Mavzu: Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni boshqarish samarqand 2020


FERMER XO’JALIKLARIDA TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH



Yüklə 197,55 Kb.
səhifə6/10
tarix07.01.2024
ölçüsü197,55 Kb.
#201572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Fermer xo’jaliklarida tabiiy resurslaridan foydalanishni-www.fayllar.org

FERMER XO’JALIKLARIDA TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH


  1. Qishloq xo‘jalik yerlarini baholash, irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda davlatning roli.

Qishloq xo‘jalik yerlari xalqimiz uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Qishloq xo‘jalik yerlaridan samarali foydalanish tuproqning sifat jihatdan baholanishiga bog‘liq. Chunki tuproq unumdorligi yuqori bo‘lsa, mahsulotning sifatli yetishtirilishi shuncha yaxshi bo‘ladi. Yerning sifat jihatdan baholanishi ekin maydoni - dalaning har bir kartasiga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari o‘tgan 3-5 yilning yakunlariga solishtiriladi. Bu usulni odatda yerni pasportlash deyiladi. Yer kadastrlari deb, dalalar kartalarini bir-biriga har tomonlama solishtirish asosida ularni iqtisodiy baholashga aytiladi.


Qishloq xo‘jaliklariga suvni o‘z vaqtida yetkazib berishni tashkil etish uchun boshqaruv tizimini bozor munosabatlarida shakllantirib, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish lozim. Qishloq xo‘jalik korxonalariga suvni yetkazib berish va undan foydalanishda yerning meliorativ holatiga, shuningdek melioratsiya tizimiga e’tibor berish kerak.
Irrigatsiya deganda, suv resurslari bilan ta’minlash va suv inshootlari faoliyati tushuniladi. Melioratsiya esa yerning tabiiy unumdorligini yaxshilash chora- tadbirlarining jamlanmasidir.
Yer-suv resurslaridan foydalanishda davlat roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat tomonidan yer va suv xo‘jaligiga doir iqtisodiy islohotlar olib boriladi, qonunlar, qaror va farmoyishlar ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasida yer-suv resurslaridan unumli foydalanish uchun "Yer to‘g‘risida" gi Qonun va "Yer kodeksi" Vazirlar Mahkamasining "Yer monitoringi to‘g‘risida" gi Nizomi kabilar, suv resurslaridan samarali foydalanish uchun "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida" gi qonunlar qabul qilingan.
Yer monitoringi - yer tarkibidagi o‘zgarishni vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlar oldini olish, yerlarni baholash, salbiy oqibatlarni tugatish uchun yer fondining umumiy holatini kuzatish tizimidir. O‘zbekiston Respublikasining barcha yerlari, (mulkchilik va xo‘jalik shaklidan qat‘iy nazar) qanday maqsadda foydalanilishiga qaramay monitoring ob‘yekti sifatida tan olingan.
Davlat yer kadastrlari yuritish, yer-suv resurslaridan foydalanish, yer tuzish, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Yer monitoringi O‘zbekiston Respublikasi yer-suv resurslari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari" bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va tegishli vazirlik hamda tashkilotlarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.

22
O‘zbekiston Yer resurslari davlat qo‘mitasi yer monitoringi ma’lumotlarini umumlashtiradi. Monitoring tadqiqotlarini olib borishda asosiy maydonlarni tanlash, vaqt o‘tishi bilan tuproqlarning asosiy xususiyatlari o‘zgarishini tahlil etish; tadqiqot olib boriladigan ekologik maydonlarda tuproqning holatini isbotlovchi ko‘rsatkichlarni asoslash, tuproqning holatini kuzatish va ma’lumotlarni to‘plash hamda ularga o‘zgarishlar kiritish ishlarini olib boradi. Qishloq xo‘jalik yerlari tuproqning suv, shamol erroziyasi ta’siri oqibatida o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlari sho‘rlanganlik darajasining o‘zgarishi jarayoni monitoringi; yerlarning zaharlanganlik darajasining o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarining texnogen o‘zgarishi monitoringi; o‘simliklarning zaharli ximikatlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish natijasida tuproq tarkibidagi o‘zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi.


Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer kadarstrini tuzishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi;
  • yerdan foydalanishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;


  • yerning sifati va miqdori bo‘yicha hisobdan o‘tkazish;


  • yerni baholash, bunda bonitetlash va iqtisodiy baholash ham hisobga kiritiladi.


Ro‘yxatdan o‘tkazish, yerlarni xususiylashtirish, ularga egalik qilish, foydalanish va ijaraga berish tuman hokimlari tomonidan qaror qabul qilingach, yer uchastkalarining chegaralarini aniqlab, hujjatlarni rasmiylashtirib berilgandan keyin shu asosda amalga oshiriladi.


Yerning sifati va miqdori bo‘yicha hisobdan o‘tkazish, yer mulkining ob‘ektlari bo‘yicha, foydalanuvchilar yer uchastkalariga qarab, shuningdek, ekin maydoni turlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yerni iqtisodiy baholash orqali esa yerning ishlab chiqarishga qanchalik yaroqliligini ko‘rish mumkin. Bunda albatta tuproq unumdorligi ham rol o‘ynaydi.
Tuproq unumdorligi hosildorlik, mahsulotni sotish bahosi, tannarx orqali aniqlanadi. Tuproq unumdorligini aniqlashda ball bonitetiga e’tibor qaratiladi.



    1. Yüklə 197,55 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin