Mavzu: Farg’ona viloyati ziyoratgohlarining tarixi ( arxeologik va etnografik malumotalr asosida) Mundarija: Kirish 2-7


III.BOB: Ziyoratgohlarning insonlarning kundalik hayotidagi o’rni



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə11/15
tarix08.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#126806
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ILHOMJON DIPLOM ISHI

III.BOB: Ziyoratgohlarning insonlarning kundalik hayotidagi o’rni.


3.1.Ziyoratgohlar haqida aholi orasidagi afsona va rivoyatlar.

Har bir xalqning iqtisodiy hayoti va maʼnaviy taraqqiyoti oʻziga xos marosimlarning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bogʻliq. Natijada, oʻsha etnosga tegishli boʻlgan turli marosimlarda ham etnik oʻziga xosliklar vujud- ga keladi. Shubhasiz, bu holat Oʻzbekistonning turli mintaqalari, jumladan, Fargʻona vodiysi aholisiga ham xos boʻlib, aynan mazkur mintaqada asrlar davomida oʻziga xos vodiy etnomadaniyati shakllangan. Ushbu etnomadaniyatning shakllanishida Fargʻona vodiysi oʻtroq aholisi boʻlmish – oʻzbek, tojik va uygʻurlar bilan birga qoʻshni mintaqalardagi etnos va etnik guruhlarning ham bevosita taʼsiri boʻlgan. Hozirgi kunda maʼmuriy jihatdan Fargʻona vodiysida Andijon, Na- mangan, Fargʻona (Oʻzbekiston), Oʻsh, Jalolobod, Botkent (Qirgʻiziston) hamda Soʻgʻd (Tojikiston) viloyatlari joylashgan. Fargʻona vodiysiga tarixning turli davrlarida koʻplab xalq va elat- larning koʻchib kelishi natijasida vodiy aholisining murakkab etnik tarkibi vujudga kelgan hamda bu yerda oʻziga xos tarixiy-madaniy muhit shakllangan. Mazkur mintaqa aholisining etnik tarkibi, turli etnoslarning vodiyga kirib kelishi va joylashishi ilmiy adabiyotlarda yaxshi yoritilgan. Fargʻona vodiysida uch xil mintaqa mavjud boʻlib, tekisliklarda asosan qadimiy oʻtroq aholi, togʻ va togʻoldi mintaqalarida ajdodlari koʻchmanchi boʻlgan aholi vakillari, choʻl hududlarida esa koʻproq qoraqalpoqlar istiqomat qiladilar.


Fargʻona vodiysi hududida eng qadimgi davrlardan oʻtroq holda yashab keluvchi aholi oʻzbek va tojiklardan iborat. Ular uzoq asrlar davomida kechgan etnik va madaniy jarayonlar taʼsirida oʻzaro yaqinlashib, qorishib ketganlar. Buni antropologik maʼlumotlar, ushbu ikki etnosning turmushi, ma-daniyatidagi hamda tojik va oʻzbek tilidagi koʻplab oʻxshashliklar ham isbot-laydi. Oʻziga xosliklar esa asosan vodiydagi qipchoq, turk, qoraqalpoqlarda koʻproq saqlanib. Yuqoridagi boʻlimlarda quyosh, oy, yulduzlar, qushlar, fasllar bilan bogʻ-liq taqvimiy hisoblar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalgan edik. Fargʻona vodiysi aholisi bir iqlimiy hududda yashasalar-da, etnik guruhlar orasida taqvimiy tasavvurlar borasida oʻziga xosliklar mavjud. Vodiyda turli mintaqalar mavjud boʻlib, ular iqlimi, tabiiy sharoit-lariga koʻra bir biridan farqlanadi. Bu esa ushbu hududlarga xos taqvimlar- ning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Masalan, tekislik mintaqalarida kunlar choʻl va togʻli hududlarga nisbatan ertaroq iliy boshlagan. Bu yerlarda bir yilda uch martagacha hosil olish mumkin boʻlsa, togʻli hududlarda bir martagina hosil olinadi. Mazkur holatlar dehqon taqvimida ham farqlar boʻlganligidan dalo-lat beradi. Yil taqvimi bilan bogʻliq qarashlardagi oʻziga xosliklar “toʻgʻal hiso-bi”da yaqqol namoyon boʻladi. Mazkur hisob qozoqlarda “tokush” deb nomlangan va 13 oydan iborat boʻlsa, Shimoliy Fargʻona qipchoqlarida “toʻgʻol”, Andijon turklarida “toʻqovul” deyilib, 11 ta oy va 40 kunlik “yozgi chilla”dan iborat. Ushbu hisob azaliy oʻtroq boʻlgan aholi vakillarida uchramaydi. “Toʻgʻal taqvi-mi” Oʻzbekistonning boshqa hududlarida “Qoʻziboy mayriq hisobi” nomi bilan ataladi. Biroq, ularning hisoblash usullarida tafovutlar mavjud boʻlib, bizningcha vodiyda qoʻllaniluvchi “toʻgʻal taqvimi” foydalanish uchun qulayroq Fargʻona vodiysi chorvadorlarida oʻtroq aholiga nisbatan yulduzlar bilan bogʻliq taqvimiy qarashlar kengroq tarqalgan. Masalan, qipchoq choʻponlari Hulkar yulduzining botishiga qarab suruvga qoʻchqor qoʻshganlar yoki Zuhra yulduzi botmay turib chorvani yaylovga haydasalar, oʻsha yulduz chiqqanidan soʻng otarga qaytarganlar.
Chorvachilik bilan shugʻullanuvchilar dasht va togʻlarda yashovchi qushlar bilan bogʻliq hisobga amal qilsalar, oʻtroq xoʻjalik bilan mashgʻul aholi esa asosan adir va tekislik hududlaridagi qushlarning uchib kelish muddatlariga asoslanib ish yuritganlar. Masalan, qipchoq, qirgʻiz choʻponlari yaylovga koʻchish muddatini “navroʻz chumchuq”, “choʻrchikal”, oʻzbek bogʻbonlari esa toklarni ochish vaqtini “koʻkqargʻa”ning uchib kelishiga asoslanib aniqlaganlar. Yangi yilning “xosiyatli” yoki “xosiyatsiz” kelishini oldindan taxmin qilish barcha xalqlarda turli koʻrinishlarda boʻlgan. Manbalarda Navroʻz – 21-mart haftaning qaysi kuniga toʻgʻri kelishiga yoki “muchal hisobi”ga koʻra qaysi hayvonga toʻgʻri kelishiga asoslanib, kelayotgan yil toʻgʻrisida oldindan bashorat qilinganligi qayd etilgan . Bu borada Fargʻona vodiysi aholisining qarashlari oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Shimoliy Fargʻona qipchoqlari yangi yilni “navroʻzak” yoki “navroʻz chumchuq”ning uchib kelishiga qarab aniqlaganlar. Ushbu qushchaning tashqi koʻrinishiga asoslangan holda kelgusi yil toʻgʻrisida ham turli bashoratlar qilingan. Masalan, bu qushchaning qanotlari oq rangda boʻlsa, yogʻingarchilik kam boʻladi, agarda sariq yoki qoramtir rangda boʻlsa, yogʻingarchilik koʻp boʻladi, deb hisoblangan. Shuningdek, ushbu qushning boshida oq qashqasi boʻlsa, kelayotgan yilda sut mahsulotlari serob, yogʻingarchilik koʻp boʻladi, agar qora boʻlsa, buning aksi. Oyoqlari koʻk boʻlsa, unda dehqonchilikda moʻl hosil olish mumkin, deb oʻylangan. Aynan ushbu qush bilan bogʻliq qarashlar qozoqlarda ham ayrim koʻrinishlarda mavjud. Biroq, Fargʻona vodiysidan tashqarida yashovchi oʻzbeklarda bu kabi tasavvurlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar uchramaydi. Oʻzbeklarda yangi yilda iqlimning qanday kelishi Navroʻz kungi ob-havoga asoslangan holda aniqlangan boʻlsa, ozarbayjonlar Navroʻzning birinchi kuni bahorni, ikkinchi kuni yozni, uchinchi kuni kuzni, toʻrtinchi kuni qishning qanday kelishini bildiradi, deb hisoblaydilar. Moldavanlar esa oldinroq suvli idishga solib qoʻyilgan 12 xil mevali daraxt novdalarini Yangi yil kungi holatiga qarab kelayotgan yil va oylar toʻgʻrisida bashorat qilganlar. Yilning bahor faslida oʻtkaziluvchi taqvimiy marosimlarning aynan Fargʻona vodiysi oʻzbeklariga xos boʻlganlari ham talaygina. Bunday oʻziga xos jihatlar boshqa etnoslardagidan keskin farqlanmasa-da, taqvimiy marosim larning bajarilish muddati, jarayoni yoki atamalarda koʻzga tashlanadi. Dehqonchilik xoʻjaligini yuritish boʻyicha azaliy tajribaga ega boʻlgan Fargʻona vodiysining oʻtroq aholisi – oʻzbek, tojik va uygʻurlar vodiydagi qirgʻiz, qipchoq, qurama, turk, yuz, qoraqalpoq kabi oʻtmishda chorvachilik bilan shugʻullanib kelgan etnoslarga dehqonchilik sohasida oʻz taʼsirlarini doimo oʻtkazib kelganlarki, bu hol dehqonchilik xoʻjaligini yuritishning barcha bosqichlarida namoyon boʻlgan. Fargʻona vodiysi dehqonlari Hut (19-fevral – 21-mart) oyidanoq dala ishlarini qizitib yuboradilar. Ular yetilgan tomorqalariga ishlov berib, oʻgʻit chiqarganlar va ariqlarni loyqadan tozalaganlar. Vodiyning azaliy oʻtroq aholi istiqomat qiluvchi barcha hududlarida bahorgi ishlar oldidan, mart oyi boshlarida keksa dehqonlar, oqsoqollar boshchiligida masjid yoki mozorlar yaqinida “xudoyi”, “darveshona” marosimi oʻtkaziladi. Oldinlari har bir xonadondan bugʻdoy va oziq-ovqat mahsulotlari yigʻilgan boʻlsa, keyingi vaqtlarda maʼlum miqdorda mablagʻ ham qoʻshilmoqda. Toʻplangan pulga bozordan buzoq yoki qoʻy sotib olinib, qurbonlik uchun soʻyilgan va goʻshtidan halim pishirilgan. Taom tayyorlangunga qadar qishloq erkaklari uch-toʻrt guruhga boʻlinib, ariqlarni tozalaganlar. Tushlik vaqtida hamma toʻplangach, “xudoyi” uchun tayyorlangan taom isteʼmol qilingan. XX asr birinchi yarmida oʻtkazilgan shunga oʻxshash marosimlarda idish-tovoq yetmay qolsa hasharchilar taomni oʻzlarining yuvib, obdon tozalangan ketmonlariga suzdirganlar. Marosim joyiga kela olmaganlarning uylariga nasiba sifatida pishirilgan taomdan berib yuborilgan. Tushlikdan soʻng Qurʼoni karim oyatlaridan oʻqilib, oqsoqollar ushbu xudoyi savobini “oʻtganlarning” ruhi poklariga baxshida etishib, kelayotgan yil xosiyatli, barakali boʻlishi hamda moʻl hosil olish va boshqa ezgu niyatlarni amalga oshirish uchun Allohdan madad soʻraganlar. 30


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin