O'tgan zamon fe'l formalari nutqda o'zaro xususiy modal ma'nolariga ko'ra farqlanadi. Bu esa ularni ichki ma'no turlariga ajratishni taqazo etadi. O'zbek tilshunosligida o'tgan zamon fe'llarining asosan, quyidagi turlari ajratiladi: 1) yaqin o'tgan zamon; 2) uzoq o'tgan zamon; 3) o'tgan zamon hikoya; 4) o'tgan zamon davom; 5) o'tgan zamon maqsad fe'llari.

Yaqin o'tgan zamon fe'li -di affiksli sof fe'lni tuslash orqali shakllanadi va u ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so'zlovchining ko'z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganligini ifodalaydi. Uzoq o'tgan zamon fe'li nutq so'zlanib turgan paytdan ancha ilgari bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so'zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. O'tgan zamonning bu turi nutqda aniq eslash (yoki eslatish), eshitilganlik, kutilmaganda eslash kabi qo'shimcha ma'nolarga ham ega bo'la oladi.
Uzoq o'tgan zamon fe'li, birinchidan, -gan affiksli o'tgan zamon sifatdoshini tuslash orqali; ikkinchidan, o'tgan zamon sifatdoshiga edi (-di), ekan (-kap), emish (-mish) to'liqsiz fe'llarini tuslash orqali ifodalanadi.

Masalan: Mirhaydarni kimdir majlisga olib ketgan ekan. (Oybek.)
O'tgan zamon hikoya fe'li -b(-ib) affiksli o'tgan zamon ravishdoshini tuslash bilan shakllanib, u kutilmaganda, qisqa vaqt ichida bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash ma'nosini ifodalaydi.