fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan. Aslida esa vatanparvarlik
fuqaroviylikning bir ko‘rinishi xolos. Fuqarolik jamiyati
fuqarolarning oddiygina
yig‘indisi bo‘lmagani singari fuqaroviylik ham individual ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa
emas. Fuqaroviylik bir mamlakat hududida yashovchi fuqarolarning o‘z vatanlariga
sodiqligi, qonunlarni hurmat qilish, ularga bo‘ysunishi, shuningdek vatannni himoya qilish
va umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarda faollikni nazarda tutadi.
Fuqaroviylikka nisbatan berilgan fikrlarni umumlashtirgan holda un quyidagicha ta’riflash
mumkin:
Fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi
tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo‘ladigan yuqori
darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi.
Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi:
- fuqaroning o‘z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi;
- boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish;
- fuqaroning o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi;
- davlat va jamiyat oldida o‘zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash;
-
fuqarolarning tengligi;
- yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan
ob’ektiv va tanqidiy yondashuv;
- hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot
yuritish
qobiliyati;
- bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va
til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy o‘zlikni anglash va hokazolar.
Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish
mumkin:
- fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo‘lsa u dastlabki pog‘onada, ya’ni fuqaroviy
xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin;
- agar fuqaroda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir
munosabati shakllangan bo‘lsa uni fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan
shaxs sifatida
e’tirof etish mumkin;
- agar fuqaroda o‘z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish
ko‘nikmasi mavjud bo‘lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin.
Fuqaroviylikning tugal yoki to‘kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin
qilish mumkin:
1. Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan,
fuqaroviy xususiyatlar, o‘z haq-
huquqlari uchunkurashish istagi to‘liq namoyon bo‘lmasa fuqaroviylikning eng quyi
darajasi namoyon bo‘ladi.
2. Fuqaro o‘z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo‘lsa, u haqda o‘z bilim va
qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo‘lsa, bunda fuqaroviylikning o‘rta darajasi
namoyon bo‘ladi.
3. Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to‘liq
shakllangan, o‘z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon
bo‘ladigan bo‘lsa uni yuqori darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin.
Fuqaroviylik jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Fuqaroviylik tevarak atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga
nisbatan faol munosabatni,
fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik jamiyat
oldida ma’lum bir maqsadning shakllanishiga xizmat qiladi. Albatta jamiyatda
fuqaroviylikning rivojlanishi uchun tegishli tarbiyaviy chora-tadbirlar, qulay ijtimoiy
muhit muhim ahamiyatga ega.
Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan bog‘liq bo‘lib,
bunday darajaga etgan kishi siyosiy jarayonlar va hodisalarga qiziqish bilan qaraydi, ro‘y
berayotgan voqelikni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Aynan ana shunday qobiliyatga
ega bo‘lgan fuqaro kezi kelganda o‘z vatani taqdiri uchun amaliy harakat qilish uchun zarur
bo‘lgan qarorga kelish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Vatanparvarlik ruhiga, mas’uliyat, siyosiy
madaniyat va taraqqiy topgan siyosiy ongga ega bo‘lgan jamiyat a’zosini fuqaroviylikka
ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: