Mavzu: Fizik kimyoning zamonaviy muammolari. Zamonaviy fotofizika va fotokimyo bilan tanishish



Yüklə 260,48 Kb.
səhifə3/7
tarix11.06.2023
ölçüsü260,48 Kb.
#128382
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil talim ERMATOVA MAVLUDA

Fotokimyoviy reaksiyalar bu
Yorug’lik ta’sirida vujudga keladigan yoki yorug’lik bilan tezlashadigan reaksiyalarga fotokimyoviy reaksiyalar deyiladi.
Fotokimyoviy reaksiyalarga quyidagilar kiradi
Tipik fotokimyovbiy reaksiyalar qatoriga fotokimyoviy sintez, izomerizatsiya, fotokimyoviy polimerizatsiya, fotoliz (ya’ni yorug’lik ta’siridan parchalanish), fotokimyoviy oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, molekulalar ichida atomlarning qayta gruppalanish reaksiyalari va allotropik o’zgarishlar kiradi.
Bu reaksiyani kim kashf qildi va u qanday olib boriladi
Fotokimyoning eng birinchi qonuni 1817 yilda F.X.Grotgus kashf etdi. Grotgus qonuniga muvofiq, jismdan o’tib ketga va jism sirtidan qaytgan nurlar hech qanday kimyoviy reaksiyani yuzaga chiqarmaydi, faqat modda tomonidan yutilgan nur kimyoviy o’zgarishni sodir qila olad Ba’zi fotokimyoviy reaksiyalar ko’zga ko’rinadigan nur ta’siri natijasida sodir bo’ladi; ba’zilari esa reaksiya uchun kerakli energiyani ul’trabinafsha yoki infraqizil nurning energiyasi haqida qabul qiladi
Fotokimyoviy reaksiyalar quyidagi qununlarga bo’ysunadi
1. Sistema nisbatan ancha yuqoriga ega bo’lgan yorug’likni yutgandan keyingina fotokimyoviy reaksiya sodir bo’lishi mumkin. 2. Har bir yutilgan foton faqat bitta molekulani aktivlashtirib, unda birlamchi qo’zg’alish jarayonlarini vujudga keltiradi. 3. Molekula fotonni yutganda u quyi qo’zg’algan singlet holat S1 yoki quyi triplet holat T1 ga o’tadi. 4. Quyi qo’zg’algan singlet S1 holat va T1 triplet holatlar ko’pchilik organik moddalar eritmalarida boradigan fotokimyovir reaksiyalarning boshlang’ich energiya holatidir.
Fotokimyoviy reaksiyalar haqida qonun
Fotokimyoviy reaksiyalarning miqdoriy qonuni K.A.Timiryazev, BunzenRosko, Vant-Goff va nihoyat Kvant nazariyasiga asoslanib, Eynshteyn topdilar. Bunzen-Rosko qonuniga ko’ra, fotokimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo’lgan mahsulotning miqdori faqat tushayotgan nurning intensivligi (I) bilan yoritilish vaqti (t) ko’paytmasiga bog’liq bo’lib, I va t ning alohida olingan qiymatlarga bog’liq emas. K.A.Timiryazev fotokimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotning yutilgan nur energiyasiga proporsional bo’lishni ko’rsatdi. P.P.Lazarev bu xulosani tajribada tasdiqladi.

Yüklə 260,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin