Mavzu: Fonеtika va grafika asoslarini o‘rgatish metodikasi Reja


Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari kerak



Yüklə 15,46 Kb.
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü15,46 Kb.
#122724
1   2   3   4   5
Mavzu Fonеtika va grafika asoslarini o‘rgatish metodikasii-fayllar.org

Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari kerak:


  • Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham alifbodagi xuddi shu harf yozilishini, ya’ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib olishlari etarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bun­day moslik bo’lmaydi, ya’ni ko’pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, ozot kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani uchun I sinfdanoq o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug‘iladi. Dasturga ko’ra, I sinf o’quvchilari bva d jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar:

  • Kitob so’zi oxirida jufti bor un­dosh tovushni eshityapman, shuning uchun so’zni tekshirish kerak. Shu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z tanlayman: kitobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini yozaman

  • 1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.

  • 2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarnitekshirish kerakligini bilish.

  • 3. Undosh tovush unli tovushdan oldinkelganda,boshqatovush bilan almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish.

  • 4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi – kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga).

  • Shunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur.

  • O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: maktabim – maktab, tuzi – tuz kabi.

Yüklə 15,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin