Mavzu: fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi


 Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni



Yüklə 393,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix17.05.2023
ölçüsü393,07 Kb.
#115330
1   2   3   4
9-maruza (1)

3. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni 
Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni o‘rganishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini 
barpo etishda fuqaroviy faollikni o‘rganishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati nafaqat 
fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bo‘lgan fuqarolar 
bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganish muhim 
ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy 
qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida 
baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to‘laqonli rivojlanishiga, 
undagi imkoniyatlarning to‘liq namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi 
hamda fuqaroviy 
faollikka ega bo‘lish jamiyatda ro‘y berayotgan barcha voqea-
hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning echimini chuqur anglashni 
taqozo etadi.
Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Bu erda jamiyatning davlat faoliyatidan xoli holda jamoaviy tashabbuslar bilan 
rivojlanishi nazarda tutilmoqda. Bu partiyalarga a’zolikni nazarda tutuvchi siyosiy faollik, 
nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish, turli ijtimoiy tashabbuslar va 
ijtimoiy harakatlarni anglatadi. SHu ma’noda jamiyat uchun foydali bo‘lgan turli dasturlar 
va jamoat birlashmalarida ishtirok etish ham fuqaroviy faollikka kiradi. 
Aslini olganda jamiyat a’zolarining asosiy ko‘pchiligi jamiyatda mavjud qoidalar 
asosida faoliyat yuritgan holda ijtimoiy faollik ko‘rsatishmaydi. Bunday passivlikning 
jamoat tartibini saqlash nuqtai nazaridan qaysidir darajada ijobiy jihatlari ham mavjud 
bo‘lsa-da, fuqarolik jamiyatini qurishda fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga ega 
ekanligini esda tutish lozim. Zero passiv fuqarolar hech qachon o‘z huquqlari uchun 
kurashishmaydi. Fuqaroviy faollik o‘z kuchiga ishonish, mavjud vaziyatni o‘zgartirishga 
qodirlik hissining yaqqol namoyon bo‘lishi bilan vujudga keladi. Ko‘pgina hollarda 
fuqaroviy faollikning boshlang‘ich nuqtasi sotsiologlarni qiziqtirgan masaladir. Zero 
aksariyat jamiyatlarda ijtimoiy o‘zgarishlar davlat etakchiligida amalga oshiriladi va 
jamiyat a’zolari keyinchalik bu o‘zgarishlarga moslashishadi. 
Ko‘pincha fuqaroviy faollik yoshlarda kuzatiladi. Albatta fuqaroviy faollikka ta’sir 
ko‘rsatuvchi omil faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Bilim darajasi, dunyoqarash, tarbiya 
va hatto yashash manzili ham bunga ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘pincha yoshlar fuqaroviy faollik ko‘rsatishni istashsa-da, siyosiy sohada bunday 
faoliyat ko‘rsata olmaydilar. Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati murakkab 
bo‘lganligi tufayli o‘z istaklarini siyosatchilar oldida to‘g‘ri shakllantirishga qodir 
bo‘lmaydilar. Boshqa tarafdan siyosiy soha yoshlardan ancha uzoq bo‘lganligi tufayli 
yoshlar o‘z manfaatlarini davlat siyosati bilan muvofiqlashtirishda murakkabliklarga duch 
kelishlari mumkin. SHu tufayli ularning ba’zilari siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lishadi, 
aksariyati esa umuman siyosatga qiziqmay qo‘yadilar. 
Biror-bir sohadagi muammolarni bartaraf etish imkoniyati nodavlat notijorat 
tashkilotlarida mavjud bo‘lganligi tufayli yoshlarning aksariyati shunday tashkilotlarga 
a’zo bo‘lib kirishadi. Davlatning siyosiy tuzilmalarida professional faoliyatga kirish 
fuqaro/yoshlardan ma’lum ish tajribasi, bilim va ko‘nikma talab qilsa, jamoat 


birlashmalariga a’zo bo‘lib kirish uchun ish tajriba talab etilmaydi, balki faqat qiziqishning 
o‘zi etarli bo‘ladi. 
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolar ijtimoiy jarayonlarni 
boshqarish, mavjud vaziyatni o‘zgartirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 
o‘z tashabbuslarini ilgari surish zarurligini anglab etadilar. Bu esa turli ko‘ngillilar 
jamiyatlarining tuzilishiga sabab bo‘ladi. Insonda boshqalarga yordam berish, ayniqsa 
muammoli vaziyatga tushgan vatandoshlariga, qo‘shnilariga ko‘maklashish hissi mavjud. 
Aynan boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zgan kishi nafaqat muammoni bartaraf etishga 
hissa qo‘shadi, balki u o‘zligini ham yanada chuqurroq anglay boradi. SHuning uchun 
bo‘lsa kerak, ko‘ngillilik butun dunyoda keng tarqalgan hodisalardan biriga aylangan. Bu 
hodisa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shishga bel 
bog‘lagan kishilarni umumbashariy miqyosda birlashtiradigan jarayonga aylangan. 
Ko‘ngillilik turli shakllarda amalga oshirilishi, jumladan turli kasalliklarga qarshi 
kurashish uchun xayriya faoliyatidan boshlab qashshoqlik yoki tabiiy ofatlarga qarshi 
kurashish shaklida bo‘lishi mumkin. 
Insonni ixtiyoriy faoliyat, ya’ni ko‘ngilli ishga chorlovchi istakning negizida har bir 
kishiga xos bo‘lgan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar yotadi. Jumladan, boshqalarga naf 
keltirish, o‘zini namoyon qilish va muloqot istagi kishini faollikka etaklaydi. Kishida 
ijtimoiy jihatdan e’tirofga bo‘lgan ehtiyoj ham mavjud. Professional va hayotiy tajribani 
qo‘llash istagi ham kishini shunday faoliyatga chorlashi mumkin. O‘z imkoniyatlarini 
ishga solish, o‘z g‘oyalarini tatbiq etish istagi ham kishini harakatlantiruvchi kuchga 
aylanishi mumkin. Ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish va ishtirok etish ehtiyoji ham 
kishini faollikka etaklaydi. 
Ko‘ngilli faoliyat inson uchun o‘z shaxsiy ehtiyojlari bilan jamiyat ehtiyojlarini 
uyg‘unlashgan holda hayotga tatbiq etish uchun o‘ziga xos imkoniyatdir. Bu ehtiyoj 
kishilarning o‘z axloqiy burchlarini anglash hamda insonning barkamolligidan dalolat 
beradi. Ko‘ngilli faoliyat yurita ekan inson axloqiy jihatdan takomillashib boradi, muloqot 
madaniyatini rivojlantiradi, o‘zaro hamkorlik va birodarlik hissiga, insonparvarlik 
tuyg‘usiga ega bo‘ladi. Ko‘ngillilik faoliyati faol va ijodiy xarakterga ega bo‘lib, inson o‘z 
salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu faoliyat tevarak atrofda ro‘y 
berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatning shakllanishiga, siyosiy 
voqelikka ziyrak nazar bilan qarashga yordam beradi. 
Aynan fuqaroviy faollikning o‘zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi;
- faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim to‘g‘risida 
bilim olishga tayyor bo‘lgan kishilardan iborat; 
- faol fuqarolarda o‘z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat 
mavjud;
- faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun ko‘nikmalar mavjud bo‘ladi
2
.
Fuqarolik faolligi bugungi kunda davlat uchun misli ko‘rilmagan ko‘makchiga 
aylanmoqda. Turli ijtimoiy loyihalarga birlashgan fuqarolar ro‘y berayotgan, tug‘ilayotgan 
va mavjud muammolarni muhokama qilish, ularning echimini topish va hukumatga taklif 
etish imkoniyatiga ega. Turli nodavlat tuzilmalaridagi etuk mutaxassislar bozor 
munosabatlari sharoitida kutilmaganda ro‘y beradigan muammolar, bozorning betartartib 
jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga hukumatga ko‘makchilik 
qilmoqdalar.
2
Kаrpоvа N.V. Pоlitichеskаya kulturа v prоtsеssе stаnоvlеniya grаjdаnskоgо оbщеstvа// Vеstnik Mоskоvskоgо 
univеrsitеtа. – Sеr. 18 : Sоtsiоlоgiya i pоlitоlоgiya. – 2006. – №1. 


Ma’lumki bozor munosabatlari sharoitida rang-barang ijtimoiy muammolar yuzaga 
kelaveradi, ammo ularning echimini hukumat hamisha ham o‘z vaqtida hal etavermaydi. 
Boshqacha aytganda bunday muammolarni hukumat o‘z vaqtida payqash imkoniyatiga ega 
emas. SHunday muammolar mavjudki, ularning oqibati jamiyat uchun qanchalik mudhish 
bo‘lmasin, ularning mavjudligini tan olish yoki ularni bartaraf etish uchun aniq belgilangan 
institutlar mavjud bo‘lmaydi. Agar hukumat fuqaroviy faollikni yuzaga chiqishiga 
imkoniyat yaratmas ekan, yoki turli nodavlat va jamoat birlashmalariga ana shunday 
muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha faol bo‘lishga shart-sharoitlar yaratmas 
ekan fuqarolik jamiyatini barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi. 
Fuqarolik jamiyati rivoj topgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 
faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari mavjud bo‘lib, ular serqirra faoliyat yuritadilar. 
Masalan, jamiyatdagi ma’lumotlilik darajasini oshirish yoki zamonaviy ta’lim 
texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ma’lum tadqiqotlar olib borishadi va natijada 
parlamentga tegishli qonun o‘zgartirishlari taklif etishlari mumkin. 
Tabiatni asrash yoki ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha, yuqumli 
kasalliklarni oldini olish, shahar havosining ifloslanishi, chiqindilardan tozalash bo‘yicha 
jamoat birlashmalari hukumatga qimmatli fikrlar bilan bir qatorda amaliy loyihalarni taklif 
etadilar.
Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati uchun fuqaroviylik, fuqaroviy ong va 
fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga egadir. Taraqqiyotni maqsad qilgan har qanday 
jamiyat uchun inson salohiyatidan foydalanish, insonning o‘zligida, uning qalbida mavjud 
bo‘lgan birdamlik, saxiylik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarga murojaat etishning o‘zi 
kifoyadir. 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Fuqaroviylikning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
2. Fuqaroviylikning asosiy xususiyatlari haqida nimalar deya olasiz? 
3. Fuqaroviy ong nima? 
4. Fuqaroviyongning namoyon bo‘lish omillari
5. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni 

Yüklə 393,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin