Mavzu: Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqaroviylik pozitsiyasi. Reja



Yüklə 52,72 Kb.
səhifə1/7
tarix18.05.2022
ölçüsü52,72 Kb.
#58433
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqaroviylik pozitsiyasi. Re



Mavzu: Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqaroviylik pozitsiyasi.


Reja:


  1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari.

  2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari.

  3. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni.

  4. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy jihatlari.

  5. Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy jihatlari


Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo‘lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‘tish davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog‘i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi.
Manbalarda qayd etilishicha o‘z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo‘l bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo‘lidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyati mavjud.
Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.
V.Dalning qayd etishiga qaraganda, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir”1.
Ko‘rinib turganidek, fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning bilimi va jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga bog‘liq. Bu erda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshiriladigan birdamlik, o‘zaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyat ham nazarda tutiladi. Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon bo‘lmoqda. Aslida ko‘pgina an’anaviy jamiyatlarda hamisha fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko‘proq ma’naviy axloqiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
SHo‘ro davrida fuqaroviylik albatta vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsada, ko‘proq mafkuralashgan ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. Ko‘pgina hollarda fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan. Aslida esa vatanparvarlik fuqaroviylikning bir ko‘rinishi xolos. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning oddiygina yig‘indisi bo‘lmagani singari fuqaroviylik ham individual ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa emas. Fuqaroviylik bir mamlakat hududida yashovchi fuqarolarning o‘z vatanlariga sodiqligi, qonunlarni hurmat qilish, ularga bo‘ysunishi, shuningdek vatannni himoya qilish va umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarda faollikni nazarda tutadi. Fuqaroviylikka nisbatan berilgan fikrlarni umumlashtirgan holda un quyidagicha ta’riflash mumkin:
Fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo‘ladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi.
Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi:

  • fuqaroning o‘z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi;

  • boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish;

  • fuqaroning o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi;

  • davlat va jamiyat oldida o‘zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash;

  • fuqarolarning tengligi;

  • yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan ob’ektiv va tanqidiy yondashuv;

  • hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish

qobiliyati;

  • bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy o‘zlikni anglash va hokazolar.

Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish mumkin:

  • fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo‘lsa u dastlabki pog‘onada, ya’ni fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin;

  • agar fuqaroda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir munosabati shakllangan bo‘lsa uni fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin;

  • agar fuqaroda o‘z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish ko‘nikmasi mavjud bo‘lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin.

Fuqaroviylikning tugal yoki to‘kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin qilish mumkin:

  1. Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o‘z haq-huquqlari uchunkurashish istagi to‘liq namoyon bo‘lmasa fuqaroviylikning eng quyi darajasi namoyon bo‘ladi.

  2. Fuqaro o‘z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo‘lsa, u haqda o‘z bilim va qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo‘lsa, bunda fuqaroviylikning o‘rta darajasi namoyon bo‘ladi.

  3. Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to‘liq shakllangan, o‘z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo‘ladigan bo‘lsa uni yuqori darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin.

Fuqaroviylik jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo‘naltirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik tevarak atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik jamiyat oldida ma’lum bir maqsadning shakllanishiga xizmat qiladi. Albatta jamiyatda fuqaroviylikning rivojlanishi uchun tegishli tarbiyaviy chora-tadbirlar, qulay ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega.
Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunday darajaga etgan kishi siyosiy jarayonlar va hodisalarga qiziqish bilan qaraydi, ro‘y berayotgan voqelikni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Aynan ana shunday qobiliyatga ega bo‘lgan fuqaro kezi kelganda o‘z vatani taqdiri uchun amaliy harakat qilish uchun zarur bo‘lgan qarorga kelish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Vatanparvarlik ruhiga, mas’uliyat, siyosiy madaniyat va taraqqiy topgan siyosiy ongga ega bo‘lgan jamiyat a’zosini fuqaroviylikka ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin.
2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari
Endi bevosita fuqaroviy ongning mazmun mohiyatiga e’tibor qaratish o‘rinlidir. Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o‘ziga xos tamoyillir va me’yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi.

Yüklə 52,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin