Mavzu: falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 249,32 Kb.
səhifə5/14
tarix07.01.2024
ölçüsü249,32 Kb.
#202562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1 mavzu

Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish ob’ekti sanalgan ajdod deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo‘lgan ishonch tashkil etadi. Zero, totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta’minlaydi (Hindistonda Xonumon maymuni, sigir,Avstraliyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet).
Magiya (yunon. «mageia» – «sehrgarlik») ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi. Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir.
Miloddan avvalgi VII–VI asrlarga kelib, asosan, mif va din ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavhum nazariy fikrlash qobiliyati va
(to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi. Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi
shak li – falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda, avvalo, dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmadi. SHuningdek, ular sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi Yuz bergan o‘zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish,rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim kurtaklari bilan to‘qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan boQlab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan borliq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.

Yüklə 249,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin