Mavzu: fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi


layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin



Yüklə 393,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.05.2023
ölçüsü393,07 Kb.
#115330
1   2   3   4
9-maruza (1)

layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin 
etish mumkin. 
V.Dalning qayd etishiga qaraganda, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish 
uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir”
1
.
Ko‘rinib turganidek, fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning 
bilimi va jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga 
rioya qilishiga bog‘liq. Bu erda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida amalga 
oshiriladigan birdamlik, o‘zaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyat ham nazarda tutiladi. 
Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon 
bo‘lmoqda. Aslida ko‘pgina an’anaviy jamiyatlarda hamisha fuqaroviylik huquqiy 
mazmunda emas, balki ko‘proq ma’naviy axloqiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
SHo‘ro davrida fuqaroviylik albatta vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin 
etilsa-da, ko‘proq mafkuralashgan ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. Ko‘pgina hollarda 
1
Dаl V.I. Tоlkоvыy slоvаr jivоgо vеlikоrusskоgо yazыkа (sоvrеmеnnое nаpisаniе slоv). Izd. “TSitаdеl”, g. 
Mоskvа, 1998 g 


fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan. Aslida esa vatanparvarlik 
fuqaroviylikning bir ko‘rinishi xolos. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning oddiygina 
yig‘indisi bo‘lmagani singari fuqaroviylik ham individual ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa 
emas. Fuqaroviylik bir mamlakat hududida yashovchi fuqarolarning o‘z vatanlariga 
sodiqligi, qonunlarni hurmat qilish, ularga bo‘ysunishi, shuningdek vatannni himoya qilish 
va umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarda faollikni nazarda tutadi. 
Fuqaroviylikka nisbatan berilgan fikrlarni umumlashtirgan holda un quyidagicha ta’riflash 
mumkin: 
Fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi 
tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo‘ladigan yuqori 
darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi. 
Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi:
- fuqaroning o‘z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi;
- boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish;
- fuqaroning o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi;
- davlat va jamiyat oldida o‘zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash;
- fuqarolarning tengligi;
- yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan 
ob’ektiv va tanqidiy yondashuv;
- hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot 
yuritish qobiliyati;
- bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va 
til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy o‘zlikni anglash va hokazolar.
Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish 
mumkin:
- fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo‘lsa u dastlabki pog‘onada, ya’ni fuqaroviy 
xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin;
- agar fuqaroda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir 
munosabati shakllangan bo‘lsa uni fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxs sifatida 
e’tirof etish mumkin;
- agar fuqaroda o‘z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish 
ko‘nikmasi mavjud bo‘lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin.
Fuqaroviylikning tugal yoki to‘kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin 
qilish mumkin:
1. Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o‘z haq-
huquqlari uchunkurashish istagi to‘liq namoyon bo‘lmasa fuqaroviylikning eng quyi 
darajasi namoyon bo‘ladi. 
2. Fuqaro o‘z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo‘lsa, u haqda o‘z bilim va 
qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo‘lsa, bunda fuqaroviylikning o‘rta darajasi 
namoyon bo‘ladi.
3. Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to‘liq 
shakllangan, o‘z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon 
bo‘ladigan bo‘lsa uni yuqori darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin.
Fuqaroviylik jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo‘naltirishga xizmat qiladi. 
Fuqaroviylik tevarak atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatni
fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik jamiyat 
oldida ma’lum bir maqsadning shakllanishiga xizmat qiladi. Albatta jamiyatda 


fuqaroviylikning rivojlanishi uchun tegishli tarbiyaviy chora-tadbirlar, qulay ijtimoiy 
muhit muhim ahamiyatga ega.
Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan bog‘liq bo‘lib, 
bunday darajaga etgan kishi siyosiy jarayonlar va hodisalarga qiziqish bilan qaraydi, ro‘y 
berayotgan voqelikni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Aynan ana shunday qobiliyatga 
ega bo‘lgan fuqaro kezi kelganda o‘z vatani taqdiri uchun amaliy harakat qilish uchun zarur 
bo‘lgan qarorga kelish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Vatanparvarlik ruhiga, mas’uliyat, siyosiy 
madaniyat va taraqqiy topgan siyosiy ongga ega bo‘lgan jamiyat a’zosini fuqaroviylikka 
ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin. 

Yüklə 393,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin