3. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni
Fuqaroviylik va fuqaroviy ongni o‘rganishdan asosiy maqsad fuqarolik jamiyatini
barpo etishda fuqaroviy faollikni o‘rganishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati nafaqat
fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bo‘lgan fuqarolar
bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganish muhim
ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy
qonuniyatlarini anglash imkonini beradi.
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida
baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to‘laqonli rivojlanishiga,
undagi imkoniyatlarning to‘liq namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi
hamda fuqaroviy
faollikka ega bo‘lish jamiyatda ro‘y berayotgan barcha voqea-
hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning echimini chuqur anglashni
taqozo etadi.
Ijtimoiy faollik tushunchasi fuqarolik jamiyati tushunchasi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Bu erda jamiyatning davlat faoliyatidan xoli holda jamoaviy tashabbuslar bilan
rivojlanishi nazarda tutilmoqda. Bu partiyalarga a’zolikni nazarda tutuvchi siyosiy faollik,
nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish, turli ijtimoiy tashabbuslar va
ijtimoiy harakatlarni anglatadi. SHu ma’noda jamiyat uchun foydali bo‘lgan turli dasturlar
va jamoat birlashmalarida ishtirok etish ham fuqaroviy faollikka kiradi.
Aslini olganda jamiyat a’zolarining asosiy ko‘pchiligi jamiyatda mavjud qoidalar
asosida faoliyat yuritgan holda ijtimoiy faollik ko‘rsatishmaydi. Bunday passivlikning
jamoat tartibini saqlash nuqtai nazaridan qaysidir darajada ijobiy jihatlari ham mavjud
bo‘lsa-da, fuqarolik jamiyatini qurishda fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga ega
ekanligini esda tutish lozim. Zero passiv fuqarolar hech qachon o‘z huquqlari uchun
kurashishmaydi. Fuqaroviy faollik o‘z kuchiga ishonish, mavjud vaziyatni o‘zgartirishga
qodirlik hissining yaqqol namoyon bo‘lishi bilan vujudga keladi. Ko‘pgina hollarda
fuqaroviy faollikning boshlang‘ich nuqtasi sotsiologlarni qiziqtirgan masaladir. Zero
aksariyat jamiyatlarda ijtimoiy o‘zgarishlar davlat etakchiligida amalga oshiriladi va
jamiyat a’zolari keyinchalik bu o‘zgarishlarga moslashishadi.
Ko‘pincha fuqaroviy faollik yoshlarda kuzatiladi. Albatta fuqaroviy faollikka ta’sir
ko‘rsatuvchi omil faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Bilim darajasi, dunyoqarash, tarbiya
va hatto yashash manzili ham bunga ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘pincha yoshlar fuqaroviy faollik ko‘rsatishni istashsa-da, siyosiy sohada bunday
faoliyat ko‘rsata olmaydilar. Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati murakkab
bo‘lganligi tufayli o‘z istaklarini siyosatchilar oldida to‘g‘ri shakllantirishga qodir
bo‘lmaydilar. Boshqa tarafdan siyosiy soha yoshlardan ancha uzoq bo‘lganligi tufayli
yoshlar o‘z manfaatlarini davlat siyosati bilan muvofiqlashtirishda murakkabliklarga duch
kelishlari mumkin. SHu tufayli ularning ba’zilari siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lishadi,
aksariyati esa umuman siyosatga qiziqmay qo‘yadilar.
Biror-bir sohadagi muammolarni bartaraf etish imkoniyati nodavlat notijorat
tashkilotlarida mavjud bo‘lganligi tufayli yoshlarning aksariyati shunday tashkilotlarga
a’zo bo‘lib kirishadi. Davlatning siyosiy tuzilmalarida professional faoliyatga kirish
fuqaro/yoshlardan ma’lum ish tajribasi, bilim va ko‘nikma talab qilsa, jamoat
birlashmalariga a’zo bo‘lib kirish uchun ish tajriba talab etilmaydi, balki faqat qiziqishning
o‘zi etarli bo‘ladi.
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolar ijtimoiy jarayonlarni
boshqarish, mavjud vaziyatni o‘zgartirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha
o‘z tashabbuslarini ilgari surish zarurligini anglab etadilar. Bu esa turli ko‘ngillilar
jamiyatlarining tuzilishiga sabab bo‘ladi. Insonda boshqalarga yordam berish, ayniqsa
muammoli vaziyatga tushgan vatandoshlariga, qo‘shnilariga ko‘maklashish hissi mavjud.
Aynan boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zgan kishi nafaqat muammoni bartaraf etishga
hissa qo‘shadi, balki u o‘zligini ham yanada chuqurroq anglay boradi. SHuning uchun
bo‘lsa kerak, ko‘ngillilik butun dunyoda keng tarqalgan hodisalardan biriga aylangan. Bu
hodisa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shishga bel
bog‘lagan kishilarni umumbashariy miqyosda birlashtiradigan jarayonga aylangan.
Ko‘ngillilik turli shakllarda amalga oshirilishi, jumladan turli kasalliklarga qarshi
kurashish uchun xayriya faoliyatidan boshlab qashshoqlik yoki tabiiy ofatlarga qarshi
kurashish shaklida bo‘lishi mumkin.
Insonni ixtiyoriy faoliyat, ya’ni ko‘ngilli ishga chorlovchi istakning negizida har bir
kishiga xos bo‘lgan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar yotadi. Jumladan, boshqalarga naf
keltirish, o‘zini namoyon qilish va muloqot istagi kishini faollikka etaklaydi. Kishida
ijtimoiy jihatdan e’tirofga bo‘lgan ehtiyoj ham mavjud. Professional va hayotiy tajribani
qo‘llash istagi ham kishini shunday faoliyatga chorlashi mumkin. O‘z imkoniyatlarini
ishga solish, o‘z g‘oyalarini tatbiq etish istagi ham kishini harakatlantiruvchi kuchga
aylanishi mumkin. Ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish va ishtirok etish ehtiyoji ham
kishini faollikka etaklaydi.
Ko‘ngilli faoliyat inson uchun o‘z shaxsiy ehtiyojlari bilan jamiyat ehtiyojlarini
uyg‘unlashgan holda hayotga tatbiq etish uchun o‘ziga xos imkoniyatdir. Bu ehtiyoj
kishilarning o‘z axloqiy burchlarini anglash hamda insonning barkamolligidan dalolat
beradi. Ko‘ngilli faoliyat yurita ekan inson axloqiy jihatdan takomillashib boradi, muloqot
madaniyatini rivojlantiradi, o‘zaro hamkorlik va birodarlik hissiga, insonparvarlik
tuyg‘usiga ega bo‘ladi. Ko‘ngillilik faoliyati faol va ijodiy xarakterga ega bo‘lib, inson o‘z
salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu faoliyat tevarak atrofda ro‘y
berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatning shakllanishiga, siyosiy
voqelikka ziyrak nazar bilan qarashga yordam beradi.
Aynan fuqaroviy faollikning o‘zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi;
- faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy tizim to‘g‘risida
bilim olishga tayyor bo‘lgan kishilardan iborat;
- faol fuqarolarda o‘z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat
mavjud;
- faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun ko‘nikmalar mavjud bo‘ladi
2
.
Fuqarolik faolligi bugungi kunda davlat uchun misli ko‘rilmagan ko‘makchiga
aylanmoqda. Turli ijtimoiy loyihalarga birlashgan fuqarolar ro‘y berayotgan, tug‘ilayotgan
va mavjud muammolarni muhokama qilish, ularning echimini topish va hukumatga taklif
etish imkoniyatiga ega. Turli nodavlat tuzilmalaridagi etuk mutaxassislar bozor
munosabatlari sharoitida kutilmaganda ro‘y beradigan muammolar, bozorning betartartib
jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga hukumatga ko‘makchilik
qilmoqdalar.
2
Kаrpоvа N.V. Pоlitichеskаya kulturа v prоtsеssе stаnоvlеniya grаjdаnskоgо оbщеstvа// Vеstnik Mоskоvskоgо
univеrsitеtа. – Sеr. 18 : Sоtsiоlоgiya i pоlitоlоgiya. – 2006. – №1.
Ma’lumki bozor munosabatlari sharoitida rang-barang ijtimoiy muammolar yuzaga
kelaveradi, ammo ularning echimini hukumat hamisha ham o‘z vaqtida hal etavermaydi.
Boshqacha aytganda bunday muammolarni hukumat o‘z vaqtida payqash imkoniyatiga ega
emas. SHunday muammolar mavjudki, ularning oqibati jamiyat uchun qanchalik mudhish
bo‘lmasin, ularning mavjudligini tan olish yoki ularni bartaraf etish uchun aniq belgilangan
institutlar mavjud bo‘lmaydi. Agar hukumat fuqaroviy faollikni yuzaga chiqishiga
imkoniyat yaratmas ekan, yoki turli nodavlat va jamoat birlashmalariga ana shunday
muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha faol bo‘lishga shart-sharoitlar yaratmas
ekan fuqarolik jamiyatini barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi.
Fuqarolik jamiyati rivoj topgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari mavjud bo‘lib, ular serqirra faoliyat yuritadilar.
Masalan, jamiyatdagi ma’lumotlilik darajasini oshirish yoki zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ma’lum tadqiqotlar olib borishadi va natijada
parlamentga tegishli qonun o‘zgartirishlari taklif etishlari mumkin.
Tabiatni asrash yoki ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha, yuqumli
kasalliklarni oldini olish, shahar havosining ifloslanishi, chiqindilardan tozalash bo‘yicha
jamoat birlashmalari hukumatga qimmatli fikrlar bilan bir qatorda amaliy loyihalarni taklif
etadilar.
Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati uchun fuqaroviylik, fuqaroviy ong va
fuqaroviy faollik juda muhim ahamiyatga egadir. Taraqqiyotni maqsad qilgan har qanday
jamiyat uchun inson salohiyatidan foydalanish, insonning o‘zligida, uning qalbida mavjud
bo‘lgan birdamlik, saxiylik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarga murojaat etishning o‘zi
kifoyadir.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Fuqaroviylikning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
2. Fuqaroviylikning asosiy xususiyatlari haqida nimalar deya olasiz?
3. Fuqaroviy ong nima?
4. Fuqaroviyongning namoyon bo‘lish omillari
5. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni
Dostları ilə paylaş: |