2-jadval. Etnopsixologik tadqiqot yoʻnalishlari
Yoʻnalish
|
Oʻziga xoslik
|
mualliflar va tarafdorlar
|
Relyativizm
|
madaniyatlar oʻrtasidagi farqlarni taʼkidlash
|
R. Benedikt, E. Sapir va B. Whorf, L. Levy-Bruhl
|
Absolyutizm
|
madaniyatlar oʻrtasidagi farqlarga eʼtibor bermaslik
|
M. Koul
|
Universalizm
|
shaxs asosidagi asosiy psixologik jarayonlarning birligini ifodalash, balki ularga taʼsir etuvchi madaniyatning jiddiy taʼsirini tan olish.
|
|
Etnopsixologik xususiyatlar va uning asosiy elementi milliy psixologik qiyofani millat belgisi sifatida organish muholiflaridan P.M.Ragachev sa M.A.Sverdlinlarniig fikricha, bu tushunchalar milliy munosabatlar tahliliga mujmallik beradi va sotsiologiyadagi asosiy tushuncha - sinfiylik va baynalminalchilikka soya soladi. S.Kaltaxchyan fikriga kora, agar milliy psixologik qiyofani millatning belgilaridan biri sifatida kabul qilinadigan bolsa, u vaqtda millatni ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida emas, tabiy va doimiy ozgarmas hodisa sifatida etirof etishga togri keladi. Mubohasada qatnashgan T.Burmistrova ham millatning tarifini berganda milliy psixologik qiyofani uning belgilari qatoriga kiritmaydi. Uning yozishicha, rus va ukrain, gruzin va armyan, nemis va fransuz va shunga oxshash xalqlar psixologiyasidagi farqlarni belgilash umuman mumkin emas. Ayrim xalqlar, millatlar psixologiyasida muhim tavofutlar borligini tasdiqlash, isbotlab bolmaydigan, quruq gap xolos va bu irqchilarga muruvvat korsatilib, bir millatni ikkinchi millatga qarshi qoyish uchun xizmat qiladi. Rus olimi V.Kozlov, bu tushunchalarning ishlatilaverishi jamoatchilik fikrida chalkashliklarni, illyuziyaga oxshash bir holatni keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga keladi. Professor S.Kalgaxchyan fikriga kora esa, katta guruhlar organilganda faqat sinfiy psixologiya organishga loyiq toifadir. Ularning fikricha, etnik xususiyatlar va milliy psixologik qiyofa togrisida soz bolishi ham mumkin emas. Bu kabi xavotirli xulosalarga sabab bizningcha, osha totalitar sovet tuzumi davrida etnopsixologik tadqiqotlarning ayrim natijalari aniq taqibga uchrashi, chet ellarda olib borilgan etnik psixologik tadqikotlar va ulardan olingan natijalarda irqchiliq elementlari bolishi mumkin edi. Chunki ayrim tadqiqotlarning natijalari va xulosalarida irqlar, millatlar, etnik guruhlarning ruhiy jihatdan teng emasligi, bazi xalqlarning boshqalardan ustun turishligi "ilmiy" jihatdan asoslashga harakat qilindi. Masalan, etnopsixolog R.Linton va A.Kordinerlar anglo-sakslardan bolmagan hamma boshqa xalqlar ozining ruhiy xususiyati bilan yetuk emas, degan noilmiy goyani ilgari surishadi.
Etnopsixologik xususiyatlarni organuvchi tadqiqotchilarning aksariyat kopchiligi, uni ijtimoiy-tarixiy kategoriya ekanligini etirof etadilarda, uni organish qiyin obyekt ekanligini takidlashadi. Darhaqiqat, bu masala tekshirish va organish uchun murakkab va tushunish bilan birga eng dolzarb, kam organilgan muammo hamdir.
Dostları ilə paylaş: |