Mavzu: Fonеtika va grafika asoslarini o‘rgatish metodikasi Reja



Yüklə 15,46 Kb.
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü15,46 Kb.
#122724
  1   2   3   4   5
Mavzu Fonеtika va grafika asoslarini o‘rgatish metodikasii-fayllar.org


Mavzu: Fonеtika va grafika asoslarini o‘rgatish metodikasii

Mavzu: Fonеtika va grafika asoslarini o‘rgatish metodikasi

Reja:

1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fonetikani o‘rgatishning ahamiyati.

2.Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar,ularning yozuvda ifodalanishi.

 

Adabiyotlar: 1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b. 2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b. 3. G‘afforova T., Shodmonov E., G’ulomova X. Ona tili (1-sinf uchun darslik). – T.:Sharq, 2019. – 112 b. 4.Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). –T.:Cho‘lpon, 2018. -144 b. 5.Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo’ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2019. -152 b. 6.Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2017. -192 b.

1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fonetikani o‘rgatishning ahamiyati.

Kichik yoshdagi o’quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g‘ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g‘ri talaffuz qilish, urg‘uli bo’g‘inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g‘ri aytish, logik urg‘u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari manosidagi farq faqat urg‘u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g‘ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur.


  • I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.


Yüklə 15,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin