2.3.Buvayda ziyoratgohlarining “Safed Bulon” bilan aloqadorligi.
“Safed Bulon qissasi”da bayon qilinishicha, Kosonga yaqin kelgan Shoh Jarir oʻz mungshiysiga noma yozdiradi va ikki kishini noma bilan Kosonga yubormoqchi boʻladi. Shunda sahobalardan Aslam va Abdurahmon nomani olib borishga ijozat soʻraydilar. Hazrati Shoh Jarir ulardanbehad xursand boʻlib ikkisiga ruxsat beradi. Ular Kosonga borayotib Ixshit lashkariga duch keladilar. Aslam va Abdurahmon ularga hamla qilib yuz oltmish Ixshit lashkarini yer tishlatib, Koson shahriga kirib
boradilar. Elchilarning qilgan ishlaridan xabar topgan Ixshitning rangida rang qolmaydi. U elchilarni zarin kursiga oʻtqazib, ne maqsadda qayerdan kelganliklarini soʻraydi. Ular “Madina shahridan mugʻi tarsoni musulmon qilgani keldik”, javob beradilar. Shu vaqtda Ixshitning yonida onasi ham bor edi. U aytadi: “Biz Ajamlik Noʻshiravon naslidanmiz. Bu iqlimda hamma taxt biznikidir. Sizning bu yerda haddingiz yoʻqdir”. Shunda elchilar musulmonlikni qabul qilsanglar taxtingiz ham baxtingiz ham oʻzingizga, boʻlmasa na shahar, na qishloq, sizgadir deydilar. Ixshitning bu soʻzlardan jahli chiqib ketadi va arablarga behuda soʻzlar ayta boshlaydi. Shunda Aslam turib nomani oʻqib beradi. Nomani eshitgach Ixshit gʻazabga minadi. U arablardan shikast topgan Yazdigardning lashkari boʻlmaganligini, uning boʻlsa, qirq ming lashkari borligini, ularning har biri ming kishiga barobar ekanligini aytadi. Ixshit elchillarga “Madinaga qaytinglar boʻlmasa mendan hech bir kishi omonlik topmaygay”, deydi. Ixshit echilarni qoshiga oltmish botmonlik qilichini olib kelib oʻz kuch qudratini namoyish qiladi. U “Mening kuchimdan ular qoʻrquvga tushadilar”, deb oʻylaydi. U qilichni Aslamga berib kuchinni koʻrsatishni talab qiladi. Aslam oltmish qilgan boʻlsalar qoʻli bilan tizzasiga urib qilichni ham ikkiga boʻladi. Aslam yana bir bor qudratini namoyish qilish uchun saroy ustunni koʻtaradi va buni koʻrib, saroyda barcha dod faryod qila boshlaydi. Ular tavallolar qilib zoʻrgʻa Aslamni qoʻlidin ustunni ayirib oladilar va
uning qudratiga tahsin aytadilar. Shundan soʻng Ixshit elchilarga oʻz elchisini qoʻshib joʻnatadi Ixshitni elchilaridan biri hazrati Shoh Jarir soʻzlarini tinglab musulmonlikni qabul qiladi. Elchilardan biri esa qaytib ixshitga boʻlgan voqealarni soʻzlab bergach, Ixshit arablar bilan urush qilgani qodir emasligiga koʻzi yetib, Kosonni tark etadi. Ixshit shundan soʻng Ungʻor hokimi Karvonbas deganga qochib borib, maslahat soʻradim. Karvonbas Ixshitga maslahat berubdurki, Zarkanddagi bogʻinga borub yoshinib yotgil, arablarni ishni oʻzim saranjom qilurman. Ixshid Kosonni tark etgach, hazrati Shoh Jarir asʼhoblari bilan Kosonga kirib keladilar. Kosonda ham musulmonlar boʻlib, zaruriyat yuzasidan dinlarini pinhon tutib yashar edilar. Oʻsha kun Shoh Jarir Kosonga kelgach, Koson musulmonlari uni zoʻr izzat-ikrom bilan kutib oladilar. Hazrati Shoh Jarir ulardan Ixshidni qayerga ketganligini soʻraydi. Shunda ular Ixshitni Koʻhi Ungʻordagi Karvonbas oldiga ketgan boʻlsa kerak deb, Karvonbasni kim ekanligini taʼriflab beradilar. Shundan soʻng hazrati Shoh Jarir Karvonga, Karvonbas oldiga ravona boʻladi va Karvonga kelib Karvonbasga noma kirgizdilar. Karvonbas nomani oʻqib makr ishlatib Shoh Jarirga musulmonlikni qabul qilganligini bildiradi. Yolgʻondan iymon keltirgan Karvonbas Shoh Jarirning ishonchiga kirish uchun qizi Bibi Ubaydani turmushga beradi. Shu tarzda rivoyatlarda aytilganidek Bibi Ubayda paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga kelin boʻlibgina qolmay Fargʻona muzofotida islomni qabul qilgan birinchi ayollardan boʻlib qoladi. Bir vaqtning oʻzida u Ixshitni oʻzining qabih rejalaridan voqif qilib turadi. Karvonbasning maslahati bilan Ixshit hazrati Shoh Jarirga noma bitdi. Ushbu nomada agar hazrati Shoh Jarir Ixshitning gunohidan kechsa, butun moli davlatini unga fido qilib, oʻzi esa hazrati Imomga jilovdor boʻlib, umrini oxirigacha uning xizmatida turish birdan-bir orzusi ekanligi bayon qilingan edi. Karvonbas ushbu nomani olgan zahoti hazrati Shoh Jarir oldilariga keldi. Karvonbas nomani oʻqigach, hazrati Shoh Jarir hayron boʻladi va bularni bari makr-hiyla boʻlsa kerak deb oʻylaydi.21
Nomadagi xabar barcha musulmonlarni shod qiladi. Ular oʻylaydilarki, chindan ham Ixshid ixlos bilan tavba qildi. Ammo bularni barchasi makr hiyla ekanligini Karvonbas va Ixshitdan boʻlak hech kim bilmas edi. Shu bois arablar xotirjam boʻladilar. Shundan soʻng Karvonbas Shoh Jarirni mehmonga taklif qiladi. Karvonbasning shum niyatidan bexabar boʻlgan hazrati Shoh Jarir toʻrt yuz sahobalar bilan Koʻhi Ungʻorga ziyofatga joʻnaydilar. Karvonbas ularning kelishiga kimxobdan poyondoz solib laʼlu feruzalardan yasatilgan toʻrta taxti murabbaʼ tuzadi. Banogoh hazrati Shoh Jarir Axsi tomon shikorga chiqmoqchi boʻladi va Bibi Ubaydani ota-onasi huzurga bir–ikki kunga mehmon boʻlib kelish uchun yubora turib men shikordan kelgunimcha anda turgʻil, deya Axsi sari ravona boʻladi. Bibi Ubayda oʻsha kun otasining uyiga keladi. Biroq Bibi Ubayda uyiga kelgan vaqt otasi Karvonbas Ixshitdan noma olgan edi. U nomani qizi bilmasligi uchun uni uyiga qaytarmoqchi boʻladi. Bibi Ubayda otasiga Shoh Jarir Axsidan shikordan qaytmagunga qadar shu yerda boʻlishini tayin qilganligini aytadi. Biroq Karvonbas Bibi Ubaydani qanday boʻlmasin ketishini xohlaydi. Otasining bu feʼliga tushuna olmay Bibi Ubayda koʻp yigʻlaydi. Nahot otam meni oʻz uyimga sigʻdarmasa deb. Onasi qizini gʻamnok boʻlganligini koʻrib saroydagi baland manzarada chiqib yotgin deydi va onasining soʻzi bilan u oʻsha manzarali joyga chiqib uyquga boshini qoʻyadi. Bir vaqt uyqudan uygʻonib bir xonada otasi oʻz ayonlari bilan Shoh Jarirga qarshi fitna tayyorlatganidan xabar topadi va zudlik bilan Bodakka1 yoʻl oladi. Bu shum xabarni oxir oqibat Shoh Jarirga maʼlum qiladi. Hazrati Shoh Jarir koʻnglida bu fitnaga ishonch bovar qilmay Bibi Ubaydani yupatadi va erta tongla sahobalarni mashvaratga chorlaydi. Hazrati Shoh Jarir Bibi Ubaydadan eshitganlarni aytmay barchani ogohlikka chorlaydi. Sahobalar Shoh Jarirning rangi roʻyini koʻrib hayron boʻladilar. Biroq Shoh Jarir ularni sirdan voqif qilmaydi. Oʻshal vaqt sahoba Ukrima uning qoshiga kelib koʻrgan tushini bayon qiladi. Tushida Ukrima Rasulullohning koʻzida yosh oqayotgan holda koʻrganligini va Muhammad mustafo(s.a.v.) sahobalar namozi jumaʼga borgan chogʻlari mugʻlar ularga hujum qilishlarinini eshitganligini aytib, Rasuli akramning aytganlarini soʻzlaydi. Hazrati Shoh Jarir jumaga qadar tunlarni bedor oʻtkazib, Allohga munojotlar bilan tonglar ottiradi. U Karvonbasning makrini, uning Ixshit bilan tuzgan rejalarini oʻylab barini Xudoga soladi. Erta tongda hazrati Shoh Jarir vaqti bomdod namozi masjidga kiradi. Masjidda barcha asʼhoblar bilan namozlarini ado qiladilar. Shundan soʻng oʻtgan ishlarni xotiralab birgʻbirlari bilan rizoliq ayladilar va har tarafga ravona boʻladilar. Hazrati Shoh Jarir otlanib, barcha lashkarini tomosho qilib, hamma chodirning boshiga boradi.
Har biriga iltifot qilib, ularning koʻnglini topadi. Ular qaytganda jumʼa vaqti boʻlgan edi. Otdan tushib masjidga kiradi. Imomatga Ukrima oʻtib, uzun surani oʻqiydi. Namozning yarmiga yetganda gʻavgʻoyi qiyomat boshlanadi.
Hozirda Xoʻja Alamdor va uning oʻgʻli shahid boʻlgan yerda mozorlari boʻlib ziyoratgohga aylangan. Aytishlaricha, Xoʻja Alamdor mozorining tepasida koʻngli pok, iymoni butun insonlarga oʻsha kun osmonda muallaq turgan tugʻ koʻrinar emish. Taʼkidlab oʻtish joizki, Oʻrta Osiyodagi mavjud arab jangchilari nomi bilan bogʻliq ziyoratgohlar orasida tugʻ koʻtarib borgan, yaʼni alambardorlarning mozorlari ham uchraydi.
Tadqiqotlarimiz davomida Oʻrta Osiyodagi mavjud Alam ota yoxud Alamdor ziyoratgohlarini koʻp hollarda aholi tomonidan Hazrat Ali nomi bilan bogʻlash holatlari mavjud ekanligini aniqladik. Masalan, Turkmanistonning Kerki shahridan taxminan 15 chaqirim shimoliygʻgʻarbda joylashgan Alambardor mozorini olaylik. Naql qilishlaricha, ushbu mozorga hazrat Alining lashkarboshilaridan biri boʻlgan
hazrat Alambardor dafn etilgan. Tugʻ bilan bogʻliq rivoyatlar Sharqiy Turkistonning Xoʻtan viloyatidagi Imom Jaʼfar mozori toʻgʻrisidagi rivoyatda ham oʻz aksini topgan: “Imom Jaʼfar nihoyatda kuchli va botir zot ekan. Kunlarning birida u butparastlar bilan jang qilibdi. Shunday shiddatli jang boʻlibdigʻki, Imom Jaʼfarning qoʻshini oʻzidan necha hissa koʻp dushmanni yer tishlatgan boʻlsa-da, oʻzlari ham boragʻbora ozayib qolibdi. Shunday boʻlsa-da, yana jasurlik bilan jangni davom ettiribdi. Oxirida tugʻdor bilan Imom Jaʼfar ikkisi qolibdi. Yana koʻp dushmanlarni qirib tashlabdi. Bir payt tugʻdor yiqilibdi. Imom Jaʼfar darhol tugʻni chap qoʻliga olib, oʻng qoʻli bilan jang qilibdi. Behisob butparastlar uni qurshab, qistab kelibdi. Ular birgʻbir kelib oʻlib tursagʻda, ortga qaytmabdilar. Bu paytda butparastlar Imom Jaʼfarning chap qoʻlini kesib tashlabdi. Imom Jaʼfar tugʻni dushman qoʻliga topshirib qoʻymaslik uchun, tugʻni boʻynigʻa qisib turib jangni davom ettiribdi. Bir ozdan keyin butparastlar uning oʻng qoʻlini ham kesib tashlabdi va bir necha butparast nayza urib, Imom Jaʼfarning tanasini nayza bilan baland koʻtarib, oʻzlarining gʻalabasidan xushhol boʻlishibdi. Shu chogʻda Imom Jaʼfar koʻnglida Parvadigorga: “Ey Rabbim, sendan tilayman. Jasadimni bular oldida xor qilmagaysen”, deb iltijo qilibdi. Parvardigordan amr boʻlibdi. Imom Jaʼfarning jasadi nayza uchidan koʻtarilib, osmonga parvoz qilib “Yo charo, yo kayo” deb ovoz chiqarib uchib ketibdi. Buni koʻrgan butparastlarning aqlli lol boʻlib, ogʻzilarini lang ochganlaricha dong qotib qolibdi”.Aytib oʻtish joizki, yozma manbalar ham arablarni Kosonda qarshiliklarga duch kelganliklarini va ular bu yerda qattiq janglar olib borganliklarini tasdiqlaydi. Balazuriyning yozishicha Imom Qutayba ibn Muslim Kosonga kelganidan soʻng oʻzining lashkaridan bir qismini qoldirgan. Bunga sabab mahalliy hukmdorni isyon koʻtarishidan choʻchiganligi boʻlsa kerak. Tabariyning keltirishicha, Qutayba haqiqatdan ham Isom ibn Abdulloh al-Boxiliy ismli arab lashkarboshisini Fargʻonaga noib etib tayinlagan. Demak Isom ibn Abdulloh al-Boxiliy qoʻl ostida bir necha ming arab lashkari (ular turli millat va elatga mansub boʻlgan yollanma qoʻshin boʻlgan) ham Fargʻonada qolgan boʻlsa kerak. Maʼlumotlarga koʻra, Isom ibn Abdulloh al-Boxiliy koʻp oʻtmay oʻldirilgan. Arab lashkarining taqdiri esa bizga nomaʼlum. 22
Taʼkidlab oʻtish joizki, Shoh Jarir toʻgʻrisidagi rivoyatlar qadimda Fargʻona xalqlari orasida juda mashhur boʻlgan. Shu sababdan mahalliy aholi vodiy hududidagi bir qancha ziyoratgohlarning paydo boʻlishining sabablarini aynan Shoh Jarir (Shoh Jalil) nomi bilan bogʻlaydilar. Masalan, Namangan viloyatidagi Abdurahmon Afv mozorini olaylik. Rivoyatga koʻra, Xoʻja Abdurahmon ibn Avf4 Samarqandga kelib odamlarni islomga targʻib qiladilar, hamda bu yerda 40 yil podshohlik qiladilar. Soʻngra oʻz yurtlarini sogʻinib, podshohlikni topshirib, Madinaga yoʻl oladilar. Balx shahrida Movarounnahr ahli islomning ahvoligʻruhiyatidan xabar olish kelayotgan paygʻambarimizning nabiralari Shoh Jarir bilan uchrashib qoladilar va u kishiga hamroh boʻlib ortga qaytadilar. Surxon zaminida bir muddat turib qoladilar. Soʻngra safarlarini davom ettirib, Fargʻona vodiysiga yetib keladilar va Qubo shohi huzuriga elchi boʻlib kirib, islom dinini haq din ekanligini targʻib qilib, islomga kirishiga daʼvat qiladilar. Xoʻja Abdurahmon ibn Avf Qubo shahridan chiqib Axsikent va Chindovulga boradilar. Shunday kunlarning birida jamoat namozini oʻqib turganlarida din dushmanlari masjidga bostirib kiradilar va 2700 kishini shahid qiladilar. Faqat birinchi safda turganlargina omon qoladilar. Ular ham sarosimada qolib har tomonga qocha boshlaydilar.
Xoʻja Abdurahmon ibn Avf qibla tomonga yuradilar va Karnon qishlogʻiga yetib keladilar. Bu vaqt erta bahor boʻlib, qoʻsh haydab, bugʻdoy ekayotgan odamga duch keladilar. “Men bir musofirman, qornim och mana shu uzuk evaziga menga yegulik topib bering”, deb unga 7 misqolli tilla uzuklarini beradilar. Yigit yegulik keltirguncha uning yerini haydab turadilar. Non va yeguliklarni olganidan soʻng Mashhad qishlogʻiga keladilar. Ariqning boʻyida oʻtirib non yeb turgan vaqtlarida orqalaridan taqib qilib kelayotgan dushmanlar yetib kelib hujum qiladilar. Allohdan yolborib panoh soʻraganlarida atroflarida ulkan daraxtzor – chilonzor paydo boʻladi(bu chilonzor ham mavjud boʻlib, mahalliy halq uni Chilonbuva deb
ataydi). Dushman kamonlari oʻqidan 73 joylaridan yaralanib daraxtzor ichida qolib ketadilar. Bu davrda Popning Uygʻur qishlogʻidagi zamindorning qizi islomga kirgan boʻlib, Abdurahmon ibn Avfning ahvollari unga ayon boʻladi va yordam berish uchun xizmatlariga yetib keladi. Bir muddat parvarish qilgandan keyin koʻtarib, hozirgi Sumbulbuva deb ataluvchi joyga olib keladi. Bu yerda yuvib, toza kiyimlar kiydirib, hozirda Shavlabuloq deb ataluvchi joyga olib boradilar. Shundan keyin hozirda Mozorbuva deb ataluvchi joyga olib keladilar. Shu payt qizning qarindoshgʻurugʻlari izlab kelib qoladilar. Abdurahmon ibn Avf qizga “meni shu joyga qoʻyib, oʻziniz yuqoriroqqa yuring”, deb iltimos qiladilar va shu joyda gʻoyib boʻladilar”.
Hazrati Shoh Jarir Bibi Ubayda bilan ketganidan bexabar boʻlgan kanizak Bibi Bulon (Bu Bulon, Buvi Bulon) ularning xolidan bexabar qoladi. Bibi Bulonning yuz terisi qora boʻlsada, koʻngli pok boʻlib, Bibi Ubaydaga doʻst va emikdosh qiz boʻlgan. Bibi Bulon mugʻlardan urush toʻxtab musulmonlarni barchasi qirilganini eshitib, musulmonlar shahid boʻlgan yerga yetib boradi.
Bu haqda “Turkistondagi havaskor arxeologlar toʻgaragining 1899-yildagi maslijlar bayoni va xabarlari” toʻmlamida chop etilgan “Koson shahri va mugʻ toifasi xususidagi xabarlar” nomli maqolada quyidagicha hikoya qilinadi: “Mulxaqot as-suroh”degan kitobda aytibdurlar ushbu arabiy tilan ilan... Ushbu zikr boʻlmish arabiy qissani maʼnisi shuldurkim: “ Safid Bulon mavzeda... urushda oʻlgon shahidlarni boshlari va jasadlari bor ekan. Mazkur mavzeda boʻlgon urush toʻgʻrisida janob hazrati Usmon roziyallohu anhu Affon oʻgʻli gʻazot qilish uchun, yaʼni mugʻ jamoasi ilan urush qilmoq uchun Muhammad bin Jarirni sardor lashkar qilib 34 nchi tarix hijriyda ikki ming yetti yuz sahoba va tobeʼinlardan yuborgan ekanlar. Mazkur zikr boʻlmish odamlar mazkur mavzegʻa kelib, yaʼni Korvonbast degan bir qabila mugʻ otashparast jamoasi ilan mazkur mavzeda urush va gʻazot qilib mazkur sahoba va tobeʼinlarni aksarlari shahid boʻlgon ekanlar. “Hazrati Shoh Jarir” kitobini musanifi aytibdurkim, ushbu kitob avvalda arabiy tilida tasnif boʻlgon erdi. Soʻngra forsiy tiligʻa tarjima qilib, forsiyni turkiy tiligʻa tarjima qilib erdim deb.
Mazkur kitobda aytibdurkim, hazrat Ali (r.a.) oʻz xilofat (xalifalik) vaqtlarida oʻttuz toʻqqizinchi tarix hijriyda Abdulloh Omir degan bir kimarsani sakkiz ming lashkargʻa bosh qilib, Turkiston viloyatini olgʻani ismi Qoʻchqorbosh Tajubosh oʻgʻli degan bir jamoa otashparast mugʻ bilan gʻazot qilishgʻa yuborgan ekanlar. Mazkur Abdulloh Omir lashkari ilan Turkiston viloyatida hukmronlik qilib turgan ekanlar. Mazkur Abdulloh Omir Turkiston viloyatida to muddati Shoh Jarir Madanai munavvaradan ushbu Fargʻona viloyatigʻa doxil boʻlgʻon vaqtlarigʻacha bor ekanlar. Soʻngra hazrat Ali (k.v.) vafot tobgandin soʻng bir necha vaqtlar arab viloyatida urushlar koʻb boʻlub oxir 40 nchi tarix hijriyda Yazid degan hazrat Muoviya oʻgʻli Arabiston viloyatigʻa xalifa boʻlub ekan. 42 nchi tarix hijriyda mazkur Turkiston viloyatida turmish Abdulloh Omirgʻa mazkur mugʻlar gʻalaba qilgʻondin soʻng mazkur Abdulloh Omir Madinagʻa xat qilgon yordam uchun. Ushbu vaqtda Madinai munavvarada hazrat Shoh Jarir Usmon (r.a.)ni oʻgʻli va Qusam ibn Abbos va imom Ukrima va ham bir necha arablar kattalaridan bor ekanlar. Mazkur Abdulloh Omirni yuborgan xatini koʻrub soʻngra maslahat qilib va bir necha lashkar jam qilub mazkur Abdulloh Omirgʻa yordam berish uchun mugʻ jamoasi ilan gʻazot qilmoqgʻa Fargʻona viloyatigʻa joʻnab Madinai munavvaradan chiqub Kufa shahrigʻa borib Ubayduloh Ziyod oʻgʻlini oʻldurub va bir necha kun turub, Kufa shahridin Asqalongʻa borib va bir necha mazkur Asqalonda turub ondin oʻtub Bagʻdod shahrigʻa kelub, bir necha kun turub, ondin joʻnab Samarqand shahrigʻa kelibdurlar. 23
Bir necha kun Samarqandda turub asboblarini tayyor qilub, ondin joʻnab Qubo shahrigʻa kelub Xushdod degan ulugʻi mugʻlar jamoasidin ekan. Mazkur Qubo shahrida urush qilub, mazkur Qubo shahrini ulugʻi Xushdodni oʻldurub, Quboni oʻzlarigʻa tobeʼ qilib, bir necha kun turub, ondin joʻnab Axsi degan shahargʻa kelub, Hurmuz degan ulugʻ mugʻ jamoasidin ekan. Mazkur Hurmuz mazkur Shoh Jarir ilan urushub shikast topib Hurmuz qoʻlgʻa tushub iymongʻa taklif qilsalar unamabdur. Mazkur Hurmuzni oʻldurubdurlar. Mazkur Axsini oʻzlarigʻa tobeʼ qilib, bir necha kun turub, ondin joʻnab Chaydur degan mavzega qoʻnub Koson shahrini ulugʻi mugʻ Ixshitgʻa noma yuboribdurlar. Mazkur Ixshit nomani koʻrub lashkari ilan Zarkent degan joygʻa qochub ketibdur. Mazkur Koson hazrat Shoh Jarirgʻa tobe boʻlgondin soʻng, hazrat Shoh Jarir Korvon bast degan mugʻ jamoasini Jarir noma yozibdurlar. Mazkur Korvonbast nomani koʻrub, urushmay tadbir qilib oʻz qizi Bibi Ubayda degonni hazrat Shoh Jarirgʻa xotunliqgʻa bergon ekan va yana mazkur Korvonbast Bibi Bulon degon xotunni mazkur qizi Bibi Ubaydagʻa xizmatkorlik toʻgʻrisigʻa qoʻshub yuborgan ekan. Ushbu tariqada doʻstlik robitasi ilan bir necha vaqt oʻtgondin soʻngra mazkur Koson ulugʻi Zarkentgʻa qochub ketmish mugʻ Ixshitdan mazkur Korvonbastgʻa noma boʻlubdur. Mazmuni shuldirkim, “namozi jumaʼ vaqtida urush qilsak”, deb mazkur Korvonbast ushbu nomagʻa amal qilub ittifoq ilan bir jumaʼ kuni namoz oʻqub turgon vaqtda urush boshlab hazrat Shoh Jarir bilan kelgan askarlarini aksari 2700/8200 adad odam darajai shahodatgʻa yetkan ekan. Soʻngra hazrat Shoh Jarir va xotunlari Bibi Ubayda va Qusam ibn Abbos va ham bir necha boqiy qolgʻonlar ilan qochub Koson ilan oʻtub Axsigʻa qoʻnub, Axsidan chiqub Samarqand shahrigʻa borib, ondin joʻnab Madinai munavvaragʻa borgʻon ekanlar. Mazkur Qusam ibn Abbos hazrat Shoh Jarirdan ajrab Samarqand shahrida qolgon ekanlar. Mazkur Korvonbast oʻz qizi Bibi Ubayda ilan hazrat Shoh Jarirgʻa xizmatkorlik toʻgʻrisigʻa qoʻshub bergan mazkur Bibi Bulon mazkur urush vaqtida mazkur Korvonbast uyida ushbu hodisadin bexabar qolgon ekan. Urush tamom boʻlgondin soʻng mazkur Bibi Bulon Xojasi va ham Bibisini oʻlgon fahmlab, oʻluklarni ichidin mazkur Xojasi va ham Bibisini oʻlugini tobmoq uchun koʻb harakat qilib, mazkur shahidlarni oʻluklarini bir necha vaqt tamoman qon va tufroqdan yuvib toza qilub koʻrgonida mazkur Shoh Jarir va ham Bibi Ubaydani oʻluklarini tobmabdur. Ondin soʻng mazkur joyda shahodat tobgan jamiʼ oʻluklarni boshlarini bir joygʻa jam qilub, eʼzoz va ikrom ilan koʻmgan ekanlar. Mazkur Bibi Bulon mazkur shahidlarni boshlarini yaxshi hurmat qilub eʼzoz va ikrom ilan koʻmgan sababdan Xudoyi taolo mazkur Bibi Bulonni badanlarini oq qildi. Na uchunkim, ilgari tamom aʼzolari qaro ekan. Ushbu voqeadan soʻngra xalq orasida mazkur Bibi Bulonni Xudoyi taolo aziz va mukarram qilibdur deb aytibdurlar. Vollohi aʼlam bil savob. 1899 nchi yilda 27-iyulda yozildi”.
Elshunos olim S.N.Abashin Safed Bulon xususida quyidagi maʼlumotlarni keltiradi:“Bu Bulon ismli Qora ayol (yoki Bilol)Shoh Jarir va uning xotiniga xizmat qilagan. Oʻz homiylarini boshini toppish maqsadida u yigʻlab halok boʻlganlarning kallasini yuvgan. Oʻzi esa qaygʻudan oqarib ketgan (boshqa taxminlarga koʻra kallalarni yuvaverib qoʻlidan suyagiga qadar sidirilib ketgan). Shundan soʻng bu moʻjiza mahalliy xalq va Karvonbasni islomni qabul qilishga majbur qilgan. Bu Bulon vafotidan soʻng uni Kallaxona yoniga dafn qilganlar. Shu tariqa Bu Bulon mozori paydo boʻlgan. Keyinchalik qishloqning nomi ham uning nom bilan “Safed Bulon” deb atalgan. Bu Bulon mozorida faqat ayollar duolar oʻqiydilar. Bu Bulon qabriga hech kimning koʻzi tushmasligi uchun ziyoratchilardan oq mato bilan toʻsib qoʻyilgan. Safed Bulon mozorining qarovchilari ham shu ayol avlodlari boʻlgan”. Hozirda Bu Bulon(Buvi Bulon, Bibi Bulon) tomonidan shahidlar kallasi yuvilgan tosh “Taxti sangin” deb ataladi. Darhaqiqat ushbu toshni koʻrgan har bir kishi toshdagi oʻyiq izlar taajjubga soladi. Chunki shu oʻyiq izlar goʻyo shahidlar kallasini iziga oʻxshaydi. Bu Bulonni nuqradek oqarib ketganligini koʻrgan mugʻlarni baʼzilari iymon keltirib musulmon boʻladilar. Bundan xabar topgan Ixshit Bu Bulonni huzuriga chorlaydi. Koʻrdiki, chindan moʻjiza sodir boʻlgan. Ixshit buni koʻrgan mugʻlar barchasi musulmon boʻlib, dinimizning shoni ketgay, deb gʻazab bilan Bu Bulonga nega, dushman boshini yuvding? deya soʻraganida Bu Bulon Ixshitga qarab soʻzlar aytadi. Hozirda shahidlar kallasi koʻmilgan joy Kallaxona deb atalib, ziyoratchilar dastlab shu mozorni ziyorat qiladilar. Shu oʻrinda Safed Bulon ziyoratgohi borasida koʻp izlanishlar olib borgan Tursunboy hoji Abdunabi oʻgʻlining “Safed Bulon” nomli risolasida Safed Bulon ziyoratgohi majmuasidagi Shoh Fazl va Kallaxon yuzasidan keltirilgan quyidagi maʼlumotlarga eʼtiborimizni qaratsak: “Shoh Fazl maqbarasining ichki qismida olib borilgan arxeologik qazishlar shuni koʻrsatadiki, bu yerda uch madaniy qatlam mavjud boʻlib, har bir qatlam butun bir davrni oʻz ichiga oladi. Eng pastki qatlam yaxlit togʻ toshidagi qiyalikdan iborat. Bu yaxlit toshni tekislash uchun harsang togʻ toshlari yetkizilgan, uning ustiga mahalliy archa daraxtidan ishlangan taxta tobutlarga tuproq solinib, uning ustiga kishilarning jasadi qoʻyilgan. Tobut usti taxta qopqoq bilan yopilib, atrofii va usti 10x15x35 sm. oʻlchamdagi xom gʻishtlar bilan oʻralgan va ustidan tuproq tortilgan. Jasadlarning bosh va yelka suyaklaridagi qilich izlari ularning jang paytida halok boʻlganligini koʻrsatib turibdi. Yana shu madaniy qatlamda jasadlarning boshsiz suyaklari bir yerga yigʻilib, dafn qilinganligi ham aniqlandi. Bu Shoh Hakim Xolisning “Safed Bulon qissasi” asarida bayon qilingan, shahid boʻlgan sahoba va tobeʼinlarning boshsiz jasadlari boʻlishidan ehtimoldan xoli emas. Asarda bayon qilinishicha, “Qirgʻin masjid”da boshlari tanalaridan judo qilingan kishilarni keyinchalik Shoh Fazl tomonidan dafn qilingan.Tobut va jasadlar ustiga tuproq tortilib, yer tekislangan va vaqt oʻtishi bilan u yerda alohida madaniy qatlam hosil boʻlgan...
“Kallaxona” va “Bu Bulon” maqbaralari ostida, 1,5 m. chuqurlikda dastlabki maqbaralarning qoldiqlari topildi. Maqbaralar poydevorini oddiy loy bilan urilgan
togʻ toshlari tashkil qiladi. Asos ustiga yuqorida qayd qilingan oʻlchamdai xom gʻishtlar urilib, qalin devor hosil qilgan. Lekin vaqt oʻtishi bilan maqbara devorlari nurab, tuproq ostida qolib ketgan. Keyinchalik, XVIII asr oxirlarida dastlabki maqbaralar xarobalari ustiga pishiq gʻishtdan ishlangan maqbaralar qurilgan”1.
Keltirilgan mazkur maʼlumotdan maʼlum boʻladiki, Safed Bulon ziyoratgohi bilan bogʻliq rivoyatlar bejiz paydo boʻlmagan. Tadqiqotlarimiz davomida musulmonlarni namoz chogʻida dushmanlar tomonidan qirgʻin qilinganligi bilan bogʻliq qator rivoyatlarga duch keldik. Masalan, Sharqiy Turkistoning Xoʻtan viloyatida ham aholi orasida shu singari rivoyatlar saqlanib qolgan. Jumladan, hozirgi Qoraqosh tumanining Yangi yer qishlogʻida “Imomi Askar” degan joy nomi haqida mana bunday rivoyat xalq ichida avloddan avlodga oʻtib kelmoqda. “Imom Hasanning askar kuchlari mana shu joyda borgoh(saroy) qurib, butparastlarga qarshi gʻazot qilgan ekan. Ularning taomlari hozirgi “Qozontu gʻaroq” degan joyda pishirilib, yetkazib berilar ekan.24
Qoraqosh daryosi boʻyidagi “Shahitlik” (Mashhad) degan mozorning oʻrni ularning namoz oʻqib, istiqomat qiladigan oʻrni ekan. Bir etagini ularga qarshi daryo boʻylab yurish qilib kelgan butparastlar egallagan ekan. Islom askarlarini bomdod namoziga oʻtirgan paytidan foydalangan dushman toʻsatdan hujum qilib, ularning ortidan qilich solibdi. Qirq bir saf odamdan namoz oxirida uch saf musulmon qolibdi. Keyin bular hozirgi “Imomi Askar” deb ataladigan joyda qatl qilingan ekan”. “Safed Bulon qissasi”da bayon qilinishicha, hazrati Shoh Jarir Bibi Ubayda bilan Madinaga borgan vaqt Ubaydabonu homilador edi. Ammo oʻsha payt Marvonning xalifalik zamoni ediki, Shoh Jarirdek paygʻambar avlodlariga halovat bermasdi. Marvonga Shoh Jarir Madina ostonasiga yetib kelganligi haqida xabar yetgach, shu zahoti uni gumdon qilish payiga tushadi va uning odamlaridan biri unga ogʻu beradi.
Elshunos olim S.N. Abashin fikriga koʻra, Fargʻonada islomni yoyish uchun jang qilgan Shoh Jarir toʻgʻrisida rivoyatlarni paydo boʻlishida 670-yillarda Xuroson noibi Saʼid ibn Usmonni Oʻrta Osiyoga qilgan yurishi sabab boʻlgan boʻlsa kerak. Chunki Saʼid ibn Usmonni4 Buxoroga kelib Buxorxudot malikasiga oshiq boʻlganligi toʻgʻrisida buxoroliklar bir necha asrlar mobaynida qoʻshiqlar aytib kelgan ekanlar. Bu esa oʻz navbatida xalifa Usmon avlodi toʻgʻrisida turli rivoyatlarni paydo boʻlishiga sabab boʻlgan koʻrinadi. Qolaversa, yana bir oʻxshashlik. Saʼid ibn Usmon va Shoh Jarir ham Movarounnahrdan qaytib borib Madinada vafot etadilar. Bu haqda Narshaxiy oʻzining “Buxoro tarixi” nomli kitobida shunday yozadi: Saʼid Buxoro ishlaridan forigʻ boʻlgach, Samarqand va soʻgʻdga borib koʻp janglar qildi va zafar uning tomonida boʻldi. U vaqtda Samarqandda biror podsho yoʻq edi. Saʼid Samarqanddan oʻttiz ming kishini asir qilib, koʻp mol tushirib qaytdi. U Buxoroga yetib kelganida xotin odam yuborib: “Sogʻ-salomat qaytib kelding, endi garovni bizga qoldirib ket”, dedi. Saʼid esa “Hali sendan xotirjam boʻlganim yoʻq, toki Jayhundan oʻtgunimgacha garovlar men bilan boʻladi”, dedi. Jayhundan oʻtganida xotin yana odam yuborsa: “Marvga yetgunimcha qoʻyatur”, Nishopurga yetganida “Kufaga yetib olay”, dedi va undan
Madinagacha olib ketdi. Madinaga yetganidan keyin, Saʼid gʻulomlariga buyurib (u garovga berilgan odamlarning) qilich va kamarlarini yechtirdi va ularda bor boʻlgan kimxob kiyimlar, tilla va kumushlarning hammmasini oldirdi. Kiyimlar evaziga ularga sholcha kiyimlar berib ekin ekish ishlariga band qilib qoʻydilar. Ular bundan juda xafa boʻlib: “Bu kishi bizga bermagan yana qanday xorliq qoldi? U bizni qul qilib olib ogʻir ishlarni buyurmoqda, biz xorlik bilan oʻlgandan koʻra bir yoʻla foydalari ish qilib oʻlaylik”, dedilar va Saʼidning saroyiga kirib eshiklarni mahkam berkitdilar, Saʼidni oʻldirdilar va oʻzlarini ham oʻlimga topshirdilar. Bu voqea Yazid ibn Muoviya xalifalik qilib turgan vaqtda boʻlgan edi”. Yana “Safed Bulon qissasi”dagi voqealarga qaytsak. Bibi Ubayda hazrati Shoh Jarirdan ayrilgach Shoh Fazil ismli yolgʻiz oʻgʻli bilan qoladi. Shoh Fazl ulgʻayib dovrugʻi atrofga ketgan bir zamonda Marvon oʻtib taxtga uning oʻgʻli Abdumalik oʻtirgan edi. Oʻsha vaqt Madinaga Fargʻonadan noma keladi. Bu nomani eshitgan ahli muslim yigʻlaydilar. Abdumalik ham afsus chekib agar yurish qilmasak qiyomat kuni Xudoga ne javob aytamiz, deb barchaga murojaat qiladi. Shunda ulugʻlar Shoh Fazilni Fargʻonaga yuborgin deya maslahat beradilar va Abdumalik Shoh Fazlni qoshiga chorlaydi. Abdumalik ibn Marvon Shoh Fazlning soʻzlarini tinglab, oʻn ikki ming kishini Fargʻonaga mugʻlar bilan urush qilgani hozirlaydi. Shundan soʻng Shoh Fazl Fargʻona sari yoʻl oladi. Bibi Ubayda farzandi arjumandiga “Sen mugʻlarning yoʻrigʻini bilmaysan, sen u yerlarni koʻrmagansan va ularni bilmaysan, sening ishing men bilan bitar”, deb safarga birga ravona boʻladi. Koʻp azoblar chekib, Shoh Fazl onasi Bibi Ubayda va lashkari bilan Axsiga yetib keladi. Axsi aholisi uni mamnuniyat bilan kutib olib Ixshit bilan urishmasliklarini aytadilar. Shoh Fazl bularni eshitib: “Sizlar hech kim taraf boʻlmay turinglar, agar biz Ixshit ustidan zafar qilsak soʻng bizga qoʻshulunglar”, deb Koson sari ravona boʻladi. Shoh Fazl Kosonga borib Ixshitga elchi bilan noma kirgizadi va kalima keltirib musulmon boʻlgin deydi. Ixshit nomani oʻqib elchilarga chorshanbaga omoda boʻlsun, ki Rustamning urushin onda koʻrsin deya javob yuborgan. Shoh Fazilga bu xabarni yetkazishgach, u urushga tayyorgarlik koʻra boshlaydi. Kosonda boʻlsa Ixshit ham behisob lashkar yigʻadi.Chorshanba kuni Ixshit lashkari bilan Shoh Fazl lashkari oʻrtasida urush boʻlib, musulmonlarning zafari bilan yakun topadi.
Aytib oʻtish joizki, Safed Bulon meʼmoriy majmuasining Oʻrta qismi Shoh Fazl mozori deyiladi. (12-rasm) Shoh Fazl maqbarasi tarhi toʻgʻri toʻrt burchak shaklidadevorning ichki uzunligi (7,80 x 7,80 m.) qalinligi esa 1,63 m. devorning tashqi uzunligi 11 m. dan iborat1. Majmuaning yuqori qismi konusimon gumbaz bilan berkitilgan boʻlib u asosiy devorlarga pogʻonali konstruksiya bilan biriktirilgan hamda tarhi chortoqli boʻlib, devor sathiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Maqbaraning balandligi poydevoridan gumbazigacha 15,5 m. ni tashkil etadi. Maqbaraning toʻrt burchagi olamning toʻrt tarafiga mos keladigan tarzda qurilgan. Maqbaraning mehrobi janubga qaratilgan boʻlib sal gʻarbga qarab ogʻgan. Bino toʻgʻri toʻrtburchakli va kvadrat shaklidagi pishiq gʻishtdan qurilgan. Asosiy peshtoq bezatilmagan. Maqbaraning janubiy-gʻarbiy tomonidagi devorda 0,82 m. kenglikdagi bitta eshik, shimoliy-gʻarbiy tomondagi devor oʻrtasidagi darchaning ikki yonida ikki eshik mavjud. Eshiklarga chiziqlar tortilgan. Binoga yorugʻlik faqatgina shimoliy-gʻarbiy devordagi yerdan 3 m. balandlikda joylashgan darchadan tushib turadi. Binoning tashqi mahobatining oddiyligi va bezaksiz ishlanganligi hamda yuqoriga uning pogʻanali tarzda qad koʻtarganligi bilan ajralib tursa ichki qismi buning aksidir. Maqbaraning ichki devori naqshlar va koʻplab kufiy yozuvlar bilan bezatilgan.
Keyinroq barcha ichki bezaklar boy ganchli bezaklar bilan bezatilgan boʻlib, moviy, zangori, qizil, sariq ranglar bilan boʻyalgan. Qurʼon oyatlari, koʻp marta takrorlangan, yaʼni “Mulk Allohga tegishli” kalimasi tushirilgan. Uch gorizantal qatorda fors tilida bitilgan yozuvlar boʻlib, undagi yuqori qatordagi yozuvdan va bir oz shikastlangan. Mazkur yozuvlardan maʼlum boʻlishicha, ushbu bino qoraxoniy hukmdor Sayf ad- davla Maliknning nomi bilan bogʻliq boʻlgan va u Sayf ad-davla Mulkonning oʻgʻli Muiz ad-davla Mulkon tomonidan qurilgan va qayta taʼmirlangan. Yozuvlarda sanalar koʻrsatilmagan. Tadqiqotlar xulosasi binoning qurilish davri sanasi taxminan hijriy 447-451/1055-1059-yillarga toʻgʻri kelishini koʻrsatmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, milodiy 1027-1031-yillarda Axsikent va Kosonda zarb qilingan tangalarda Muiz ad-davla nomi uchraydi. Tangashunos olim M.N.Fedorov ushbu Muiz ad-davla laqabli Movarounnahrda Qoraxoniylar davlatining hukmdorlardan biri Nasr Ilakxonning nabirasi Abbos ibn Ibrohimga tegishli boʻlganligini yozadi.25
Qizigʻi shundaki, ziyoratgohning ichiga bitilgan pastki yozuvlardan faqatgina Fazl yoki Fadl soʻzi saqlanib qolgan. Shu sababdan mahaliy xalq shu fazl soʻzidan kelib chiqib Shoh Fazlning mozori degan boʻlsalar kerak. Ushbu yozuvlar bizga Shoh Fazl mozorida XI asrda hukmronlik qilgan qoraxoniy xukmdorlaridan biri dafn etilganligini koʻrsatib beradi. Ayrim tadqiqochilar shundan kelib chiqib, mozor XI asrda barpo etilgan va uni arablar bilan bogʻliq emas degan fikrni ham bildirgan edilar . Ammo afsonalar haqiqatni bir parchasi degan naqlga tayanadigan
boʻlsak, balki XI asrda yashagan Qoraxoniy hukmdor Sayf ad-davla Malik Safed Bulon ziyoratiga kelib oʻzini ham shu yerga Shoh Fazil mozoriga dafn etishlarini vasiyat qilgandir. Aytish joizki, oʻtgan asrning birinchi yarmida Shoh Fazl majmuasining meʼmorchilik anʼanalarini tadqiq etgan B.P.Denike naqshlarning koʻrinish holatiga qarab, yodgorlikning barpo etilgan davrini XIII asrning boshlariga mansub degan xulosaga kelgan va bu haqda jumladan quyidagicha fikr bildirgan edi: “Namangandan 50 chaqirimda Safid Bulonda joylashgan Shoh Fozil mozori koʻrinish jihatidan Eronda (masalan Qum)dagi maqbaralarni eslatadi. Biz bu yerda oʻta nozik nafis uslubda oʻyib ishlangan naqshlarni uchratamiz. Ichkari qism butunlay naqshlar bilan bezatilgan va yaxshi saqlangan. Faqat gumbaz qismidagi naqshlar saqlanmagan. Ammo koʻrinishidan avvalda unda ham naqshlar mavjud boʻlgan. Umuman olganda, majmuadagi naqshlar rang- barang boʻlib, ayniqsa aylana disk koʻrinishidagi tasvirlar ichidagi naqshlar diqqatga molikdir. Kon Viner maqbaranning bino qilingan davrini XII asrning oxirlariga mansub degan fikrni bildiradi. Zasipkin XIII asrning boshlariga tegishli ekanligini aytadi. Bizningcha maqbara XII va XIII asrning oraligʻida qurilgan boʻlsa kerak”.Naql qilishlaricha, Shoh Fazil mozorini dastlab Amir Temurning oʻgʻli Umarshayx barpo etgan. Baʼzi rivoyatlarga koʻra, ziyoratgohni Mirzo Boburning otasi Umarshayx Mirzo taʼmirlatgan ekan. Shoh Hakim Xolis esa mozor Mirzo Bobur tomonidan qayta qurilganligini yozadi. Biroq ushbu ziyoratgohning qurilishi va undagi qabrlar tarixiga doir aholi orasida yana bir qancha rivoyatlar majud boʻlganki, ularning ayrimlarini P.Kuznetsov oʻtgan asrning boshlarida oʻz tadqiqotlarida ham qayd etadi.
Xususan, P.Kuznetsovning 1915-yilda chop etilgan Namangan uyezdiga maqolasidagi Safed Bulon mozoriga doir quyidagi maʼlumotlarni keltirib oʻtilgan: “Qishloq va ikki mozor Safed bulon nomi bilan yuritiladi. Ziyoratgohlardan biri gumbazsimon qilib qurilgan boʻlib, uning qurilishini Amir Temur bilan bogʻlaydilar. Shu gumbazli maqbara ichida xalifa Usmonning nabirasi dafn etilgan boʻlib, uning old tomonida chap burchakda Amir Temurni oʻgʻli Umarshayx mirzo dafn etilganligini aytadilar. Qabr toshlarining birida 608-sana ikkinchisida 701- sana koʻrsatilgan. Tashqarida mufti (faqih)ning qabri (sanasi 505-yil) joylashgan boʻlib, uning atrofida sakkizta qabr toshi mavjud. Ulardan ikkisida 591 va 596-yil sanasi koʻrsatilgan. Ziyoratgoh devori ikki arshin boʻlib, gumbaz 6,5,4 qirrali koʻpburchaklardan iborat. Maqbara ichidagi koʻfiy yozuvlar xuddi Samarqandagi madrasa yozuvlariga oʻxshab ketadi. Tepalikdagi Xoʻja Alamdor mozoridagi ikki qabr mavjud boʻlib, xaroba ahvoldadir. Pastdagi qabristonda xuddi qabrtoshlarni
eslatuvchi katta toshlar uchraydi”.
Shu oʻrinda bir mulohaza. Ehtimol Mirzo Boburni ushbu mozorga gumbaz qurdirgani afsonadir. Biroq eʼtibor bersak, Shoh Fazl va uning oʻgʻli Muhammad Jarirning qismati Mirzo Bobur qismatiga oʻxshab ketadi. Zero, Mirzo Bobur ham Muhammad Jarirdek oʻn ikki yoshida otasidan ayrilib taxtga oʻtirgan. Balki shu oʻxshash jihatlar temuriy shahzodasini Safed Bulonga yetaklagandir. Shoh Fazl mozorning ichida koʻplab qabr usti qayroq toshlari bor. Toshlarda XII-XIII asrlarda yashab oʻtgan kishilarning, yaʼni sohib karomat soʻfiy avliyo, shayxul imom deya taʼriflar berilgan ulugʻ zotlarning nomlari bitilgan . Hozirgi vaqtga kelib, 15 ta yozuv tushirilgan qabr toshlari saqlanib qolgan. Mazkur toshlarda jumladan, Muin as-Sabuniy, Muhammad ibn Haydarolloh, Muhammad ibn Dovud al-Ushtikoniy, Olouddin ibn Ali al-Makkiy, Muhammad ibn Ahmad al-Fargʻoniy,
Muhammad ibn Amin al-Ispibuloniy, Muborak ibn Isʼhoq laqabi Bazzoz singari sohibkaromat soʻfiy avliyo, shayx ul-imom ulugʻ zotlarning nomlari bitilgan. Shuningdek toshlarning birida ayol kishini nomi ham bitilgan. “Oʻgʻul xotun. Xudoyo in zaifaro biyomarzid”, yaʼni “Oʻgʻul xotin. Xudoyim bu zaifani kechirgin”.Yana qissadagi voqealarga qaytsak. Musulmonlar zafar quchib, Ixshitni qochganini eshitgan Koson ahli Shoh Fazlni oʻzlariga hukmdor etmoqchi boʻladilar. Imom ularning taklifiga rozi boʻlib, shu yerda qoladi Koson, Zarkent va shu atrofdagi joylarni mugʻlardan tozalab, Shoh Fazl onasi Ubaydabonu, otasi Imom Muhammad Jarir bilan ona tomonidan bobosi, Karvonbas oʻrtasidagi jangda boshlari kesilgan sahobalarning barchasiga qabr qurdirib, ularni koʻmdiradi. Shu tariqa Safed Bulon shahidlar mozori boʻlib qoladi. Shundan soʻng Shoh Fazlni onasining qavmidan boʻlgan Badiʼa bonuga uylanadi. Yil oʻtgach ular oʻgʻil farzand koʻradilar. Bundan koʻrinadiki Shoh Fazil farzandiga otasining ismini bergan va u ham xuddi Shoh Jarirdek Muhammad Jarir, Shoh Jarir, Shoh Jalil va Poshsho Pirim nomi bilan ham atab kelingan. Oradan yilar oʻtib Shoh Fazl oʻgʻli Muhammad Jarir oʻn ikki yoshga toʻlgach, uni Koson hukmdori etib tayinlaydi va oʻgʻlining sharafiga xalqa toʻy beradi. Biroq toʻy uchun Shoh Fazil uchun fojiali tarzda tugaydi. Bibi Ubayda oʻgʻliga marsiya aytib nola qiladi. Chunki u oʻzga yerlarda mrangigʻroʻyi sargʻayib, yosh boshiga bevalik dardu alamlarni chekib, ota
yuzini koʻrmagan farzandini katta qilib, oʻz yurtiga olib kelib yoʻqotganiga chiday olmaydi. U oʻgʻlining jasadini Kosonsoydan Safed Bulonga olib borib, mozorning boshiga, amakizodasi Nosir ibn Ahmad qabri qoshiga koʻmdiradi. 1994-yili Tursunboy Nabiyev va Mahmud Hasaniylar tomonidan chop ettirilgan “Safed Bulon” qissasi kitobida voqealar silsilasi mana shu joyda yakun topadi. Albatta kitobxon mazlum ona Bibi Ubaydaning keyingi taqdiri bilan qiziqishi tabiiy. Zero, Shoh Hakim Xolisning “Safed Bulon qissasi”dagi voqealarning davomi Bibi Ubayda va Poshsho pirim ziyoratgohlari bilan bogʻliq kechgan.26
Oʻrta Osiyo xalqlari afsonalarida turli mushkullarni oson qiluvchi Bibi Mushkilkushod siymosini olaylik. Rivoyatlarga koʻra, Bibi Mushkilkushod hazrati Bahouddin Naqshbandning xolalari boʻlib, asli ismi Bibi Musallamxondir. Uni Bibi Chorshanba deb ham ataganlar. Ayollar turmushda biron baxtsizlikka uchragan kezlarida yoki ishlari yurishmaganda odatda chorshanba kuni Bibi Mushkilkushodni eslab, unga atab majlis qurishgan, ziyofat uyushtirishgan. Tilanchilarga xayrgʻsadaqa berishgan. Shuningdek, oʻzbek va tojik xalqlari afsonalarida oilaviy baxt, ip yigirish va tikuvchilik kabi hunarlarning homiysi, piri Bibi Seshanba deb atalgan6. Bunday ayollarning homiysini usmoniy turklar Parshamba Pari, afgʻonlar Bibi Risinda, Bibi Charxi, uygʻurlar Seshamba Bibi deb eʼzozlab kelganlar. Xususan ayollar xos marosimlarda aynan shu bibilarni vasila qilib, Xudoga iltijo qilganlar. Masalan: Bibi nomi bilan ulugʻlagan ayollar toʻgʻrisida adiba Muhibaxon Sayyid Hasan qizi oʻzining “Valiy volidalar” nomli kitobidan quyidagilarni keltiradi : “Qadim Buxoroda yashab oʻtgan yuzlab buyuk avliyolar qatorida ayol valiylar ham boʻlishgan. Butun umrini ilmi donishga, ezgu ishlarga bagʻishlaganliklari bois, xalq ularni eʼzozlab, Qizbibi, yaʼni pok iffatli. Bokira ayollar deb atagan”.
Oʻrta Osiyo xalqlarida jumladan momolar toʻgʻrisidagi qarashlar ham qadimgi davrlarga borib ulanadi. Momolar kultining kelib chiqishi jihatidan qadimgi keksa ayollar bilan bogʻliq boʻlib, ular ayollarga koʻzi yorishida, nasl qoldirishda homiylik qilganlar. Biroq momolar kulti ham dualistik xarakterga ega boʻlib, bir tomondan, homiylik koʻrsatsa, ikkinchi tomondan kishi belgilangan taʼqiqni buzganda yoki ularning shaxsiyatini loyiq darajada hurmat qilmaganda, zarar yetkazishi mumkin deb qaralgan .
Yozma manbalarda oʻrta asrlarda ham Fargʻona vodiysida momolar bilan bogʻliq ziyoratgohlar mavjud boʻlgan. Bu haqda Muhammad Mufti Ohangaroniy (XVI asr) oʻzining “Mavlono Lutfulloh manoqibi” nomli kitobida maʼlumotlar keltirgan: “Men nima qilarimni bilmay, Momo Xotunning qabri muboraklariga bordim. Ul orifalar sayyidasi Hazrat Sultonugʻlgʻorifinning (Ahmad Yasaviyning) asrdoshi edi. U kishining jazbasi nihoyatda quvvatli edi. Oʻz holimni arz qildim. Shu asnoda Hazrat Momoning ruhi hozir boʻldi”.27
Elshunos olima O. A.Suxareva (1903-1983) “Momolar mozorlarda yashovchi, oʻtib ketgan avliyolar ruhi toifasidan boʻlib, ularning kelib chiqishi qadimgi qahramonlar va ajdodlar kulti bilan bogʻliqdir” degan edi . Elshunos olim O. Murodov fikriga koʻra, momolar oʻtib ketgan ajdodlar ruhi boʻlib, ular har doim tiriklarni turli balogʻqazolardan asrab, uzoq safarlarda ularga hamroh boʻlguchi mehribon ruhlardir. Ularni vazifasi va yoshiga qarab, Katta momo, Oʻrtancha momo, Kichik momo deb ataganlar. Ayollar boshlariga mushkul ish tushgan paytda, ayniqsa, toʻlgʻoq tutgan vaqtlarda ushbu momolardan madad soʻrab iltijo qilganlar.Yana Bibi Ubayda toʻgʻrisidagi rivoyatlarga qaytsak. S.Normatovning keltirishicha, dushman taʼqibi chogʻida Bibi Ubaydaga lashkarning nayzasi tegib halok boʻlgan va hozirgi Buvaydaga dafn etilgan. Biroq boshqa rivoyatlarga koʻra, yakkayu yagona oʻgʻlidan judo boʻlgan Bibi Ubayda oʻz yurtidan bosh olib muqaddas ziyoratgoh – Makkayu Madinaga ravona boʻladi. U bilan birga kelini va nabirasi Muhammad Jarir hamrohlik qiladilar. Fargʻona choʻllaridan oʻtish chogʻida kuchli boʻron (Qoʻqon shamoli) ularni biri-biridan ajratib yuboradi. Odamlar ularni izlab topishgan vaqt fursat qoʻldan berilgan edi. Chunki ularning barchasi qum ostida qolib ketib fojiali halok boʻlgan edilar. Ularni qayerdan topishgan boʻlsa, shu yerning oʻziga dafn etadilar. Natijada bir- biridan 2-3 chaqirim uzoqlikda ikki mozor qad koʻtaradi. Yana bir rivoyatga koʻra, Bibi Ubayda shu mozordagi maqbara oʻrnida tirik gʻoyib boʻlgan.
Biroq bu rivoyatlardan koʻra, biz yozma mabalarda bayon etilgan voqealarni haqiqatga yaqinroq deb bilamiz. Zero, Bibi Ubayda mozorida xizmat qilayotgan kishilar ham maqbara ichidagi uch qabrni asli kimga tegishli ekanligi borasida turli xil fikr bildiradilar. Ularga koʻra, Bibi Ubayda mozoridagi katta qabr bu uning nabirasi Shoh Jarirning qabri boʻlib, kichik qabr Bibi Ubaydaga tegishli. Qoʻshni xonadagi qabr esa Bibi Ubaydaning kelini Badiʼabonu qabridir. Albatta ziyoratchilar uchun qabrlar masalasi muhim emas. Chunki ularning maqsadi ziyorat qilish. Shu bilan oʻzlarining ruhiyatlariga taskin berishdir. Ammo agar bir oz mushohada qilgudek boʻlsak, oʻsha onda ushbu savolning tugʻilishi tabiiy hol. Agar mozor ichidagi ikki qabrning biri Bibi Ubaydaning nabirasi Shoh Jarirga, ikkinchsi esa Bibi Ubaydaga tegishli boʻlsa unda Bachqir qishlogʻidagi Poshsho Pirim qabri kimniki? Axir xalqimiz bir necha asarlardan beri Shoh Jarir, yaʼni Poshsho Pirimning qabri deya ixlos bilan ziyorat qilib kelgan boʻlsayu, uning qabri ham Bibi Ubayda mozorida, ham Bachqir qishlogʻida boʻlsa. Buni qanday qilib izohlash mumkin? Agar Poshsho Pirim oʻn ikki yoshlidagi dunyoda oʻtgan boʻlsa, uni aholi nima sababdan ulugʻ valiylardan biri sifatida eʼzozlab kelganlar? Demak, Bibi Ubayda mozoridagi yonma-yon turgan katta va kichik qabrlardin biri Poshsho Pirimning qabri emas. Chunki uning qabri qoʻshni Bachqir qishlogʻidadir. Demak bu qabr boshqa shaxsga tegishli. Xoʻsh undi oʻsha nomaʼlum shaxsning oʻzi kim? Biz shu masalaga oydinlik kiritish uchun Shermatova Odinaxon qoʻlida saqlanayotgan, 1906-yilda Ularni vazifasi va yoshiga qarab, Katta momo, Oʻrtancha momo, Kichik momo deb ataganlar. Ayollar boshlariga mushkul ish tushgan paytda, ayniqsa, toʻlgʻoq tutgan vaqtlarda ushbu momolardan madad soʻrab iltijo qilganlar.
Yana Bibi Ubayda toʻgʻrisidagi rivoyatlarga qaytsak. S.Normatovning keltirishicha, dushman taʼqibi chogʻida Bibi Ubaydaga lashkarning nayzasi tegib halok boʻlgan va hozirgi Buvaydaga dafn etilgan3. Biroq boshqa rivoyatlarga koʻra, yakkayu yagona oʻgʻlidan judo boʻlgan Bibi Ubayda oʻz yurtidan bosh olib muqaddas ziyoratgoh – Makkayu Madinaga ravona boʻladi. U bilan birga kelini va nabirasi Muhammad Jarir hamrohlik qiladilar. Fargʻona choʻllaridan oʻtish chogʻida kuchli boʻron (Qoʻqon shamoli) ularni biri-biridan ajratib yuboradi. Odamlar ularni izlab topishgan vaqt fursat qoʻldan berilgan edi. Chunki ularning barchasi qum ostida qolib ketib fojiali halok boʻlgan edilar. Ularni qayerdan topishgan boʻlsa, shu yerning oʻziga dafn etadilar. Natijada bir- biridan 2-3 chaqirim uzoqlikda ikki mozor qad koʻtaradi. Yana bir rivoyatga koʻra, Bibi Ubayda shu mozordagi maqbara oʻrnida tirik gʻoyib boʻlgan. Biroq bu rivoyatlardan koʻra, biz yozma mabalarda bayon etilgan voqealarni haqiqatga yaqinroq deb bilamiz. Zero, Bibi Ubayda mozorida xizmat qilayotgan kishilar ham maqbara ichidagi uch qabrni asli kimga tegishli ekanligi borasida turli xil fikr bildiradilar. Ularga koʻra, Bibi Ubayda mozoridagi katta qabr bu uning nabirasi Shoh Jarirning qabri boʻlib, kichik qabr Bibi Ubaydaga tegishli. Qoʻshni xonadagi qabr esa Bibi Ubaydaning kelini Badiʼabonu qabridir. Albatta ziyoratchilar uchun qabrlar masalasi muhim emas. Chunki ularning maqsadi ziyorat qilish. Shu bilan oʻzlarining ruhiyatlariga taskin berishdir. Ammo agar bir oz mushohada qilgudek boʻlsak, oʻsha onda ushbu savolning tugʻilishi tabiiy hol. Agar mozor ichidagi ikki qabrning biri Bibi Ubaydaning nabirasi Shoh Jarirga, ikkinchsi esa Bibi Ubaydaga tegishli boʻlsa unda Bachqir qishlogʻidagi Poshsho Pirim qabri kimniki? Axir xalqimiz bir necha asarlardan beri Shoh Jarir, yaʼni Poshsho Pirimning qabri deya ixlos bilan ziyorat qilib kelgan boʻlsayu, uning qabri ham Bibi Ubayda mozorida, ham Bachqir qishlogʻida boʻlsa. Buni qanday qilib izohlash mumkin? Agar Poshsho Pirim oʻn ikki yoshlidagi dunyoda oʻtgan boʻlsa, uni aholi nima sababdan ulugʻ valiylardan biri sifatida eʼzozlab kelganlar? Demak, Bibi Ubayda mozoridagi yonma-yon turgan katta va kichik qabrlardin biri Poshsho Pirimning qabri emas. Chunki uning qabri qoʻshni Bachqir qishlogʻidadir. Demak bu qabr boshqa shaxsga tegishli. Xoʻsh undi oʻsha nomaʼlum shaxsning oʻzi kim? Biz shu masalaga oydinlik kiritish uchun Shermatova Odinaxon qoʻlida saqlanayotgan, 1906-yilda Ubaydaning maqbaralari ziyoratchi ayollar bilan hamisha gavjum. Keksalarni aytishiga koʻra, avvallari Bibi Ubayda mozori shu qadar mashhur boʻlganidan “Bibi Ubaydani hayotida biror marta boʻlsa ham ziyorat qilmagan ayolni oshi haromdir, yoki boʻyi yetgan qiz uch marta Bibi Ubaydani ziyorat qilmasa pishirgan taomi halol emas”, degan iboralar ham xalq orasida keng tarqalgan ekan. Bibi Ubayda mozori gʻ bu ayollarga xos ziyoratgoh deyish mumkin. Zero, bu yerga asosan ayollar ziyoratga keladi.
Buvi mozorning keksa erkak xizmatchilaridan birining aytishicha, shu mozorda yigirma yildan ziyod vaqt mobaynida shayxlik qilishiga qaramay biron bir marta Bibi Ubayda ziyoratgohining ichiga kirishga jurʼat qilmagan. Uning eslashicha, faqat bolalik kezlari onasi bilan mozorning ichiga kirib chiqqan, xolos. Buning sababini u bizga quyidagicha tushuntirib berdi: “Oʻsmirlik chogʻimdayoq otam menga: “Bolam, Bibi Ubayda bizning ham shayximiz ham eshonimizdek boʻlib qolgan ulugʻ zot. Sen yigit kishisan, mozorga kirib, yana uni bexos toptab qoʻymagin”, deb aytgan edi. Oʻshandan beri otamning soʻzlariga amal qilib mozorga kirgan emasman”.
Aytishlaricha, Bibi Ubayda yetti mashhur bibilardan biri boʻlib, unga ziyoratga kelgan ayollar yetti chalpak pishirib kelganlar. Haftaning har chorshanba kuni ziyoratdan tashqari “Buvimni sochini yuvish” marosimi ham bajarilgan. Unga koʻra, har bir ayol taroq va qattiq olib kelgan. Emishki, Bibi Ubayda kunlarning birida ziyoratga kelgan bir xasta qizga koʻringan va undan sochini yuvishga yordamlashishni iltimos qilgan. Bemor qiz Bibi Ubayda sochini har haftaning juma kuni kelib yuvishga yordam bergan. Shu tarzda u oʻz kasaliga davo topib, darddan forigʻ boʻlgan ekan. Ziyoratga kelgan ayollar Bibi Ubayda oq libos kiyib yuradi deb tasavvur qilganlar va shuning uchun ham Bibi Ubayda mozori oldiga oq surpni yoyib oʻz tilaklarini aytganlar.28
Shuni aytib oʻtish kerakki, qadim zamonlardan beri Markaziy Osiyo xalqlarida oq rang ilohiy ayollarning ramzi sifatida eʼzozlab kelingan. Afsona va ertaklarda ham ezgulik ramzi sifatida oq libosli parilar insonlarga yordam berganligi aytiladi. Elshunos olim M.S.Andreyev Bibi Seshanba toʻgʻrisidagi oʻzbeklarning taʼrifini keltirib oʻtgan: “Bibi Seshanbaning sochlari oppoq, egnida oq libos. Yuzidan ajoyib bir nur yogʻilib turadi”. Togʻliq Yozgʻulomliklarda ham ayollarning homiysi boʻlgan koʻchirilgan “Shoh Jarir qissasi” nomli qoʻlyozmasidagi “Mozorlari Hoʻqanda boʻlgʻon Shoh Pirim marqadlarini ziyorat qilish xaqida” nomli bobda bayon etilishicha, Shoh Fazl ham oʻz farzandini otasining xotirasiga Muhammad Jarir deb ism qoʻyadi. Biroq Muhammad Jarir kichik yoshda ekanligida Shoh Fazl dunyodan oʻtadi. Muhammad Jarir ulgʻayib, Podshoh Pirim nomi bilan mashhur boʻladi. Ul zot oʻttiz bir yoshga kirganda xuddi bobosi va otasi singari koʻp sonli qoʻshin yigʻib islom dini uchun kurash olib boradi. Qissadagi voqealar silsilasidan maʼlum boʻladiki, Podshoh Pirim oʻz lashkari bilan juma namozida ekanligidan foydalangan dushman toʻsatdan hujum qiladi. Xuddi bobosi Shohi Jarir bilan bogʻliq yuz bergan qonli voqea yana takrorlanadi. Podshoh Pirim imomga qisqa oyatni oʻqishi kerakligini aytadi. Ammo... Qissada hikoya qilinishicha, oʻsha jangda Podshoh Pirim tanasining yetmish ikki joyidan yaralanadi. U Axsiga qaytib kelib, yoronlaridan ayrilganligiga ohlar chekib uyquga ketadi va bir tush koʻradi. Tushida uni Rasululloh va chahoyorlar ruhi quchib yigʻlaydilar. Shundan soʻng Podshoh Pirim uyqudan uygʻonib, mavj urib oqayotgan daryo (Sirdaryo)ga oti bilan ravona boʻladi. Daryodin kechib oʻtib, madorsiz yiqiladi. U umri tugab borayotgaligini sezib asʼhoblaridan tirik qolganlariga vasiyat qilib jon beradi. Qissada oʻsha vaqt uning oldida momosi turganligi aytiladi. Shoh Jarir olamdan oʻtgach, Bibi Ubayda ham uning yetti yashar farzandi va ayoli ham qon yigʻlaydilar. Qissada Bibi Ubayda va Podshoh Pirimning ayoli hamda farzandining keyingi taqdiri xususida maʼlumotlar mavjud emas. Shu sababdan bu haqdagi rivoyatga eʼtiborimizni qaratsak. Shoh Jarir, yaʼni Podshoh Pirimni Bachqir qishlogʻiga dafn etishgach, momosi Bibi Ubayda va ayoli hamda yetti yashar farzandi Madinaga yoʻl oladilar va choʻlda yuz bergan dahshatli boʻron girdobida qolib halok boʻladilar. Shundan soʻng odamlar qumdan ularning uchalasining ham jasadlarini izlab topishib dafn etganlar.
Rivoyatni aynan shu koʻrinishi bizningcha bir muncha haqiqatga yaqinroqdir. Demak, Bibi Ubayda mozorida qabrlarning kattasi Bibi Ubaydaning oʻzlarining qabri boʻlib, ikkinchisi Shoh Jarirning ayoli yoki onasi Badiʼabonuga tegishli boʻlsa kerak. Qoʻshni xonadagi kichik qabr esa Shoh Jarirning yetti yashar farzandining qabri boʻlishi mumkin. Chunki qissanng mazmunidan aynan biz bergan taxmin kelib chiqmoqda.
Hozirda Buvayda tumani Buvi mozor qabristonidagi Bibi Ubaydaning maqbaralari ziyoratchi ayollar bilan hamisha gavjum. Keksalarni aytishiga koʻra, avvallari Bibi Ubayda mozori shu qadar mashhur boʻlganidan “Bibi Ubaydani hayotida biror marta boʻlsa ham ziyorat qilmagan ayolni oshi haromdir, yoki boʻyi yetgan qiz uch marta Bibi Ubaydani ziyorat qilmasa pishirgan taomi halol emas”, degan iboralar ham xalq orasida keng tarqalgan ekan. Bibi Ubayda mozori gʻ bu ayollarga xos ziyoratgoh deyish mumkin. Zero, bu yerga asosan ayollar ziyoratga keladi. Buvi mozorning keksa erkak xizmatchilaridan birining aytishicha, shu mozorda yigirma yildan ziyod vaqt mobaynida shayxlik qilishiga qaramay biron bir marta Bibi Ubayda ziyoratgohining ichiga kirishga jurʼat qilmagan. Uning eslashicha, faqat bolalik kezlari onasi bilan mozorning ichiga kirib chiqqan, xolos. Buning sababini u bizga quyidagicha tushuntirib berdi: “Oʻsmirlik chogʻimdayoq otam menga: “Bolam, Bibi Ubayda bizning ham shayximiz ham eshonimizdek boʻlib qolgan ulugʻ zot. Sen yigit kishisan, mozorga kirib, yana uni bexos toptab qoʻymagin”, deb aytgan edi. Oʻshandan beri otamning soʻzlariga amal qilib mozorga kirgan emasman”.
Aytishlaricha, Bibi Ubayda yetti mashhur bibilardan biri boʻlib, unga ziyoratga kelgan ayollar yetti chalpak pishirib kelganlar. Haftaning har chorshanba kuni ziyoratdan tashqari “Buvimni sochini yuvish” marosimi ham bajarilgan. Unga koʻra, har bir ayol taroq va qattiq olib kelgan. Emishki, Bibi Ubayda kunlarning birida ziyoratga kelgan bir xasta qizga koʻringan va undan sochini yuvishga yordamlashishni iltimos qilgan. Bemor qiz Bibi Ubayda sochini har haftaning juma kuni kelib yuvishga yordam bergan. Shu tarzda u oʻz kasaliga davo topib, darddan forigʻ boʻlgan ekan. Ziyoratga kelgan ayollar Bibi Ubayda oq libos kiyib yuradi deb tasavvur qilganlar va shuning uchun ham Bibi Ubayda mozori oldiga oq surpni yoyib oʻz tilaklarini aytganlar.
Shuni aytib oʻtish kerakki, qadim zamonlardan beri Markaziy Osiyo xalqlarida oq rang ilohiy ayollarning ramzi sifatida eʼzozlab kelingan. Afsona va ertaklarda ham ezgulik ramzi sifatida oq libosli parilar insonlarga yordam berganligi aytiladi. Elshunos olim M.S.Andreyev Bibi Seshanba toʻgʻrisidagi oʻzbeklarning taʼrifini keltirib oʻtgan: “Bibi Seshanbaning sochlari oppoq, egnida oq libos. Yuzidan ajoyib bir nur yogʻilib turadi”. Togʻliq Yozgʻulomliklarda ham ayollarning homiysi boʻlgan Dev Safid haqida xuddi shunday qarash mavjud. Ularga koʻra Dev Safid tangri ayol boʻlib, barcha kiyimi oq rangda, sochlari ham oppoq bir holatda namoyon boʻladi. Xorazmlik oʻzbeklarda esa ayol kishini toʻlgʻogʻi tuta boshlagan vaqt unga yordam berish uchun oq libosli yuzidan nur yogʻilib turuvchi Anbar onani kelishiga ishonganlar, Demak, Bibi Ubayda toʻgʻrisidagi qarashlar ham xuddi shu singari tushunchalar ostida shakllangan.
1896-yildagi Margʻilon qozilarining Bibi Ubayda mozori toʻgʻrisidagi hukmnomasidan maʼlum boʻladiki, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Bibi Ubayda mozorining mutavalliysi yaʼni ushbu ziyoratgohning xoʻjalik noziri Zokir shayx ismli kishi boʻlib, Ziyodabibi ismli ayol shu mozorga bevosita mutasadilardan biri boʻlgan. Ziyodabibi har kuni ziyoratga keluvchilardan tushadigan ziyorat daromadining oʻndan bir qismini oʻziga olib, qolgan qismini mozorining mutavalliysiga topshirib kelgan. Qizigʻi shundaki, Ziyodabibi ziyoratga keluvchilarga mozor eshigini ochishga ham masʼulligini olib, mozorga berilgan har bir xayri ehson va sadaqani beva bachorlarga ulashib bergan. Shu oʻrinda Bibi Ubayda meʼmoriy yodgorligi haqida. Bu haqda sanʼatshunos olim I.Azimov quyidagilarni bayon etadi: “Bibi Buvayda arxitektura yodgorligi Fargʻonaning shu rayoni nomida saqlanib qolgan. Bu ayollar daxmasi boʻlib, unga Shoh Jalilning onasi va xotini qoʻyilgan. Garchi ona va oʻgʻilning maqbaralari turli qabristonda boʻlsa-da, oradagi masofaning xiyla uzoqligiga qaramay, bu ikki bino bir oʻqqa joylashgan. Ularning birida turib uzoqdan ikkinchisini koʻrish mumkin. Mahalliy aholi bu qonuniyatni rivoyat bilan bogʻlaydi: aytishlariga qaraganda, Bibi Buvayda oʻz oʻgʻlini juda yaxshi koʻrar ekan. Shu sababli ularning goʻri qayerda boʻlsa ham “bir-biriga koʻrinib turishni” vasiyat qilgan ekan. Bu tilak bajo boʻlib, ikki maqbara oʻrtasidagi yerlarda baland daraxtlar oʻsmaydi, faqat makkajoʻxori, sholi kabi oʻsimliklar (ayni kunlarda paxta) oʻsadi. Maqbara kompozitsion jahatdan yaxlit arxitekturani tashkil etadi. Tarhi toʻgʻri burchak shakldagi bino (18 x 18,5 m), tepasi gumbazli, chorqirra ikki xonadan iborat. Asosiy kiriladigan tomon peshtoq orqali ajratilgan. Ziyoratxona tomonlariga ravoqli tokchalar ishlangan boʻlib, ular gumbazga tayanch vazifasini oʻtaydi, natijada gumbaz konstruksiyasining koʻndalang kesim oʻlchami 1,5 metrga qisqargan. Odatda ikki xonali maqbaralarda ziyoratxona sathi goʻrxonaga qaraganda moʻjazroq boʻladi. Ammo biz bu ikki dahmada uning aksini koʻramiz. Sharq tomondan ziyoratxonaga taqab Bibi Buvaydaning nabirasi qoʻyilgan qabr ustiga kichik xona qurilgan, tepasiga esa ravoqlardagi burchakdan markazga qarab tobora balanlatib borish usuli bilan gumbaz ishlangan. Bunday konstruksiyadagi gambazlar “balxiy” nomi bilan yuritilgan.
Maqbara bezaklari oddiy. Peshtoqda ravoq parchalari saqlanib qolgan, eshiklar yuza oʻyma geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Binoning old tomoni suvalmagan, ichki tomon devorlari esa ganch suvoq qilingan. Buvaydaning meʼmorial yodgorliklari shaklining salobati, arxitektura gʻoyasining joʻn va aniqligi bilan eʼtiborni tortadi”. Maqbaraning birinchi xonasi ziyoratxona boʻlib, bu yerdagi qabr usti qayroq toshi, ayniqsa diqqatga molikdir. Bu haqda birinchi marta mashhur tarixchi, akademik Yahyo Gʻulomov oʻzining Katta Fargʻona kanalini qazish vaqtidagi tadqiqotlari boʻyicha bergan hisobotida maʼlumot uchraydi. Quyida akademik Yahyo Gʻulomovning Bibi Ubayda ziyoratgohiga doir maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz: “Qabristonning oʻrtasida Buvayda (Abu Ubayda) maqbarasi joylashgan. Maqbara asosan pishiq gʻishtdan barpo etilgan ikki xonadan iborat. Maqbara peshtoqi XIX asrning oxirida Fargʻonaga xos uslubda minorachalar bilan bezatilgan. Ikkala xona ham gambaz bilan yopilgan. Avvalgi xoan ziyoratxona boʻlib, bu yerda shayoxlar ziyoratchilarni qabul qilishgan. Ikkinchi xonaga kirish qismida devorga qabr qayraqtoshi qoʻyilgan. Bu qabrtoshning hajmi taxminan 60x30 sm, boʻlib unga suls xati bilan shunday yozuv bitilgan: “Bu – qabr, Islom va butun musulmon latofati, shoh va sultonlarni idora qiluvchi, xatiblar xatibi, ulamolar faxri, Sulaymon ibn Dovud ibn Sulaymon ibn Salmonnikidir. U 595-yil xijriyda (1199-yil) vafot etdi” Ichkari xonada oddiy ikki qabr mavjud. Ularning chapdagisini Bibi Ubaydaga oʻndagisini qabrtoshda nomi qayd etilgan shayx Sulaymonga tegishili deb hisoblaydilar. Janubga qaratilgan bosh peshtoqda qurilgan yili sanasi 1318 hijriy (milodiy 1899) va usta binokor – Ibrohimjon ibn usta Ismoil nomi saqlanib qolgan Qabristonning shimoliygʻsharqida ikkita qumdan tepalik koʻtarilgan. Shu yerdan yoʻl qurilish uchun qum oladilar. Qumni qazib olish chogʻida uning atrofidan koʻplab qadimiy osori atiqalar topilgan. Mahalliy qariyalar bolalik kezlari bu yerdan koʻplab qoʻl tegirmonlari, roʻzgʻor buyumlari, munchoqlar topganliklarini soʻzlab berdilar. Kamina qadimgi madaniy ashyolarga boy boʻlgan bu joyni koʻrishga muyasar boʻlmadi. Shunday boʻlsa-da, Bastom boboga ketish yoʻlida qumliklarda koʻplab qadimgi sopol parchalarini uchratdim”.
Arxeologik tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, Buvayda tumanidagi qadimiy ziyoratgohlar joylashgan hududlar olis oʻtmishda taraqqiy etgan maskanlar boʻlgan. Ularni qumliklarga aylanishi borasida Fargʻona viloyatidagi boshqa yodgorliklarning taqdiri bilan taqqoslash mumkin. Masalan, Beshariqning Qorashoh mozorini olaylik. Mahalliy aholi Qorashoh mozori oʻrnida qadimda shahar boʻlganligi taʼkidlasalarda, biroq uni yoʻq boʻlib ketishi sababini moʻgʻullar hujumi bilan emas, balki qum koʻchkisi bilan bogʻlaydilar. Ammo bu taxmin, xolos. Shunday boʻlsa-da, bu taxminga ham atroflicha yondashsak haqiqatga yaqindek tuyuladi. Chunki qadimgi shaharlarni qum koʻchkisi tufayli yoʻq boʻlib ketganligi haqida rivoyatlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonlarda Fargʻona zaminida Bistaxt (Biskent) nomli shahar boʻlgan. Shahar garchand oʻzining boyligi bilan mashhur boʻlsa ham, odamlari mehr-oqibatsiz ekan. Kunlarning birida Bistaxt shahriga hazrati Xizr kirib kelibdi. Ul zot biringʻketin bir necha xonadonga tashrif buyuribdi. Lekin uning asl kimligidan bexabar boʻlgan bistaxtliklar unga eʼtibor ham bermabdilar. Aksincha, uni haqorat qilib diliga ozor ham beribdilar. Bistaxt aholisidan koʻp ranj chekkan hazrati Xizr kechga yaqin bir dehqon uyining eshigini qoqibdi. Uy egasi yolgʻizlikdan zerikkanmi yoki odamoxun ekanmi, ishqilib tongga qadar musofirni xursand qilish uchun mehmondorchilikka zoʻr beribdi.
Hazrati Xizr uy sohibini bu qadar samimiy, koʻngli ochiq inson ekanligini koʻrib, bexad baxtiyor boʻlibdi. Keta turib, u dehqonga bugun kechasi uxlamaslikni tayinlab, shahardagi eng baland chinor atrofida to xoʻrozning birinchi qichqirishiga qadar koʻzini bogʻlab, hoʻkiz bilan qoʻsh haydab chiqishi lozimligini tayinlabdi. Soʻzining oxirida nima boʻlganda ham har qanday ohgʻfaryodlarga quloq solmay shu ishni qilishini yana bir bor tayinlab, koʻzdan gʻoyib boʻlibdi. Dehqon ham ul zotni aziz- avliyolardan ekanligini anglab, uning aytganlarini karomatga yoʻyibdi va tongga qadar baland chinor atrofida koʻzini boylab qoʻsh hayday boshlabdi. U ishga chunonam berilib ketibdiki, oxirgʻoqibat chor atrofda nimalar sodir boʻlayotganligiga eʼtibor bermay qoʻyibdi. U erta tongga qadar chinor atrofida aylanaveribdi. Qachonki olisdan xoʻroz qichqirigʻini eshitgan zamon ishni toʻxtatib koʻzini ochibdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, u chinor tepasidagi, qumlik ustida turgan emish. Shahardan esa nomgʻnishon ham qolmabdi. Tunda shaharni qum bosib, barcha gʻaflat uyqusida qolganlarni falokatga giriftor qilibdi. Faqatgina oʻsha dehqon hazrati Xizrning soʻzlariga amal qilganligi uchun qum balosidan jon saqlab qolgan ekan.
Ushbu Bistax shahri toʻgʻrisidagi rivoyat shu qadar mashhur boʻlganki, u asrlar mobaynida ogʻizdan-ogʻizdan oʻtib yashab kelmoqda. Bu haqda akademik M.Ye. Masson ham oʻz xotiralarida qayd etadi: “Fargʻona vodiysining markaziy qismidagi qumlik choʻldagi ulkan barxanlar bizni oʻziga jalb qiladi. Hanuzgacha avvalgi oʻlkashunoslikka doir adabiyotlarda Margʻilonning shimoliy-gʻarbida Bistaxt (yigirma taxt) nomli shaharni qum ostida koʻmilib ketganligi toʻgʻrisida ishoralar bor. Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, qadim zamonlarda oʻsha yerlik podshoh yigirmata toju taxt ustidan hukmdorlik qilgan ekan. Zilzila tufayli Koʻksu (Shohimardonsoy) oʻz oqimini oʻzgartirgach, suvsiz qolgan Bistaxt shahri halokatga mahkum boʻlgan va uning xarobalarini qumlik koʻmib yuborgan. 1919-yili bu haqda hatto mening oʻzim sobiq Qoʻqon tijorat bilim yurtida oʻqigan talabalardan ana shu shahristonda boʻlib, koʻplab sopol buyumlar koʻrganliklarini eshitishga muyassar boʻlgan edim. Ular Bistaxtda bir joyni tozalayotib, yer ostidagi yoriqni koʻrib qolganlar va oʻsha joydan yer ostiga tushib, qandaydir xonada odam suyaklariga duch kelganlar. Uning oldida ish quroli va idishlar ham bor ekan. Nimadandir qoʻrqib ketgan yigitlar tum-taraqay boʻlib qochibdilar va shoshilinchda qoʻlga kiritgan idishlarini ham sindirib yuboribdilar”.
Aytib oʻtish joizki, Markaziy Osiyoning qadimgi shaharlarining qumliklar ostida qolib ketganligi toʻgʻrisida turli afsona va rivotlar saqlanib qolgan. Masalan, XVI asrda yashab oʻtgan yirik tarixchi olim Mirzo Muhammad Haydarning “Tarix-i Rashidiy”nomli asarida ham Bistaxt rivoyatiga oʻxshash Sharqiy Turkistonda qumlik ostida qolib ketgan shaharlar xususida maʼlumotlarni koʻrish mumkin: “Xulosa shuki, u avlodlarning oxirgisining ismi shayx Jamoliddin boʻlub, nahoyati taqvodor va ulugʻ kishi ekan. Ketak (Katak) shahrida yashagan ekan. Bu zot bir juma kuni xutbada vaʼz aytipti. Xaloyiqqa xitob qilib: “Ey Xudoning bandalari! Ilgari sizlarga necha marta vaʼz-nasihat qilgandim. Hech biringlar nasihatimga quloq solmadinglar! Mana emdi menga shundoq maʼlum boʻldiki, Xudovandi olam bu shaharga ulkan balo- qazo yuboradi. Menga bu yerdan chiqib ketish haqida izni farmon boʻldi. Tangri taoloning rahmati bilan bu balodan qochib xalos boʻlarman.
Ogoh boʻlgʻaysizlarki, bu meni oxirgi marta vaʼz aytishimdur. Emdi sizlardan ruxsat tilayman va sizlar bilan hayrlashman. Bundan keyin diydorlashish qiyomatga boqiy qolgusidir”, dedi. Shayx shundin keyin minbardan tushti. Masjidning muazzini hazrati shayx bilan hamroh boʻlub ketish niyatida masjiddin birga chiqti. Chunki muazzin shayxning soʻzlariga toʻliq ishonar edi. Shunga iltimos qilib: “Men faqir xizmatlarida boʻlsam” dedi. Shayx qabul qildi. Ular shahardin birga chiqti. Uch farsang (bir farsang taxm. 7-8 km.– mualliflar) yiroqdagi bir yerga borib tushti. Biroq muazzinning ozroq zarur ishi bor edi. U zaruriyatdan ado qilish uchun ruxsat tiladi. Shayx izn berdi. Muazzin shaharga kirdi. U ishni oʻrunlab (bitirib) qaytib chiqayotib yoʻlda haligi masjid oldiga kelib qoldi. Muazzin koʻnglida: “Xayrlashish sifatida eng oxirgi bor xuftonga bir azon oʻqiy”deb oʻylab masjid minorasigʻa chiqti. Namozi xuftonga azon oʻqiyotib koʻrdiki, osmondan qorga oʻxshash bir narsa yogʻmoqta. Ammo unda nam yoʻq. Azonni tamom qilib...tushib qarasa, minoraning eshigi berkilib qolibdi. Chiqishga yoʻl topolmay, yana minoraning ustiga chiqti. U oʻylab yettiki, qum yogʻyapti. Shu tarzda shaharni qum bosib ketibdi. Bir soat oʻtganida koʻziga yer yaqin koʻrundi. U
chamalashturdiki, minora ustidan yer yuzigacha bir odam boʻyi qolibdi. Muazzin minoradan oʻzini asta yerga tashladi. Qoʻrqqan va titragan holda yugurib, tun yarimlashgon vaqtda shayxning oldiga qaytib keldi va yuz bergan voqeani shayxga soʻzlab berdi. Shayx: “Tangri taoloning gʻazabidan yiroq boʻlgon yaxshi”, deb shu onda yoʻlgʻa ravon boʻldi-da, tezlik bilan yurib ketti. Hozirda u shahar qum ostida bor. Baʼzi vaqtlarda shamol qumni uchurib ketsa, minoraning yoki gumbazlarning uchi koʻrunub qoladi. Koʻmilgan uy va hayvonlar ochilib qoladi. Koʻpincha uylarning ichiga kirsa, hamma uy asboblari va uy egasining suyaklarini qurub-chirib yotqonligʻini koʻrsa boʻladi.
Biz Bistaxt haqidagi rivoyatni bejiz keltirmadik, albatta. Zero, Buvaydaning qadimgi shaharlari taqdiri ham Bistaxt shahrining taqdiriga juda oʻxshash. Chunki qumliklar ostida qolib ketgan bu qadimgi manzilgohlarning tarixi hanuzgacha maʼlum emas. Bundan koʻrinadiki, Buvayda tumani hududidagi qadimgi manzilgohlar ham XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib koʻchma qumlar ostida qolib ketgan. Bora-bora Bastom buva ziyoratgohini chor atrofdan qurshab olgan qumliklar shifobaxshlik xususiyati bilan mashhur boʻlgan. Bastom buva ziyoratgohi xususida soʻz yuritar ekanmiz, sobiq sovetlar davrida u haqda bitilgan ateistik mazmundagi ayrim maʼlumotlarning keltirib oʻtsak. Chunki yoz oylarida ushbu ziyoratgohga keluvchilar sonini oshib borishi tufayli Bastom buva mozorini obroʻsizlantirish maqsadida odatdagidek maqolalar chop etilgan. Shulardan birida ziyoratgoh xususida jumladan shunday deyiladi: “Qoʻqondagi soʻnggi Buvayda temir yoʻl stansiyasi yaqinida Sulton Bayoz mozori joylashgan. Unda qandaydir afsonaviy shaxs boʻlgan Sulton Bayoz qabri joylashgan boʻlib, mozorning ilohiylashtirishga uringan din ahllari uni Turkiyadan kelib, shu yerda vafot etgan “avliyo” qabri deb tushuntirib kelganlar. Ilgari ushbu mozorning taʼsiri atrof yerdagi kishilar oʻrtasida ham kuchli boʻlgan. Unga dinga ishonuvchi anchagina
kishilar hozir ham kelib sigʻinadilar.
Mozorda shayxlar, folbin va baxshilar nazr-niyoz kutib, tekin pul ishlash maqsadida chizilishib oʻtiradilar. Mozordan manfaatdor boʻlgan shaxslar hattoki, shu yerda uyulib yotgan oddiy qumlarni ham “ilohiy” kuchga ega boʻlgan, shifobaxsh qum deb tushuntirib kelganlar. Ularning qalbaki soʻzlariga uchgan ayrim laqma kishilar ushbu mozorga kelib sigʻinadilar. Ushbu mozorga sigʻinuvchilar ayniqsa, yoz oylarida koʻp keladilar. Farzand koʻrmagan ayollar mozorga sigʻinib, farzand tilaydilar, shayxlardan fotiha oladilar. Qator oʻtirgan shayxlarga pul berib, mozor tuproqlarini olib bet, koʻkraklariga surtadilar. Xattoki
ular bunday ishni oʻzlari bilan olib ketgan yosh bolalarga ham takrorlashni undaydilar. Bu bilan ularning sof ongini boʻlmagʻur diniy tushunchalar bilan zaharlaganliklarini bilmaydilar”. Bastom buva ziyoratgohini Boyazid Bistomiy nomiga nisbat berilishidek, Fargʻona vodiysida Uvays Qaraniy, Abdulloh Ansoriy, Sulaymon Boqirgʻoniy, Shamsiddin Tabriziy, Xoja Muhammad Porso, Xoja Alouddin Attor, Xoja Ubaydulloh Ahror singari tasavvuf tariqatining atoqli namoyondalari nomi bilan bogʻliq ziyoratgohlarning mavjudligi shu vaqtga qadar koʻplab munozarali savollarga sabab boʻlmoqda. Zotan, Fargʻona vodiysida mazkur zotlar mozorlarining paydo boʻlishi bir muncha haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Biroq mashhur soʻfiylarning nomlarini berib ulugʻlash holati Markaziy Osiyoda koʻp uchraydigan bir hol ekanligini nazarda tutsak, biz ushbu savolga javob bergandek boʻlamiz. Bastom buva ziyoratgohi ham aslida turkey shayxlardan biri yuqoridada nomlari zikr etilgan, Xoja Boyazid nomi bilan bogʻliq boʻlsa kerak. Bu nom keyingi uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida oʻzgarib, Boyazid Bistomiy nomi bilan atalib ketgan boʻlishi ham ehtimoldan yiroq emas. Yuqorida keltirilgan maʼlumotlarda ham Bastom buvani Boyazid Bastomiy nomi bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida ishoralar mavjud.29
Taʼkid joizki, Boyazid Bistomiy (801-875) nomi bilan mashhur boʻlgan Boyazd Tayfur binni Iso Bistomiy Eronning Bastom (Bistom) shahrida tugʻilgan. Shu sababdan Bistomiy nomi bilan mashhur boʻlgan. Boyazid Bistomiy nomining soʻfiylar orasida mashhurligi tufayli tariqat namoyondalarining saʼyi harakatlari tufayli uning nomi bilan bogʻliq ziyoratgohlar Erondan boshqa hududlarda ham paydo boʻlgan koʻrinadi. Izlanishlarimiz davomida shu narsa maʼlum boʻldiki, Fargʻona viloyati Toshloq tumani Esonobod qabristonida “Sulton Azizlar” nomi bilan ataluvchi ziyoratgohni Sulton Boyazid Bistomiy nomi bilan bogʻlashib, koʻp hollarda Sulton Bayoz buva deb atashar ekan. Qolaversa bunday nomdagi ziyoratgohlar Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham mavjud. Bu haqda Sadriddin Salim Buxoroiy oʻzining “Ikki yuz yetmish yetti pir” kitobida quyidagilarni keltiradi: “Hazrat Boyazid Bastomiyning jasadlari Erondagi Bastom shahridadir. U yerda ulkan maqbara qurilgan. Lekin hazrat Boyazidning qadamjolari Buxoroda, Navoiy viloyatlarida va boshqa shaharlarda bor. Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida Xoja Boʻston qadamjolari mavjud. Lekin Navoiy viloyati, Qiziltepa shahri, Boʻston qoʻrgʻoni Mirzo Ulugʻbek koʻchasida Sulton Boyazid Bistomiyning qutlugʻ qadamjolari, masjidlari, ramziy qabrlari bor”.
Dostları ilə paylaş: |