Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so’zlardir. Grammatikada harakat tushunchasi juda keng bo’lib, u uxlamoq, yotmoq, turmoq kabi fe’llar ifodalaydigan holatlarni, qo’rqmoq, cho’chimoq, zavqlanmoq, qahrlanmoq kabi fe’llar bildiradigan psixik o’zgarishlarni, gullamoq, o’smoq, kabi fe’llar bildiradigan biologik prodesslarni va shu kabi hodisalarni o’z ichiga oladi. Bulardan har birining o’ziga xos xususiy tomonlari bo’lishi bilan birga, ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan tomoni ham bor, ya’ni bularning hammasi zamon bilan bog’liq holda yuz beruvchi hodisa hisoblanadi. Shuning uchun bu harakat - hodisalarni bildi-ruvchi so’zlarning hammasi «nima qilmoq»? so’rog’iga javob bo’ladi. Ularni bir gruppaga kiritish va «fe’l» deb atashda ham xuddi ana shu umumiy xususiyati asosga olinadi.
O’zbek tilidagi fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra ikki asosiy gruppaga bo’linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar.
O’zbek tilidagi fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra ikki asosiy gruppaga bo’linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar.
Mustaqil fe’llar quyidagi xususiyatlarga ega: 1) harakat bildiradi (ya’ni mustaqil ma’noga ega bo’ladi) va gapda uning biror bo’lagi vazifasida kela oladi: Plan muddatidan ilgari bajariladi; 2) biror so’zni boshqarib keladi: ekinni sug’ormoq, dalaga chiqmoq kabi; 3) harakatning ob’ektga bo’lgan munosabatiga qarab mustaqil fe’llar ikki gruppaga bo’linadi: a) ob’ektli fe’llar, b) ob’ektsiz fe’llar. Ob’ektli fe’llar bildirgan harakat ob’ekt tushunchasi bilan bog’liq bo’ladi va bunday fe’llar tushum kelishigidagi so’zni boshqaradi. Qolgan fe’llar bunday xususiyatga ega bo’lmaydi. Qiyoslang: ol, so ’ra, hayda — ob’ektli fe’l; kel, uxla, qiziq — ob’ektsiz fe’l; 4) fe’l bildirgan harakat ob’ektiv harakatning tildagi ifodasi. Lekin u ob’ektiz harakatning aynan kopiyasi bo’lmay, kishi ongida aks etgan harakat, hodisa, holat kabilar haqidagi abstrakt tushunchadir. Demak, fe’l bildirgan harakatning ob’ektiv voqelikka munosabati ifodasida bevosita inson, aniqrog’i, so’zlovchi qatnashadi. Harakatning ob’ektiv voqelikka so’zlovchi tomonidan belgilanadig’an munosabati ham tilda o’z aksini topadi.