Mavzu: ffnda dislaliyani bartaraf etish. Darsning maqsadi: a ta’limiy: talabalarga ffnda dislaliyani bartaraf etish bo`yicha yangi bilim berish; b tarbiyaviy



Yüklə 21,37 Kb.
səhifə2/3
tarix06.12.2022
ölçüsü21,37 Kb.
#72771
1   2   3
Dars ishlanma

Dislaliya turlari. Tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish ona tilida hamma tovushlarda uchratish mumkin.
Tovushlar talaffuzining buzilishi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan: sonor (r, l), sirg‘aluvchi (s, z,) va shovqinli (sh, j, ch), til orqa (k, g) tovushlarida uchraydi.
Bolalarga tovushlar talaffuzining buzilishi tovushlarni nutqda yo‘qligi, ularni buzib talaffuz etish va bir-biri bilan almashtirish hollari bilan namoyon bo‘ladi.
Bu holatlarning har birini batafsil ko‘rib chiqamiz. Nutqda tovushlarning yo‘qligi ularning so‘zning boshida (masalan, randa so‘zi o‘rniga bola «anda»), so‘zning o‘rtasida (tarvuz-«tavuz»), so‘zining oxirida (qor-«qo») tushib qolishida ifodalanishi mumkin.
Tovushlarni buzib (noto‘g‘ri) talaffuz etish shunda ifodalanidiki, bunda tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi o‘rniga, shu tovushga yaqin lekin ona tili fonetika tizimida ifoda etilmaydigan tovush talaffuz etiladi. Masalan, tish aro sigmatizm, yon sigmatizm, valyar r (bunda til uchi tebranishi o‘rniga yumshoq tanglay tebranadi), uvilyar r (bunda til uchi o‘rniga kichik tilcha tebranadi).


Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida talabalar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

  1. Dislaliya turlarini ayting.

  2. Sigmatizmning qanday turlari bor?

  3. Rotatsizmning qanday turlari bor?

  4. Tish aro va lab tish sigmatizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.

  5. Til oldi va shovqinli sigmatizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.

  6. Yon va burunli sigmatizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.

  7. Velyar va uvilyar rotatsizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.

  8. Kuchersikiy va yon rotatsizmini namoyon bo‘lishini aytib bering.



Darsda qo`llanilgan metodlar: “Ruchka stol o`rtasida”, “Maqsad sari bir qadam” metodi.


Talabalarni baholash: Talabalar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan talabalar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: talabalarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi. Shuningdek, “Madsad sari bir qadam” metodi bo`yicha mavzuda bayon etilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo`yicha logopedik korreksion ishlar rejalashtirib kelishadi.
Magistratura bo`limi uslubchisi: _______ S.Murodillayev
Sana: “__” ___________ 202__-yil. Guruhlar: “___________________________”. O‘qituvchi: Turdaliyeva M.



Yüklə 21,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin