Fermer xo’jaliklarida yer-suv resurslaridan foydalanishni boshqarish samaradorligining hozirgi holati
Tadqiqotimiz ob’yektida asosan fermer xo’jaliklari bo’lgani uchun, ularning yer bilan ta’minlanishi, yer-suv resurslari holatini ko’rib chiqamiz.
«Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunga muvofiq fermer xo’jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari:
16
huquqiy va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan;
qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo’jaligi kooperativlarining (shirkat xo’jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning yer uchastkalaridan;
qishloq xo’jaligi hamda boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning yer uchastkalaridan beriladi.
O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi, katta va kichik daryolar, suv havzalari bo’ylab joylashgan yer uchastkalari fermer xo’jaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi. O’zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bo’ylab besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, mo’ynali va boshqa hayvonlarni baliqlar, asalarilarni, hayvonot bog’lari hamda vivariylarning hayvonlarini va boshqa jonivorlarni) ko’paytirish, o’tlatish va boqish bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa yo’nalishdagi fermer xo’jaliklariga xo’jaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi.
Fermer xo’jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha bo’lgan, lekin o’ttiz yildan kam bo’lmagan muddatga beriladi. Fermer xo’jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo’jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadilar.
Zahira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo’jaligiga mo’ljalangan yerlardan yer uchastkalari yer uchastkalari berish (realizasiya qilish) masalalarini ko’rib chiquvchi tuman komissiyasi o’tkazgan tanlov yakunlariga ko’ra tuman hokimining qaroriga asosan beriladi.
Tuman hokimining fermer xo’jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to’g’risidagi qarori viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalari berish (realizasiya qilish) masalalarini ko’rib chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo’jaligining boshlig’i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi. Fermer xo’jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turar joyi bo’lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi. Fermer xo’jaligining yer uchastkasi chegaralari naturada (joyning o’zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan belgilanadi. Fermer xo’jaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
O’zbekistonda serunum yer va ayniqsa, suv resurslari chegaralangan. Mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, birinchi navbatda har bir gektar paxtadan olinadigan hosildorlikni oshirish hisobiga erishiladi.
Hosildorlikni oshirish kompleks agrotexnologik jarayonlarni sifatli va qisqa muddatlarda bajarish bilan bog’liq. Tarmoqni tashkil etishning barcha davrlarida va istiqbolida ham yuqori hosil olish uchun quyidagi imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur.
17
|
|
O’lchov
birligi
|
Yillar
|
2018 yilda 2016 yilga nisbatan o’zgarish
|
2016
|
2017
|
2018
|
+/-
|
%
|
1.
|
Yer maydoni
|
ga
|
59155
|
59155
|
66559
|
7404,0
|
112,5
|
2.
|
Yetkazib berilgan suv miqdori
|
mln m3
|
345,7
|
392,5
|
456,8
|
111,2
|
132,2
|
3.
|
Fermerlar soni
|
dona
|
1634
|
1678
|
1736
|
102
|
106,2
|
4.
|
Olingan daromad
|
mln so'm
|
571312,3
|
601591,9
|
721492,0
|
150179,7
|
126,3
|
5.
|
Xarajatlar
|
mln so'm
|
492896,0
|
518033,7
|
632819,6
|
139923,6
|
128,4
|
6.
|
Yalpi foyda
|
mln so'm
|
78416,3
|
83558,2
|
88672,4
|
10256,1
|
113,1
|
7.
|
| |
Dostları ilə paylaş: |