Sotsiologizatorlik konsepsiyalari. Biologizatorlik yondashuviga zid o‘laroq, sotsiologizatorlik yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko‘rishga harakat qiladilar. Bunda ular ba’zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, balki so‘nggi zikretilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy e’tiborga loyiqemas, deb hisoblaydilar. Asosiy e’tibor ijtimoiy munosabatlar tahliligava individ, shaxsning shakllanishida jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashgaqaratiladi. Pirovardida ijtimoiy asos individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‘ziga bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta’limotlarga, xususan, Platon falsafasi, ayniqsa, xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm muammosidir.