1.Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish2.Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati
3.Ta’lim -tarbiya jarayonining izchil , uzluksiz, tizimli hamda aniq ijtimoiy maqsad sifatida tashkil etilishi
Xulosa
Agar falsafa so’zining kelib chiqishi ya’ni etimologiyasiga e’tibor bersak, uning yunon tilidagi tarjimasi ‘donolikni sevaman’ degan ma’noni anglatadi. Falsafaning o’z ifodasini topishidagi nomuayyan vaziyat,ayniqsa, eng Yangi davr uchun xosdir.Bu shu qadar oddiy holgaaylandiki, hatto zamonaviy faylasuflardan biri X.F.MORUA falsafada yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab bo’lgan. “falsafa” deganda nimani tushunish hamisha mushkul bolgan biroq XX asr mobaynida “ falsafa”ni ta’riflash mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo’lmay qoldi.

Har qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan u yoki bu munosabatini ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa- bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi- “dunyo-inson” tizimidir.
Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof muhitga ,boshqa odamlarga, o’-o’ziga nisbatan belgilovchi savollar ko’ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o’rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo’ladimi va agar bilish mumkin bo’lsa,qay darajada? Insonni o’zi nima?U qanday bo’lishi kerak?O’limdan so’ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o’zgartira oladimi?