2.2.Poshshoi Pirim va Baston Buva ziyoratgohlari.
Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi Poshshopirim qishlogʻi nafaqat shirin anjirlari, balki tarixiy obidalari, ziyoratgohlari bilan ham mashhur. Xalq tilida “Poshshopirim” ziyoratgohi deb tanilgan Shoh Muhammad ibn Jarir tarixiy obidasi devorlariga ishlangan dastlabki bezaklar VIII-IX asrlarga taalluqli boʻlib, birgina shu jihatning oʻzi ham bu qishloq nechogʻli qadimiy ekanligidan dalolatdir. Qishloqning oʻziga xos ramzi boʻlgan ziyoratgohning kirish qismida Temuriylar sulolasi qurdirgan maqbara saqlanib qolgan. Tarixiy maskan ichkarisida XIX asrga oid binolar bor. Yigirma bir metrli minora esa bir necha yuz yillar mobaynida eʼtiqodda sobit buvaydaliklar uchun pok iymon ramzi boʻlib kelmoqda. Hozirda Farg'ona viloyatining Buvayda tumanida Poshshopirim (Shoh Jarir) va Bu-Ubayda (Bibi Buvayda) mazorlari ma'lum bo’lib, mana shu yerda Shoh Jarirning rafiqasining qabri bor va ulardan unchalik uzoq bo'lmagan joyda Shoh Jarirning akasi Bo’ston buvaning maqbarasi joylashgan. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, ushbu maqbaralar XV-XVI asrlarda qurilgan. Bibi Buvayda maqbarasi - klassik uslubda qurilgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi bino.
Hozirga qadar saqlanib qolingan ikki xonali Shoh Jarir va Bo’ston buva hamda Bibi Buvayda kompleksi, asosan, to‘rtburchakli hovlidagi XV asrda qurilgan peshtoqli- gumbazli darvozaxona hamda uning yon tomoniga yigirmanchi asrda qurilgan ochiq masjiddan va ko‘pqirrali hovlidagi XV-XVI asrlarga oid qabr va dahmalardan iborat bo‘lgan. Masjid tarxi to‘g‘ri burchakli xonaqoh hamda shifti mahalliy uslubda ishlangan uch tomonli ayvondan iborat bo‘lib, uni 44 ta ustun ko‘tarib turadi. U Farg‘onaga xos diniy inshootlar uslubida qurilgan, o‘z davrining ulkan me'moriy obidalaridan biri sifatida baholanadi. Maqbara binosi (18 x 8 metr) devorlari deyarli qoplamasiz.
Maqbara qabr turgan xona va ziyoratgohdan iborat. Maqbara peshtoqi g‘arbga qaratilgan. Ziyoratxona gumbazining qurilish uslubi o‘n sakkizinchi asrdagi madrasani eslatadi. Qabr joylashgan xona ikki chiqish yo‘lidan iborat; biri ziyoratxona orqali, boshqa biri – janubga qaratilgan alohida pastakkina xona orqali. Ko‘rinishidan mazkur maqbaraga kirish yo‘li ziyoratxona qurilishi davrida berkitib yuborilgan. Mahalliy aholi maqbara qurilishini Amir Temurga bog‘laydilar. Qabristonning katta maydonining ustki qatlami qattiq sho‘rxok yerdan iborat bo‘lib, unda O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi davriga xos 54x54x6 santimetrli pishiq g‘isht parchalari uchraydi.
Maqbara to'rtburchak shaklida (5,2 x 5,2 m) bo’lib, devorlariga o’yilgan tokchalari va kichkina o'ymakor bezaklari bilan o’ziga xos. Ikkita yog'och taxtali eshiklari o'yma naqshlar bilan bezatilgan. Qo'qon xonligi davrida xonlar doimiy ravishda ushbu qabrga tashrif buyurganligi haqida yozma manbalar mavjud.
Poshshopirim maqbarasidagi qabr etagida qora qalampir daraxti o'sadi. Uni kim ekkani noma'lum. Asrlar o'tdi, ammo daraxt bugungi kungacha o'z mavqeini yo'qotmadi. Keksa avlod vakillari uning qandaydir "ilohiy" xususiyatiga ega ekanligiga ishonishgan.
Quyosh botganda maqbara oldida, masjid darvozasi yonida issiq buloq qaynaydi. Ushbu buloqdagi suv turli xil teri toshmalarini davolaydi, deyiladi.
“Safed Bulon qissasi”da Ixshit nomi koʻp marotaba tilga olinganligi uchun biz shu oʻrinda Ixshit soʻzi maʼnosiga izoh berib oʻtsak. unvonni anglatgan. Eramizning IV asriga oid soʻgʻd hujjatlariniing birida soʻgʻd tilida “ixshede Tamarxushgʻa”, yaʼni “Tamarxusha Ixshidi” degan jumlalar keltirilgan boʻlib, Tamarxusha Fargʻonadagi joylardan birini nomini anglatgan. Ibn Xordadbehga koʻra, Fargʻona hukmdorlari,
Abu Rayhon Beruniyga koʻra, Soʻgʻd hukmdorlari VII-VIII asrlarda Ixshid unvoni bilan yuritilgan. Yaqubiy va Baʼlamiylarni keltirishicha, soʻgʻdiylar hukmdori Gʻurak(Gurek) ham ixshid unvoni bilan atalgan. Shu manbalarga koʻra, Ixshid Fargʻona tilida “Shohlar shohi” arabchasiga “malik ul muluk” maʼnosini anglatgan. Fargʻonalik Ixshidiylar sulolasi (935-969) tarixda Abbosiylar xalifaligi davrida Misr va Suriyada hukmronlik qilgan. Bu haqda “Musulmon sulolalari” kitobining muallifi Stenli Len-Pul shunday XI asrda yashab oʻtgan arab tarixchisi Xilol as-Sabiy oʻzining “Rusum dor al-Xilafa” kitobida “Ixshid bu Fargʻona podshohidir”, deya taʼkidlab oʻtgan edi. Bagʻdod saroyida xizmat qilgan Tugʻj Fargʻonalik lashkarboshining oʻgʻli boʻlgan edi. Tugʻj xizmati tufayli Damashq noibi darajasiga koʻtarildi. Biroq xalifa gʻazabiga uchrab zindonda vafot etdi. Uning oʻgʻli Muhammad otasining muvaffaqiyatsizligini oʻnglab 930gʻ935-yillarda Misr va Damashqning noibi boʻldi. 938-yili u Ixshid unvonini qabul qildi va 941-yili Suriyani oʻz mulkiga qoʻshib oldi. Kelgusi yilda esa Makka va Madina ham uning tasarrufiga oʻtdi”. Koʻrib turganingizdek, Fargʻonada hukmronlik qilgan sulola oʻziga bejiz Ixshid unvonini olmagan edi. Bu unvon islom dini gurkirab yashnagan davrda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Modomiki ixshid unvoni Fargʻonadagi oliy hukmdorga nisbatan qoʻllanilgan boʻlsa, nima sababdan
“Safed Bulon qissasi”da Fargʻona hukmdori boʻlmish Ixshid Kosonda turganligi aytiladi. X asrda yashab oʻtgan arab tarixchisi Abul Fidoga koʻra, Koson (Hozirda Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan) Fargʻona vodiysidagi poytaxt shaharlardan biri hisoblanar edi. Shu sababdan akademik V.V. Bartold VIII asr oxiri va IX asrning boshida Fargʻona hukmdorlarining poytaxti Koson boʻlgan deya taʼkidlab oʻtgan. Xuddi Axsikent singari qadimgi Koson shahri xarobalariga boʻlgan eʼtibor XIX asrning oxirida paydo boʻlgan. Natijada XIX asrning oxirida N. N. Щyerbina-Kramarenko hamda I. Bryanovlarning Koson toʻgʻrisidagi xotiralari chop etilgan.16
1939-yili Katta Fargʻona kanali qurilishi davrida qadimiy Koson shahristoni yodgorligi ham arxeologlar tomonidan yoʻl-yoʻlakay koʻrib chiqilgan edi. Keyinchalik akademik M.Ye.Masson oʻz esdaliklarida ham bu haqida yodga oladi:
“Yana bir yarim chaqirimdan soʻng qarshimizda togʻ yonbagʻrida yastanib yotgan qadimgi Koson xarabalari gavdalana boshlaydi. Yodgorlik soyning chap qirgʻogʻida joylashgan. Mahalliy aholi ularni Mugʻtepa yoxud Mugʻqala, yaʼni afsonaviy bahaybat mugʻlarning qalʼasi” deb ataydi.
Emishki ular gʻayridinlar boʻlib, arablar istilosiga qadar shu yerda hayot kechirganlar. Shahriston va uning atroflarida boʻrli dengiz molyusklarining toshga aylangan qoldiqlari sochilib yotibdi. Mahalliy aholi ularni mugʻlar tirnogʻlarining qoldiqlari, yaʼni “mugʻtirnoq” deb ataydilar. Aytishlaricha, Fargʻonaga islom tarqalganidan soʻng noiloj ekanlarki tirnoqlari uzilib tushib toshga aylangan emish.
Mugʻtepa oldida biz qadimgi oʻrasimon ikki qabrga duch keldik. Qabrlarning tuzilishini chizmaga tushirdik... 29-avgustda erta tongdan boshlab qadimgi Koson xarabolarini barchasini koʻzdan kechiramiz. Avvalgi planlar shubhasizki, uning murakkab qiyofasini aniq ochib bera olmaydi. Yana koʻz bilan chamalab planga olaman. Balandlikda joylashgan koʻhandiz va uning mustahkam toʻrtburchakli minoralarini, suvga tushishdan himoya qiluvchi devor qoldiqlarini, va nihoyat soyning tik qirgʻogʻidagi shahristonni koʻzdan kechiramiz. Hech bir yerda fanda aynan shu yerda eramizdan avvalgi II asrda Fargʻonanning poytaxti Guyshan boʻlganligini isbotlovchi arxeologik materiallarga duch kelmayapmiz. Ora-sirada qator qilib urilgan paxsa devorlar va bir necha choʻzinchoq gʻishtlar, shuningdek topilgan yer ustki arxeologik materiallarning barchasi bu yerning ayni gullab yashnagan davri asosan VII–VIII asrlarda kechganligini koʻrsatib turibdi. Oʻsha paytlarda arab mualliflarining maʼlumotlariga koʻra, Koson mahalliy Fargʻona hukmdorlarining poytaxti boʻlgan edi”.
Aytib oʻtish joizki, 712-yili arab lashkarboshisi Qutaybani ibn Muslim Bohiliyning Fargʻona vodiysiga qilgan birinchi yurishida faqat Xoʻjand va Koson shaharlari nomlari bejiz tilga olinmaydi. Bu toʻgʻrisida tarixchi Tabariyning (839-923 yy) “Tarixi at-Tabariy” nomli asarida maʼlumot uchraydi. Bu esa Koson shahrini siyosiy va iqtisodiy jihatdan qudratli shahar boʻlganligidan dalolat beradi. Shu sababdan ham “Safed Bulon qissasi”da Ibrohim Shoh Jarirga Fargʻonaga qilgan yurishida birinchi boʻlib Kosonga hujum qilmaslikni maslahat beradi. Shu oʻrinda yana bir maʼlumotni keltirib oʻtmoqchimiz. Hijriy 200-yili (milodiy 816) Abbosiylar xalifasi al-Maʼmun lashkarboshisi al- Fazl ibn Sahl tomonidan olib kelingan va Makkadagi xalifalik xazinasida saqlanayotgan Qobulshoh taxti va toshtaxtasini Kaʼbaga olib kelishiga farmon beradi. Uning maqsadi toshtaxtaga oʻzining islom oldida koʻrsatgan xizmatlarni oʻydirib shu bilan oʻz hokimyatining mustahkam va qudratli ekanligini ifodalash edi. Aynan shu taxtatoshga bitilgan soʻzlarda quyidagi jumlalar uchraydi: “Va u (Zurriyasatayn) taxtni Tibet suvoriylari ila Iroqqa yubordi… Va u Oʻtror viloyatini zabt etishga urindi. U chegara hokimin qatl etdi va qarluq jabgʻusining oʻgʻillarini va xotinini asir oldi. Oʻzini esa qimoqlar yurtiga qochishga majbur etdi. Shundan soʻng Koson shahrini egalladi va arablarga Fargʻona qalʼalarining kalitlarini yubordi”. Ushbu yozuvlarni arab tarixchisi Abul Valid Muxammad al-Azraqiy oʻzining “Kitob axbori Makka” nomli, asarida keltiradi. Uning aytishicha, ushbu maʼlumotlarni Kaʼbadagi toshtaxtadan koʻchirib yozgan ekan.
Biz ushbu maʼlumotni bejiz keltirmadik. Zero, xalifa Maʼmun zamonidan boshlab kimki Kaʼba ziyoratiga kelsa undagi toshtaxtadagi tarixiy bitig orqali Fargʻona va Koson toʻgʻrisida voqif boʻlgan va bu oʻz navbatida Koson nomini mashhur qilganligi shubhasiz. Shu boisdan ham “Safed Bulon qissasi” qissasida boʻlib oʻtadigan voqealarning asosiy qismi Kosonda yuz berishi ham Kosonni xalifalikda ham yaxshi bilganliklari tufayli mazkur shaharni tarixiy qissaga kirganli ehtimoldan xoli emas. Ibrohim Shoh Jarirga Kosonga yurish hali erta ekanligini aytar ekan, avval Qubo va Axsi shaharlarini olsa Kosonni zabt etish mushkul boʻlmasligini taʼkidlaydi.
Shu oʻrinda Qubo shahri haqida. Fargʻona vodiysining qadimgi shaharlaridan biri boʻlgan Quva yozma manbalarda “Qubo” va “Qubod” singari ikki xil nom bilan tilga olinadi. Shaharni Qubo nomi bilan atalganligi haqidagi dastlabki maʼlumotlar IX-X asrlardan boshlab, arab manbaalarida uchraydi. Jumladan, Tabariy, Istaxriy, Abulqosim ibn Havqal, Muhammad al- Muqaddasiyning asarlarida shu nom bilan tilga olinadi.
XII asrlarda yozilgan yozma manbalarda Qubodan yetishib chiqib “Quboviy” nisbasi bilan mashhur boʻlgan allomalar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Masalan, “Buxoro tarixi”ni arab tilidan fors tiliga olaylik. Shuningdek, oʻsha davrlarda yashab oʻtgan Abu Saʼid Abdulkarim ibn Muhammad as-Samʼoniy va unga zamondosh boʻlgan Yoqut Hamaviyning asarida ham Qubo shahri va undan yetishib chiqqan Abulmakorim Rizkalloh ibn Muhammad al-Quboviy, Ibrohim ibn Ali ibn al-Husayn Abu Isʼhoq XI asrdan soʻng XV asrga qadar Quva toʻgʻrisida yozma manbalarda maʼlumotlar uchramaydi. Faqatgina XV asrga kelib, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” nomli asarida qubolik mashhur shoir Rukniddin Quboviy toʻgʻrisida maʼlumot keltirilgan.
Temuriylar davriga kelib, Quva shahar emas balki, qishloq sifatida tilga olina boshlangan. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Qubo nomi 1494-1503-yillarda Fargʻonada yuz bergan siyosiy voqealar jarayonida tilga olinadi.
XIX asr boshlaridan boshlab tarixiy va badiiy asarlarda Qubo qishlogʻi Qubo bilan bir vaqtning oʻzida Qubod nomi bilan ham yuritila boshlangan. Gulxaniy oʻzining “Zarbulmasal” asarida: “Roviylar andogʻ rivoyat qilurlarkim, ilgarigi ahli ayyomi nofarjomda Fargʻona iqliminda Kayqubod otliq podshohdin qolgʻon bir eski shahriston bor edi”, deya taʼrif berib oʻtadi. Mulla Olim Maxdum Hoji oʻzining “Tarixi Turkiston” asarida Quvani Qubodiyon nomi bilan tilga oladi. 1812 Qoʻqon xonligiga tashrif buyurgan hindistonlik sayyoh Mir Izatulloh ham Qubo qishlogʻini Qayqubod nomi bilan ataydi.
XIX asrning ikinchi yarmida Qoʻqon adabiy ilmiy muhitidan yetishib chiqqan isteʼdodli olim Mahmud Hakim Yayfoniyning(1850–1930) “Xullas ut – tavorix” asarida ham Quva Qubod nomi bilan tilga olinadi: “Zamoni avvalda Fargʻona muzofotiga Sulton Mahmudxonni zamonida Abusaidxon podshohi adolatshior erdi. Abusaidxondin besh adad oʻgʻul qoldi va bul mulkini hukumati alarga taʼluq topdi. Alarni poytaxtlari viloyati
Qubod erdi. Alhol mashhurda Quvodir va bul Qubod aval vaqtda bir shahri azim va viloyati baseʼ erdi. Alholda bir qishloqdur”4 . Quvaning Qubod nomi bilan atalganligini Isʼhoqxon Junaydulloxoʻja oʻgʻli oʻzining “Tarixi Fargʻona” asarida quyidagi izohlaydi: “… Fargʻonada boʻlmish Qubo shahrining avali binosi Noʻshiravon otasi Qubod bino qilgan deb avvalda yozilib oʻtti. Qubodni oʻz ismiga Qubod qoʻyulub, holo dolni tarxim qilib, Qubo yozarlar. Avomunnoslar boʻlsalar ogʻizda Quva derlar. Quvani hech maʼnosi yoʻq”. Mahalliy aholi orasida Kayqubod toʻgʻrisidagi afsonalar va qissalarning keng tarqalganligi boʻlishi mahalliy aholi orasida qadimgi Quva shahristonini Qayquvot tepa nomi bilan mashhur boʻlishiga olib kelgan.17
Taʼkidlab oʻtish joizki, “Safed Bulon qissasi”da Qubo shahri bejiz tilga olinmaydi. Chunki yozma manbalar va arxeologik qazishmalar Qubo shahrida arablar bilan qattiq janglar olib borilganligini tasdiqlaydi. Tabariyning keltirishicha, 738-yili Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor Fargʻonaga kelganida quboliklar arab qoʻshinlariga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Bu haqda Tabariy jumladan shunday deydi: “Ulardan baʼzilari aytadilar: Qachonki Nasr Shoshga kelgach, uni Shosh hukmdori Kadar sovgʻa va sulh uchun badal hamda garovdagilar bilan kutib oldi. Nasr unga mamalakatidan Horis ibn Surayjni haydab yuborishini shart qilib qoʻydi va u Horisni Farobga quvib yubordi. U (Nasr ibn Sayyor) Shoshga Nizak ibn Solihni noib qilib tayinlab soʻng yurishga ketdi va Fargʻonaning Qubosida toʻxtadi. Qubo aholisi uning kelishidan ogoh boʻlib yemgʻxashakni yoqib yubordilar va oziq-ovqatni yashirib qoʻydilar”.Nasr ibn Sayyorning 739-yilda Fargʻonaga qilgan yurishi toʻgʻrisida tarixchi T.Qodirova maʼlumotlar keltirar ekan Tabariyning bayoniga asoslangan holda oʻsha Fargʻona hukmdori vorisxoʻrining qarorgohi Quvada boʻlganligini taʼkidlab oʻtadi: “Nasr Shoshda oʻzining noibi Nizak ibn Solihni qoʻyib oʻzi boʻlsa Fargʻonaga yurish qildi. Nasr qoʻshinlari bilan Fargʻona hukmdori vorisxoʻri oʻrtalarida Quva shahri yaqinida boʻlib oʻtgan bir necha janglardan soʻng fargʻonaliklar sulh tuzishni taklif qildilar”.X asrning ikkinchi yarmi va X asrning birinchi choragida yashab oʻtgan arab sayyohi va geograf olimi Abu Isʼhoq Ibrohim ibn Muhammad al- Forsiy al-Istaxriy Qubo toʻgʻrisida shunday yozadi: “Qubo kattaligi jihatidan Axsikentga tengdir. Viloyatning eng xushmanazara joyidir. Bu yerda koʻhandiz, shahriston va rabod bor. Koʻhandiz xaroba holida. Jomeʼ masjidi koʻhandizda joylashgan. Bozor, amir saroyi, va zindon rabodda joylashgan. Rabod devor bilan oʻralgan boʻlib, u yerda bogʻlar va oqar suvlar serobdir”. Qubo arkining X asrdayoq vayron holida boʻlishiga akademik V.V. Bartold quyidagicha izohlagan edi: “Bu Fargʻonada birdan bir hodisa boʻlsa kerak. Bu hol Buxoro va Samarqandda boʻlgani kabi Quboda ham qalʼani bi vaqtlar arab askari tarafidan ishgʻol qilinganligini koʻrsatmoqda”. Ushbu maʼlumotlardan koʻrinadiki, Qubo shahrida arablar bilan qattiq janglar tarixda boʻlib oʻtgan va u “Safed Bulon qissasi”da ham oʻz ifodasini topgan.
Shu oʻrinda mushohada uchun tarixiy maʼlumotlarga murojaat qilsak. Xalifa Mansur zamonlarida (754-775) Xuroson noibi Nasr ibr Sayyorning oʻgʻli Lays ibn Nasr Fargʻonani xalifalikka boʻysundirish uchun qoʻshin bilan Fargʻonaga keladi. Bu yurishda islom lashkari zafar quchib, Fargʻona hukmdori katta oʻlpon toʻlashga majbur boʻladi. Shu bilan birga Fargʻona hukmdori oʻzining Boychura ismli yaqin kishisini xalifalikka elchi qilib yuboradi. Xalifa fargʻonalik elchiga islomni qabul qilishini taklif qiladi. Biroq Boychura islomni qabul qilmaydi. Bundan gʻazablangan Xalifa majburan boʻlsada, uni islomga kirgizmoqchi boʻladi. Elchiga turli qiynoqlar bilan azob berishmasin u oʻz dinida sodiq qoladi. Natijada xalifa Mahdiy (775-785) zamoniga qadar zindonda yotishga majbur boʻladi. Boychuraga har gal “Islomni qabul qil”, deya taklif qilsalar, u “Meni elchi etib yuborgan hukmdorimga hech qachon xiyonat qilmayman”, deb javob beravergan.
Bu hol qadimgi davrlardayoq Turon zamin xalqlari jumladan, fargʻonaliklarning oʻz dini va hukmdorlariga nisbatan qay darajada sadoqatli ekanliklaridan dalolat beradi. Ehtimol aynan shu jihat uchun ham keyinchalik fargʻonaliklar xalifalikda yuqori mansablarga erishgandirlar. Chunonchi, Muhammad (s.a.v)ning amakilari Abbos avlodlari boʻlmish Abbosiylar sulolasi (750-1258) toʻgʻrisida soʻz yuritgan muarrixlar Horun ar-Rashid (786-809) hukmronlik davrini xalifalikning “Oltin davri” deb eʼtirof etadilar. Oʻsha davr tarixchilarining yozishlaricha, Horun ar-Rashid qoʻlida shu qadar koʻp boyliklar toʻplangan ediki, “Dunyo paydo boʻlgandan buyon hech kim uningdek bu qadar molgʻmulk qoldirmagan”. Ana shunday behisob boyliklar sohibi, ulkan saltanat hukmdori boʻlmish Horun ar-Rashidning yonida Movarounnahrdan jumladan, Fargʻonadan yetishib chiqqan insonlar turganligini hisobga olsak, Abbosiylar xalifaligida Turon xalqlarining oʻziga xos alohida mavqei boʻlganligining guvohi boʻlamiz. X asrda yashab oʻtgan arab olimi Abul Faraj al-Isfahoniy oʻzining mashhur “Qoʻshiqlar kitobi” asarida Horun ar-Rashidning xos qoʻriqchisi Masrur al-Fargʻoniy toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar keltiradi. Unga koʻra, Horun ar-Rashid xazinadagi katta miqdordagi boyliklar, Mazkur saltanatda yuz berayotgan muhim voqealar ham aynan Masrur al-Fargʻoniy tomonidan xalifaga yetkazish bilan birga bu boradagi kerakli topshiriqlarni ham bajarishni oʻz zimmasiga olib kelgan. Masalan, Abul Faraj al-Isfahoniyning taʼkilashicha, Horun argʻRashid oʻz davrining buyuk musiqachi va xushovoz qoʻshiqchisi Ibrohim algʻMosuliy (742-844) xonadoniga yuz ming dirhamni olib borishni ham Masrur al-Fargʻoniyga topshiradi. Abul Faraj al-Isfahoniyning ushbu maʼlumotlarini yana bir muhim jihati shundaki, Abbosiy xalifalarning ishonchli va sadoqatli ayonlari koʻp hollardi Movarounnahr zaminida tugʻilib oʻsgan shaxslar edi. Bagʻdod shahrida butun bir mahalla turkiy aholidanginaniborat boʻlib, shahar koʻchalarida turkiy tilda soʻzlashuvchi kishilar hech kimni hayratda qoldirmagan. Shu sababdan Masrur al-Fargʻoniydek xalifalikning eng chekka oʻlkasidan kelgan turkiyzabon amaldorlar va olimlar davlatning barcha ishlariga aralashganlar va Abbosiylar hukmdorlariga oʻz soʻzlarini oʻtkazish darajasiga erishgan edilar. Mashhur tarixchi Yoqut Hamaviyning (1179-1229) yozishicha Abbosiy xalifa Ibrohim ibn Mahdiy turkiy tilda bemalol soʻzlasha bilgan.18
Atoqli olim H.Hasanovning keltirgan maʼlumotlariga koʻra, Xalifa Muʼtasimning (833-842) onasi Marida ham Soʻgʻdda tugʻilgan. Shu sababdan Muʼtasim davrida Soʻgʻd, Fargʻona, Ustrushono va Shosh yigitlaridan turkiy gvardiyaga askarlar olingan, ular xalifa taxtining tayanchi boʻlganlar. Muʼtasimning Oʻtamish ismli bir vaziri ham turkey boʻlgan. Shunday ekan dunyo xalqlari madaniyatiga, ilmgʻfan taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan Movarounahrdan yetishib chiqqan koʻplab olimlarning aynan Bagʻdod shahrida yashab ijod qilishida Masrur al-Fargʻoniydek
vatandoshlarining ham oʻziga xos hissasi boʻlganligi ehtimoldan xoli emas.
Aytib oʻtish joizki, Fargʻona vodiysida islom barqaror bo'lgach, bu zamin musulmon dunyosida mashhur islom dinining yoʻlchi yulduzlarining vataniga aylandi. Aholisining katta kichigi oʻsha davrlardan boshlab oʻzlarining mustahkam eʼtiqodi bilan dovrugʻ qozondilar. Soʻzimizning isboti tariqasida Najib Hamadoniyning (XII asr) quyidagi taʼrifini keltirsak: “Fargʻona ahli eʼtiqodda sobitdir. Bu yerda kimki vafot etsa, barcha janozaga yigʻilmaguncha marhumni dafn etmaydilar. Qachonki hamma yigʻilib, janoza namozi oʻqilgach, qabriston sari yoʻl oladilar. Ular musulmonchilikning barcha ahkomlarini sidqidildan bajarishga
odatlanganlar”.
Yana “Safed Bulon qissasi”dagi voyeqealarga eʼtiborimizni qaratsak. Unda bayon qilinishicha, hazrati Shoh Jarir Axsi sari ravona boʻlib, daryo labiga kelgach, oʻz qarorgohini tikadi.
Shu oʻrinda Axsi yoxud Axsikent toʻgʻrisida. X asrda yozilgan muallifi nomaʼlum boʻlgan “Hudud ul-olam” kitobida “Axsikat– Fargʻonaning qasabasi, amir va masʼul ayonlarning qarorgohi erur, katta shahar. Xashart (Sir) daryosi boʻyida”, degan maʼlumotlar keltiriladi. Shu oʻrinda Istaxriy keltirgan maʼlumotlar diqqatga
sazovordir: “Fargʻona viloyatning nomi boʻlib, keng va boy hamda aholisi koʻpdir.
Poytaxtini Axsiket deb ataydilar. Axsiket choʻlda daryoning chap qirgʻogʻida joylashgan. Unda koʻhandiz, shahriston va rabod bor. Amir saroyi va zindon koʻhandizda, Juma masjidi shahristonda va iyd namozgohi Choch daryosining labida joylashgan. Shaharning uzunligi uch farsaxdir. Shahar rabodi devor bilan oʻralgan. Ichki shahristonda besh darvoza bor. Bular Dari Boʻjir, Dari Markasha, Darvozayi Koson, Dari Masjid Odina va Dari Odinahamda Dari Rixonadir. Shahriston va rabodda oqar suv va hovuzlar koʻp. Har bir darvozaning oldi bogʻu
boʻstondir”. Xitoy solnomalarida VII-VIII asrlarda Ninyuan (Fargʻona)
hukmdorlarining qarorgohi daryoning chap tomonidagi Sigyan (Axsikent)shahrida boʻlganligi tilga olinadi.
Bundan koʻrinadiki, arablarning harbiy yurishlari davrida Fargʻonada ularga qarshi tura oladigan yana bir kuchli shahar bu shubhasizki Axsikent, yaʼni qissada
Axsi deb yuritilgan shahar mavjud edi-ki bu shaharni etmasdan islom qoʻshini oʻz harakatlarini davom etirolmas edi. Shu sababdan “Safed Bulon qissasi”da Qubodan soʻng arablarning yurishi Axsiga bejiz uyushtirilmagan edi.
Dostları ilə paylaş: |