Qishloq xo’jaligi boshqaruvida yer-suv resurslarining meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari
Hozirda keng jamoatchilik tamonidan global ekologik vaziyat yanada murakkablashganligi va atrof muhit muammolari yer yuzining barcha hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar bilan mustahkam chatishib ketganligi tan olinmoqda.
Yer - asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Tabiat komponentlari - tog’ jinslari, suv, havo, tuproq, o’simlik va hayvonat dunyosi o’ziga hos hususiyatlari bilan tabiiy va antropogen ta’sirlarda rivojlanishi, sifat va tarkibiy o’zgarishi kuzatilsada, ular o’zaro uzviy bog’langandir. Ular o’rtasida to’xtovsiz modda almashinuvi amalga oshadi va natijada tabiiy hududiy komplekslar hosil bo’ladi.
Tuproq unumdorligi quyidagi belgilar: suvni o’tkazish, tutib qolish, o’simliklarni ta’minlash hamda oziq elementlarni chirindi shaklida to’plash, uni
23
eruvchan mineral moddalarga aylantirish, yashil o’simliklarning bu moddalarga bo’lgan talabini qondirish qobiliyati bilan xarakterlanadi. Demak, unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan yer yuzasining ustki g’ovak qatlami tuproq deyiladi.
Sug’oriladigan dehqonchilik tumanlarida tuproqning sho’rlanishi ko’proq kuzatiladi. O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarning 50 foizdan ortig’i turli darajada sho’rlangan. Ayniqsa Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Sirdaryo viloyati tuproqlari kuchli sho’rlangan. Tuproqlarda chirindi miqdori 30-50 foizgacha kamaygan. 2 mln. gektarga yaqin yerlar eroziyaga uchragan. Bunday yerlar Farg’ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini va fermer xo’jaliklari daromadini yanada oshirish uchun kollektor-drenaj infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta’minlash va foydalanish borasida, hozirgi kundagi meliorasiya sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalarini shakllantirish borasidagi masalalar joylarda tizimli ravishda, kompleks yondashilgan holda ko’rib chiqilmoqda.
Joylarda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha meliorasiya dasturlari har bir joriy yil uchun va kuzgi-qishqi mavsum uchun ishlab chiqiladi va viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanib, belgilangan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini va kollektor-drenaj tarmoqlarini samarali ishlashini ta’minlash maqsadida, holatni chuqur tahlil qilish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarini texnik ahvolini yaxshilash va ularni boshqaruv mexanizmini tanqidiy qayta ko’rib chiqish hamda aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 25 iyundagi PF-2770- sonli Farmoyishi qabul qilindi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu asosda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish, shuningdek, meliorasiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizimini takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi.
2008-2012 yillar mobaynida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash va qishloq xo’jaligini rivojlantirishning muhim ustivor vazifalari belgilab olingan.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir chora- tadbirlarni ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishida nafaqat fermer xo’jaliklari yerlarining meliorativ holati yaxshilanadi balki, aholi turar joylaridagi yer osti sizot suvlari yaqin bo’lgan hududlardagi yerlarning meliorativ holati ham bir muncha yaxshilanib, bino va inshootlarga ya’ni yer ostidan o’tkazilgan ichimlik suvi va gaz quvurlari hamda aloqa va elektr kabellarining sizot suvlari ta’sirida qolishiga, mevali va manzarali daraxtlarning qurishi va ular hosildorligining kamayishiga barham berilib, xalq xo’jaligining rivojlanishiga muhim zamin yaratiladi.
24
Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligida zararkunandalarga qarshi, begona o’tlarga va o’simlik kasalliklariga qarshi kurashda keng foydalaniladigan pestisidlar, gerbisidlarni me’yoridan ortiq ishlatish tuproqqa juda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Pestisidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining kamayishiga olib keladi. Masalan, DDT pestisidi ishlatilganidan 20 yildan keyin ham tuproq tarkibida mavjudligi aniqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi sa’yi harakati bilan bir muncha ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Qo’mita tomonidan tegishli vazirlik, qo’mita va idoralar bilan kelishgan holda tayyorlagan qaror loyihalari asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chuchuk yer osti suvlari hosil bo’ladigan zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish va suvni muhofaza qilish zonasini va qirg’oqbo’yi polosasini belgilash to’g’risida quyidagi:
“Chuchuk yer osti suvlari hosil bo’ladigan zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish to’g’risida”gi 2002 yil 16 yanvardagi 23 - sonli;
“Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasini va qirg’oqbo’yi polosasini belgilash to’g’risida”gi 2002 yil 6 martdagi 80
“Yer osti chuchuk suvlari hosil bo’ladigan zonalarga respublika ahamiyatiga ega bo’lgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to’g’risida”gi 2002 yil 26 avgustdagi 302 - sonli; (Samarqand, Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida)
“Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida Zarafshon daryosining suvni muhofaza qilish zonalarini va qirg’oq bo’yi mintaqasini belgilash to’g’risida”gi 2002 yil 26 avgustdagi 303 - sonli;
“Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish zonasini va qirg’oqbo’yi polosasini belgilash to’g’risida”gi 2003 yil 29 oktyabrdagi 471 - sonli;
“Chuchuk yer osti suvlari hosil bo’ladigan zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish to’g’risida”gi 2004 yil 12 yanvardagi
- sonli; (Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida)
“Surxondaryo viloyatidagi Surxondaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasini va qirg’oqbo’yi polosasini belgilash to’g’risida”gi 2004 yil 12 yanvardagi
- sonli;
“Andijon va Namangan viloyatlarida Qoradaryoning suvni muhofaza qilish zonasini va sohilbo’yi polosasini belgilash to’g’risida”gi 2004 yil 13 apreldagi 178
“Namangan viloyatida Norin daryosining suvni muhofaza qilish zonasini va sohilbo’yi polosasini belgilash to’g’risida”gi 2004 yil 13 apreldagi 179 - sonli; qarorlari qabul qilinib, ularda tegishli vazirliklar, qo’mitalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek, korxona va tashkilotlar bajarishlari lozim bo’lgan vazifalar belgilab berildi.
25
Hudud
|
Sug’orila- digan maydon, ming. ga
|
Sho’rlanmagan, %,
|
Kuchsiz sho’rlan- gan, %
|
O’rtacha sho’rlan- gan, %
|
Kuchli sho’rlan- gan, %
|
2016
yil
|
2018
yil
|
2016
yil
|
2018
yil
|
2016
yil
|
2018
yil
|
2016
yil
|
2018
yil
|
Samarqand
|
378,1
|
97,4
|
98,1
|
2,4
|
1,8
|
0,1
|
0,1
|
0,01
|
0
|
Respublika
bo’yicha
|
4301,5
|
49,8
|
50,4
|
31,5
|
31,3
|
15,2
|
15,0
|
3,5
|
3,3
|
Manba: Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi ma’lumotlari
jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2016-2018 yillarda sho’rlanmagan yerlar salmog’i Samarqand viloyati va Respublikada oshgan bo’lib, mos ravishda 97,4%dan 98,1%ga va 49,8%dan 50,4%ga o’zgargan. 2016 yilda kuchli sho’rlangan yerlar Samarqand viloyatida deyarli tugatilgani holda respublikada 3,3%ni tashkil etadi. Bu yer-suv resurslarining meliorativ xolatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni muntazam davom ettirish lozimligini bildiradi.
Mazkur dastur daoirasi bir qator tadbirlar amalga oshirilib, 2017 yilda Respublikamizda 51,8 mlrd so’mdan ortiq qiymatdagi ishlar bajarildi (4.2.2-jadval).
|
Dostları ilə paylaş: |