Mavzu: fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi



Yüklə 393,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.05.2023
ölçüsü393,07 Kb.
#115330
  1   2   3   4
9-maruza (1)



9- MAVZU: FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK 
POZITSIYASI. 
 
Reja: 
1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari
3. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni 
 
Tayanch so‘zlar: Jamiyat, davlat, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, 
fuqaroviylik, fuqaroviy ong, faollik, ijtimoiy faollik, huquqiy davlat, fuqaroviy faollik, 
ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makon, ijtimoiy jarayonlar, siyosiy jarayonlar, davlat va 
fuqaro munosabatlari. 
1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari 
Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning 
faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati 
fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo‘lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. 
Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‘tish davrida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni boshidan 
kechirayotgan, aniqrog‘i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda 
fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun 
avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi.
Manbalarda qayd etilishicha o‘z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo‘l bilan, 
jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. 
Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati 
barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo‘lidagi amaliy faoliyati muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini 
olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyati mavjud.
Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda 
vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat 
ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik 
nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan 

Yüklə 393,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin