Mavzu: Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga o‘qitishning nazariy-amaliy ahamiyati reja



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə6/7
tarix19.06.2022
ölçüsü40,14 Kb.
#61830
1   2   3   4   5   6   7
falsafa maruza 1

«Dunyo» – inson» muammosining mazmuni markaziy falsafiy muammo sifatida u yoki bu tarixiy davrning yetakchi yo‘nalishlari (tendensiyalari) mazmuni bilan bog‘liqdir. Jamiyatda ustuvor muammolar o‘zgarganida mazkur muammo mazmuniga nisbatan urg‘u, ta’kid ham o‘zgaradi. Bu urg‘ular u yoki bu tarixiy davr faylasuflarining diqqat markazi nimaga qaratilganligining ifodasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, «dunyo-inson» muammosi u yoki bu davr falsafiy tafakkuri yo‘nalishini (paradigma) ifodalaydigan o‘z tarixiy shakllariga ega.
XIX-XXI asrlarda «Mavjud dunyo mukammalmi?» (insonning dunyoga bo‘lgan munosabatini aksiologik tomoni), «Dunyoni amaliy o‘zgartirish mumkinmi va qanday qilib?» (insonning dunyoga munosabatini praksiologik tomoni) kabi savollar dolzarb muammo bo‘lib qoldi. Mana shular «dunyo-isnon» muammosining Yangi va Eng yangi davrlar vujudga keltirgan yangi tomonlaridir. Bu savollar ilgari ham faylasuflar nazarida bo‘lgan.
«Mavjud dunyo mukammalmi?» degan savolga (asosiy falsafiy masalaning aksiologik tomoni) hozirgi zamon odami hech ikkilanmasdan salbiy javob beradi. Bunday javob ilgari ham berilgan, biroq u, birinchidan, lokal-mintaqaviy tusda bo‘lib, ikkinchidan, aholining turli qatlamlari uchun universal emas edi. Bugungi kunda dunyoning mukammal emasligi to‘g‘risida gapirganimizda, barcha dunyoning bir butunligini nazarda tutamiz. Gap davlat va mintaqalarning o‘zaro munosabati, insonlarning tabiat bilan munosabati, o‘zaro munosabatlari, zamonaviy qadriyatlar, ta’lim va tarbiya, madaniyat taqdiri va boshqalar to‘g‘risida ketayapti.
Shunday qilib, «dunyo-inson» muammosi markaziy falsafiy muammo sifatida o‘zgarmoqda. Uning ontologik, gnoseologik, aksio­lo­gik, praksiologik tomonlari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin. Shuning bilan birga turli tarixiy davrlar uning u yoki bu «tomonlarini» davrning asosiy jarayonlarida birinchi o‘ringa chiqaradi.


Falsafaning sohalari:
Falsafaning asosiy masalasi “olam va odam” munosabati rang barang mohiyat kasb etib asrlar davomida o‘rganish maslalari kengayib borgan. Shundan uning sohalari shakllangan. Masalan:

Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin