi. V.Vundt qarashlarining muhim tomoni shundaki, u etnopsixologik xususiyat-larning shakllanishi va rivojlanishini tarixiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalar asosida tushuntirib berishga harakat qildi. Masalan, u nemis xalqining psixologik xususiyatlarini tahlil qilganda, ular xarakterida tadbirqorlik, har bir ishni hisob-kitob bilan qilishlik, batartiblik va Vatan oldidagi burchni yaxshi his qilish kabi ijobiy hislatlar bilan birgalikda boshqalarga kor-korona ergashish va taqlid qilishlik ham borligini korsatib otadi. Bu kamchilikning vujudga kelishida Germaniyaning siyosiy faoliyatida Yevropadagi boshqa mamlakatlarga qaraganda keyinrok maydonga chiqishi va Germaniyada orta asrchilik diniy mutaasiblik bilan yangi davr ortasidagi uzoq yillar mobaynida davom etgan korash natijasi bolib, bu tarixiy jarayon nemislarning psixologik qiyofasiga oz ta’sirini korsatgan, deb yozadi.
Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanib borishi natijasida tashqi bozorga ehtiyoj va ijtimoiy hayotda roy berayotgan katta ozgarishlar sotsialoglar, etnograflar va psixologlar oldiga turli xalqlar, sinflar, ijtimoiy qatlamlar psixologiyasini, omma va olomonga xos bolgan ruhiy xususiyatlarni atroflicha organish vazifasini qoydi. Natijada bu davrga kelib etnopsixologiya muammolarini organish ancha rivojlandi.
Boshqa xalqlarga, etnik guruhlarga xos bo’lgan ruhiy xususiyatlarni, qo’shni qabilalarning yashash tarzini o’rganishga bo’lgan qiziqish qadim vaqtlardayoq bir qancha amaliy ehtiyojlar, avvalo iqtisodiy, savdo-sotiq va harbiy maqsadlar natijasida vujudga kelgan. Antik davrlarda sayyoh va savdogarlar uzoq yurtlarga qilgan safarlardan qaytgach, xorijiy xalqlarniig yashash sharoitlari, urf-odatlari, odamlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning kiyinishi, qanday ovqatlar tanovvul qilishi, bu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, hayvonot olami va boshqa narsalar haqida o’z vatandoshlariga ajoyib va g’aroyib narsalardek so’zlab berishgan. Qadimgi dunyo mutafakkirlari Aristotel, Gerodot, Gippokrat, Demokrit, Pifagor va boshqalar barcha ijtimoiy va psixologik hodisalarni tushuntirib berish uchun yagona bo’lgan umumiy tamoyillarni, nazariyalarni qidirib topishga, xususan, xalqlarning turli psixologik xususiyatlariga ega bo’lishining sabablarini tushuntirib berishga harakat qilganlar. Etnopsixologik xususiyatlarning vujudga kelishini ular asosan, tabiiy-geografik muhitning ta’siri bilan bog’lab tushuntirganlar. Masalan, qadimgi dunyoning buyuk mutafakkiri Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375) o’zining "Havo, suv va quruqlik", degan asarida xalqlarning turli ruhiy va jismoniy xususiyatlarni bevosita iqlim sharoiti bilan bog’lagan xolda tushuntirib berdi. Xalqlarning xarakter va temperament xususiyatlarinish vujudga kelishini ular iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar bilan bog’lab tu-shuntirishga ham urinishlari bo’lgan. Mashhur matematik va faylasuf Pifagorning (eramizdan avvalgi 570-500) tushuntirishiga qaraganda, xayvon go’shti va yog’ini ko’p iste’mol qilinishi, xalqlarda qattiqqo’llik va dag’allikni vujudga keltiradi.
Kuzatish va so’roq metodlari – bunda o’sha madaniy muhitga xos bo’lgan, uning bevsoita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va hakazolar tashqaridan o’rganiladi. So’roq metodlari ichida ko’proq anketa usuli qo’llaniladi, bunda ham millat vakilining turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari aniqlanib, ilmiy xulosalar kontent-analiz qilinadi. Amerikalik olimlar Kats va Breylilar so’roq metodining o’ziga xos ko’rinishini etnik stereotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan, ular qiziqtirayotgan masala bo’yicha imkoni boricha ko’p javoblar ro’yoxatini tekshiriluvchiga berib, undan shu javoblar ichidan “o’zinikini” tanlab belgilashni so’rashgan. Bundan tashqari, 84 xil sifatni o’z ichiga olgan ro’yxatdan o’z millatiga va boshqa millatga xos bo’lgan 5 yetakchi sifatni ajratib berish topshirig’ini berishgan. Shu yo’l bilan etnik stereotiplar aniqlangan.
Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, G.Deyker va N.Friydlarning milliy xarakter xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan testlari. Ular asosan shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksilarini o’rganadi. Bundan tashqari, shu guruh testlarga alohida intllektni tekshiruvchi, ma’naviy dunyoqarashni o’rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy did testlari va boshqa testlar kiradi. Ayniqsa, milliy stereotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha tilshunoslik uslublari bilan o’rganib chiqish ham juda qimmatli ma’lumotlar to’plash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vakilining o’zi mansub millatga xos milliy qadriyatlarni, stereotiplarni o’zlashtirishda asosiy vosita rolini o’ynaydi. Shuning uchun ham etnopsixologik o’z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchilar hamkorligida o’tkaziladi. Tadqiqotchi avvalo tekshiruv o’tkazayotgan muhitdagi insonlar tilini, til orqali “dili”ni bilish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur. Shuning uchun milliy xarakter, urf-odatlar, qadriyatlarni o’rganishni maqsad qilgan inson shu xalq va millatning tilini avvalo mukammal bilishi lozim.

…………………………



Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin