Masalan: Arava bo'lsa alimsoqdan qolgan, yana sinibdi (O).
O'tgan zamon davom fe'li nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari ma'lum bir muddat davomli yoki takrorlanib turgan ish-harakatni ifodalaydi. Bunda davomlilik tushunchasi «doimiy» yoki nisbiy bo'lishi mumkin; unda ma'lum bir muddat davom etgan konkret jarayon tushunchasi ham aks eta oladi.
O'tgan zamonning bu turi birinchidan, -r(-ar) to'liqsiz fe'lini biriktirib tuslash orqali; ikkinchidan, -yotgan affiksli hozirgi zamon sifatdoshiga edi to'liqsiz fe'lini biriktirib tuslash orqali; uchinchidan, -moqda affiksli fe'l formasiga edi to'liqsiz fe'lini biriktirib tuslash orqali shakllanadi.
O'tgan zamon maqsad fe'li, birinchidan, -moqchi affiksli fe'l formasidan so'ng edi to'liqsiz fe'lini biriktirib tuslash orqali shakllanadi.
O'tgan zamon maqsad fe'li, birinchidan, -moqchi affiksli fe'l formasidan so'ng edi to'liqsiz fe'lini biriktirib tuslash orqali shakllanadi.
Bunday fe'l formalari. Asosan, nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan ish-harakat tushunchasini ifodalaydi, ammo gap mazmunidan uning voqe bo'lgan-bo'lmaganligi aniq ifodalanmaydi.
Ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda bajarilayotgan (yoki bajarilmayotgan)ini ifodalaydigan fe'llar hozirgi zamon fe'li sanaladi.
Ular, birinchidan, -a(-y) affiksli ravishdoshlarni tuslash orqali; ikkinchidan, tarkibida -yap, -moqda, -yotib, -yotir affikslari qo'llangan fe'l formalarini tuslash orqali shakllanadi. Murakkab fe'l tarkibida qo'llangan yot, o'tir, tur, yur ko'makchi fe'llarini tuslash orqali ham hozirgi zamon fe'li hosil bo'ladi.
Masalan: Dehqonni yer davolaydi. U urug' bilan birga orzu dard-hasrat, quvonchlarini ham yerga to'kadi (S.Nurov.). Ketma-ket uzatilgan chelak va savatlarni keksalar yerga ag'darayotirlar. (O.). Men mustaqillik haqidagi qo'shiqni kuylamoqdaman.