Mavzu: Fonеtika va grafika asoslarini o‘rgatish metodikasi Reja


Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilantanishtirish



Yüklə 15,46 Kb.
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü15,46 Kb.
#122724
1   2   3   4   5
Mavzu Fonеtika va grafika asoslarini o‘rgatish metodikasii-fayllar.org

Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilantanishtirish

Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi.

Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi:


  • Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning lek­sik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog‘liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug‘aviy ma’noni ifodalaydi.

  • So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. So’zning tovush tarkibini to’g‘ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.

1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og‘iz bo’shlig‘idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og‘iz bo’shlig‘ida to’siqqa uchraydi);


1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og‘iz bo’shlig‘idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og‘iz bo’shlig‘ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi);
3) bo’g‘in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g‘in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g‘in hosil qilmaydi).
3) bo’g‘in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g‘in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g‘in hosil qilmaydi).

  • O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:

tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;


harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz
harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi

  • O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:

  • 1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi);

  • 2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarang­li, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg‘aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;

  • 3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng)ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi;

  • 4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).

Yüklə 15,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin